56
Ikkinchi belgi soliqlarning davlat mulkiga aylanishidir.
Soliqlar albatta
xazinaga-davlat budjetiga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi. Bordi-yu, tо‘lov
boshqa ixtiyoriy fondlar – «Iste’dod», «Ekosan», «Kamolot», «Nuroniy»
jamyoarmalariga tushsa, unda soliq munosabati bо‘lmaydi. Chunki majburiylik
tamoyili yuk, u tо‘lov davlat mulkiga tushmaydi.
Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bо‘ladi. Tarixda 50 va 100
yillab о‘zgarmasdan harakatda bо‘lgan soliqlar mavjud. Ilmiy asosi kancha chuqur
bо‘lsa soliqlar shuncha kat’iy va uzoq yillar о‘zgarmasdan harakat kiladi yoki juda
kam о‘zgaradi.
Tо‘langan soliqlar mamlakat miqyosida hammaga bir xil miqdorda qaytib
keladi. “Soliqqa tortish tizimida eng muhimi – bunda soliqlarning ichki mohiyati
mujassamlashgan – shundaki, u soliqlarni tо‘liq va samarali qaytarilish tamoyiliga
amal qilishi kerak. Faqatgina soliqlarning tо‘liq, manzilli va samarali
qaytarilishligigina soliq mexanizmini ijtimoiy takror
ishlab chiqarishning eng
muhim bо‘g‘inlaridan biriga aylantiradi”
9
Lekin, davlatga tо‘langan soliq summasi tо‘lovchining shaxsan о‘ziga tо‘liq
kaytib kelmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul tо‘lovidir. Masalan, soliq tо‘lovchi bu
yili davlatning soyolikni saqlash va maorif xizmatlaridan hech foydalanmagan
bо‘lishi mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma soliq tо‘lovchilarning
tulagan soliq va yig‘imlari davlatning ularga kо‘rsatgan xilma-xil xizmatlari
(mudofaa, xavfsizlikni ta’minlash, tartib-intizomni o‘rnatish
va boshqa ijtimoiy-
zaruriy xizmatlar) orqali о‘zlariga kaytib keladi. Demak, soliq tо‘lovchilar nuktai
nazaridan olganda hamma soliqlar bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning
kо‘rsatgan ijtimoiy xizmatlari uchun to‘lanadigan (tо‘lov) haqdir. Soliqlar
budjetga va davlat pul
fondlariga kelib tushadigan, majburiy harakterga ega
bо‘lgan pul tо‘lovi munosabatlaridir.
Soliqlar iqtisodiy kategoriya bо‘lganligidan tо‘lovchilar va budjet о‘rtasida
daromadlar taksimlanayotganda tomonlarning iqtisodiy manfaatini, albatta,
e’tiborga olish zarur. Soliq tо‘lovchilar daromadini davlat istaganicha ololmaydi,
9
Козырев В.М. Основы современной экономики”. М.: “Финансы и статистика”, 2005, 242 с.
57
soliqlarni budjetga olishning ma’lum chegarasi mavjud. Bu haqda kо‘plab
yirik
iqtisodchilar va davlat arboblari о‘z asarlarida kО‘rsatib utgan. Uni davlat, shu
bilan birga soliq tо‘lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi
faoliyatini hisobga olib soliq belgilanadi. Ikkinchi tomondan,
soliqlardan
makroiqtisodiyotni rivojlantirish, bozor infrato‘zilmasini yaratish va boshqa
umumdavlat maksadalari uchun yetarli molyaviy resurslar to‘plash uchun
foydalaniladi. Soliqlarning mohiyati soliq tо‘lovchilar bilan davlat о‘rtasidagi
doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda о‘z ifodasini topadi.
Aniqroq aytsak, bu
yerda iqtisodiy munosabat, ya’ni pul munosabati mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: