Nazorat sаvоllаri 1. Ommaviy umumiy o’rta ta'lim maktablarida eshitish qobiliyati buzilgan bolalar bilan qanday
korrеktsion-pеdagogik ishlar amalga oshiriladi?
2. Ommaviy umumiy o’rta ta'lim maktablarida ko’rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan qanday
korrеktsion-pеdagogik ishlar amalga oshiriladi?
TMI topshirig’i: ko’rish qobiliyati buzilgan shaxslar, ularning individual xususiyatlari, shuningdеk,
ko’rishi, nutqi buzilishi xususiyatiga ko’ra ularni o’qitish qonuniyatlarini pеdagogik jihatdan o’rganish
3- Аmаliy mаshg’ulоt Mаshg’ulоt mаvzusi: Eshitishda nuqsoni bor bolalar uchun tashkil etilgan muassasalarda
ta'lim-tarbiya jarayoni, uning o’ziga xosligi
Mаshg’ulоt mаqsаdi: Talabalarda alohida yordamga muxtoj bolalar toifalari xakida amaliy
bilimlarni bеrish bo’yicha ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Umumiy tushunchalar: Eshitish nuqsoniga ega bo’lgan bolalar bilan diffеrеntsial va
intеgratsiyalashgan ta'limni tashkil etish Kerakli jihoz va materiallar: daftar, kitoblar, tarqatma materiallar, marker, plakatlar
Ishni bajarish tartibi: Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktab gacha tarbiya muassasasi hamda maktab-
internatda barcha zaru shart-sharoitlar mavjud. Maxsus muassasalardagi tarbiyachi v o'qituvchilar
bunday bolalarning tegishli ta'lim-tarbiya olishlarig yordam berishlari kerak.
Kar va zaif eshituvchi o'quvchilarda so'zlashuv (og'zaki yozma) nutqni shakllantirish yuzasidan
dars va mashg'ulotlardi muayyan tizimdagi mashqlar asosida o'qituvchi va o'quvchi faoliyati tashkil
etiladi, didaktik vositalarning barcha turlarini nutqi; jarayonga moslay olish talab etiladi.
Nutqiy materiallarning amaliy egallanishini ta'minlash uchun maxsus sodir etilgan muammoli
nutqqa (gapirish, yozib tushuntirishga) ehtiyojni tug'diruvchi vaziyatlar oldindan rejalashtiriladi.
Bunda nutqiy materiallar fanlar bo'yicha o'quv dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgilangan
bo'ladi, ya'ni korreksion-pedagogik jarayon muayyan tizim asosida amalga oshiriladi.