25
Kaliyning tasirida o`simliklar suvni o`zida ushlab turish qobiliyatini oshiradi. qisqa
muddatli qurqoqchilikka chidamliligini kuchaytiradi. Kaliy bilan oziqlanish yaxshi
bo`lgan sharoitda o`simliklarda uglevodlarning tez to`planishi natijasida meva va
sabzavotlarda qandning, kartoshkada kraxmalning, zig`ir va boshqa tolali ekinlada
tolasining ingichkaligi va mustahkamligi ortadi. X ujayra shirasining osmotik bosimi
va ekinlar sovuqqa chidamliligi ortadi. O`simliklar kaliy bilan yaxshi taminlansa,
oqsil ko`p hosil bo`ladi,azotni yaxshi o`zlashriradi. Ko`pgina qishloqxo`jaligi
ekinlarida kaliy azotga nisbatan ancha kam bo`ladi. Lekin hamma o`simliklar va
mikroblar kaliyni fosforga nisbatan ko`p istemol qiladi. Kaliy yetishmaganda
o`simlik barglarining qirralari qizil-qo`ng`ir tusga kiradi.Ularning rivojlanishi va
xosilning etilishi kechikadi.
O`simliklar o`zlarining har xil o`suv davrlarida kaliyni har xil miqdorda qabul
qilmaydilar. Masalan, zig’ir gullashdan oldin 25,1 % gullash boshlanganda 73,7%,
to`la gullaganda 98,7% qabul qiladi. Qishloq xo`jaligi ekinlari kaliyni birday talab
qilmaydilar. Kaliyni nisbatan ko`p talab qiladigan qishloqxo`jalik ekinlariga qand
lavlagi, karam kartoshka ildiz mevalilar, beda, kungaboqar, grechixa, don dukkakli
ekinlar va makkajo`xori kiradi.Arpa, tariq, bug`doy, javdarlarning donida kaliyni
miqdori kam bo`ladi. Kaliy azot va fosfordan farq qilib o`simliklarning vegetatsiya
qismida ko`p bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: