O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi м. T. Asqarova


 Soliqlar va iqtisodiy о‘sish о‘rtasidagi bog‘liqlik



Yüklə 2,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/96
tarix18.11.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#133039
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96
IQTISODIY O\'SISH

5.3. Soliqlar va iqtisodiy о‘sish о‘rtasidagi bog‘liqlik 
Davlat budjeti defitsitining oqibatlaridan biri soliq stavkalarining oshishida 
kuzatiladi. Chunki, davlat о‘z budjet defitsitini moliyalashtirish ma’lum bir 
miqdorda mablag‘ga egalik qilish maqsadida xususiy sektor bilan raqobat qilishga 
majbur bо‘ladi. Bunday raqobat avvalo soliq stavkalarining oshishida kuzatiladi. 
О‘z navbatida soliq stavkalarning о‘sishi ikki boshqa bir oqibatni yuzaga kelishida 
omil bо‘lib xizmat qiladi, ya’ni: 
- ichki investitsiya kapitallar hajmini pasayishiga; 
- chet el mablag‘ini jalb qilish maqsadida yuqori foizli qimmatli qog‘ozlarni 
muomalaga chiqarilishiga. 
Chet el mablag‘lar oqimi ichki xususiy kapital miqdorini oshishiga va budjet 
defitsiti massasini moliyalashtirilishiga xizmat etishi mumkin. Ammo muammoni 
vujudga keltirishi, ya’ni davlatning tashqi karzining oshishiga sabab bо‘lishi 
mumkin. Chunki davlat qarzlari uchun beriladigan foizlarning belgilangan 
muddatlarda qaytarilishi mamlakat ichki moliyaviy mablaglarini kelgusida milliy 
ishlab chiqarishning rivojlantirilishiga yо‘naltirilishini qisqartirilishiga olib keladi. 
Bundan tashqari davlatning foizli qimmatli qog‘ozlariga ega bо‘lish uchun 
chet ellik xaridor shaxslar (sotib oluvchilar) ushbu davlatning milliy valyutasiga 
ega bulishi lozim. ammo egalik munosabatining yuzaga kelishi bevosita mamlakat 
valyuta kursining о‘zgarishiga olib keladi. Natijada importning о‘sishi va 


58 
eksportning pasayishi kuzatiladi. Bunday holatning kuzatilishi mamlakat doirasida 
sof eksportning kamayishiga olib keladi. 
Sof eksportning kamayishi – iqtisodiy о‘sishga salbiy ta’sir kо‘rsatadi va 
ishsizlikning oshib borishiga va ijtimoiy soxalar uchun ajratiladigan budjet 
mablag‘larining nisbatan pasayishiga sabab bо‘ladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, 
davlat ssuda sarmoyalar bozoriga karz oluvchi sifatida qadam qо‘yganida, bevosita 
moddiy va moliyaviy resurslarining talab va taklifi nisbatiga darajada salbiy ta’sir 
kо‘rsatadi. Bunday sharoitda foiz stavkalarining oshishi kuzatiladi, buning 
natijasida kapital qо‘yilmalarini moliyalashtirishining umumiy shart-sharoiti 
yomonlashadi va investorlar bunday kapital qо‘yilmalarining bir qismini pul 
bozoridagi о‘ziga xos usullar orqali siqib chiqarilishiga zamin yaratadilar. Buning 
ta’sirida kredit hisobiga moliyalashtiriladigan iste’mol xarajatlarining qisqarishi 
yuz beradi. Shuning uchun ham davlat qarzlarining bunday oqibatlari siqib 
chiqarish effektini kuchaytiradi. Oxir-oqibat mamlakat doirasida ijtimoiy-iqtisodiy 
sohalarni ichki moliyaviy resurslarga tayanish orqali moliyalashtirish sekinlashadi, 
mamlakatning tashqi manbalarga bо‘lgan talabi esa oshib boradi. 
Shuning uchun ham bunday salbiy oqibatlarning oldini olish maksadida 
davlat budjet daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi salbiy farqni bartaraf etish 
yо‘lida turli ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik chora-tadbirlarni, uzoq 
muddatlarga mо‘ljallangan iqtisodiy islohotlar dasturini ishlab chiqishga va 
xayotga tadbiq etishga harakat qiladi. 

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin