O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/97
tarix01.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#107127
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97
ozbekiston davlat muassasalari tarixi v-xiv

 
 


21 
 
Arab xalifaligi davri harbiy san’ati. 
Arablar  qadimdan  jangovarliklari  bilan  shuhrat  qozonganlar, 
chunki 
qarindosh-urug’chilik 
munosabatlari 
ularni 
jangda 
jipslashtirgan.  Har  bir  balog’at  yoshiga  yetgan  arab  jangchi  bo’lgan. 
Shayxlar  va  saidlar  o’zlarining  jasurliklari  va  uddaburonliklari  bilan 
mashhur bo’lib, ularning kichik harbiy lashkarlari bo’lgan. Bu kichik 
harbiy qismlar keyinchalik xalifa hokimiyati vujudga kelishiga imkon 
yaratgan. 
 
Ot  sotib  olish  va  uni  boqishga  har  bir  arabning  ham  qurbi 
yetmagan,  shuning  uchun  arab  xalifaligi  qo’shini  tarkibida  piyodalar 
ham bo’lgan. Arablar piyodalar va otliq qo’shin yurishini jadallashtirish 
uchun  tuyalardan  foydalanganlar.  Tuyalar  itoatgo’y  bo’lib,  samum 
(qum bo’ron) paytida yerlar sotib olib go’yo tirik to’siq rolini o’ynagan. 
Tuyalarda jang qiluvchi askaralar uzun nayzalar bilan qurollanganlar. 
 
Arab suvoriysining to’liq qurol-aslahasi ancha boy va turli-tuman 
bo’lgan. Jangchining ikkita mustahkam va zo’r kamoni, sadog’ida uchi 
o’tkir paykonli 30 ta o’qi bo’lishi, bambuk yog’ochidan qilingan uzun 
nayzasi, nayza uchi yaxshi temirdan yasalishi, chetlari o’tkir bo’lgan 
irg’ituvchi disk, sanchuvchi va chopuvchi o’tkir qilich, jangovar gurzi 
yoki  ikki  tig’li  bolta,  ikki  xurjunda  30  ta  toshi  bo’lishi  shart  edi. 
Jangchining  mudofaa  aslahasi  sovut,  qalpoq  ustidan  kiyiladigan 
dubulg’a, ikki tirsakband, ikki tizzaband va ikki son yopqichdan iborat 
edi. Otlarga yurish oldidan og’ir taqalar qoqilgan. Arab jangchilarining 
jangovar  qilichlari  shu  qadar  o’tkir  ediki,  dushman  otini  qoq  ikkiga 
bo’lib yuborardi. 
 
Arablar urushda pistirma, chopqun va qo’qqisdan, tong saharda, 
uyqu  shirin  paytida  qilinadigan  hujum  qilish  usullaridan  keng 
foydalanganlar. 
 
Arablar  qo’shini  VII  asrning  birinchi  yarmida  ayrim  qabila  va 
urug’lardan  tashkil  qilingan  lashkarlardan  iborat  edi.  Arab  qo’shini 
miqdori  manbalarda  odatda  juda  ham  bo’rttirib  ko’rsatiladi.  Amalda 
qo’shin  soni  bir  necha  ming,  kamdan  kam  hollarda  o’n  minglab 
jangchini  tashkil  qilgan.  Qutayba  20  ming  sonli  o’z  qo’shinini  ukasi 
Abdurahmon boshchiligida Samarqandni qiyinchiliksiz zabt etdi.
1
 
                                                           
 
1
 Асқаров.A. Ўзбекистон халқлари тарихи. -T.: “Фан”, 1992. -Б.74. 


22 
 
Arablar  harbiy  harakatlar  natijasida  aholining  bir  qismi  halok 
bo’ldi, bir qismi asirga olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o’z harbiy 
garnizonlarini  joylashtirgan  arablar,  shu  harbiy  kuchlarga  tayanib 
aholidan  turli  soliqlar  undirishar,  ularni  turli  jamoa  ishlariga  safarbar 
qilishar edi.
1
 
 
Arab  qo’shini  o’nlik  tizimi  asosida  tuzilgan.  Eng  yirik  harbiy 
qo’shilma  soni  10  ming  kishidan  iborat  bo’lib,  uning  tepasida  amir 
turgan.  Bu  qo’shin  10  ta  harbiy  qismdan  tashkil  topgan.  Ular 
yuzliklarga  ajratilib,  tepasida  maxsus  boshliqlar  bo’lgan.  Har  bir 
yuztalik  ikkita  ellik  kishilik  qismga  ajratilgan.  Eng  kichik  harbiy 
bo’linma o’nlikdan iborat bo’lgan. 
 
Arab qo’shini safarga chiqqanda uning tarkibiy tuzilishi avang’or, 
asosiy  kuchlar  va  arergarddan  iborat  bo’lgan.  Masalan,  636-yilning 
bahorida  Said  ibn  Abu  Baqqos  sosoniylar  qo’shinini  o’nta  jangovar 
guruhga ajratib, ular tepasiga tegishli qo’mondonlarni qo’ygan. Quyida 
musulmonlarning  ana  shu  o’nta  guruhning  nomlari  keltiriladi:  a)  al-
muqadama, avangard. b) al-maymana, o’ng qanot. v) al-maysara, so’l 
qanot.  s)  al-qalb,  markaz.  d)  as-soqa,  qo’shining  orqa  tomoni.  e)  at-
talay, razvetka maqsadida foydalaniladigan kichik otliq bo’limma. j) ar-
rajl, k) ar-rukban, yuklarni tashish uchun mo’ljalangan tuyalar karvoni. 
g)  al-mujarrad,  nayzalar  bilan  qurollangan  zahiradagi  maxsus  otliq 
qism. y) al-muramiya, kamonchilar qismi.   

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin