O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi oʻzbekiston milliy universitetining jizzax filiali amaliy matematika fakulteti «kompyuter ilmlari va dasturlashtirish»



Yüklə 57,76 Kb.
səhifə9/13
tarix14.12.2023
ölçüsü57,76 Kb.
#140703
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m-fayllar.org

Kurs ishi himoyasi

Kurs ishi himoyasi kurs ishi bajarilishining yakuniy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Tugallangan kurs ishi belgilangan muddatda kafedraga tekshirish uchun topshiriladi. Past saviyada sifatsiz bajarilgan ishlar, ilmiy rahbarning yozma taqrizi bilan ishdagi kamchiliklarni toʻldirish va qayta ishlash uchun talabalarga qaytariladi. Belgilangan talablar darajasida sifatli bajarilgan ishlar ilmiy rahbar tomonidan kafedrada himoya qilish uchun ruxsat beriladi.


Kurs ishi himoyasi uchun har bir talabaga 10-15 daqiqa vaqt beriladi. Himoya jarayonida kurs ishi mavzusi doirasida savol va topshiriqlar berilishi mumkin.
Kafedrada kurs ishini himoya qilish uchun maxsus komissiya tuziladi.
Komissiya tarkibida yetakchi mutaxassis, tajribali professor - oʻqituvchilar va kurs ishi rahbari boʻlishi lozim, uning soni 2-3 kishidan kam boʻlmasligi kerak. Kurs ishi himoyasi komissiya tomonidan baholanadi, soʻngra himoya yakuni boʻyicha komissiya qarori e’lon qilinadi. Kurs ishlari, qaydnoma va taqrizlar bilan birga kafedraga topshiriladi, soʻng arxivga saqlash uchun institut arxiviga roʻyxat asosida topshiriladi. Namunali bajarilgan kurs ishlari talabalarning ilmiy ishlari koʻriklariga, tanlovlarga, internet saytlariga joylashtirishga tavsiya qilinishi mumkin.
Kurs ishida bayon qilingan ma’lumotlar va manbalardan talabalar tomonidan bitiruv malakaviy ishlarni yozish jarayonida foydalanilishi mumkin.

Kurs ishini baholashning reyting mezonlari

Kurs ishini bajarish boʻyicha ishlab chiqilgan ushbu koʻrsatmalar bakalavriat –“60610100 – Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)”, “60610200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” va 60610300 – Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)” ta’lim yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalar uchun moʻljallangan. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kurs ishi talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Raxbar kurs ishi talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan soʻng, ishni oʻz taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va kurs ishining boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Kurs ishi kafedra professor-oʻqituvchilaridan tashkil topgan komissiya oldida himoyadan oʻtkaziladi. Kurs ishi natijasi 100 ballik tizimi boʻyicha baholanadi.



Yüklə 57,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin