2-mashq. (O’qituvchi birgaligida bajariladi).
II tur bo’g’inida unlilar qisqa o’qiladi.
[i] [e] [ї] [-] [ - ]
,quickly ,bed ,bad ,jug ,dog
tez karavot xalta, ko’za it
sumka
,thin ,men ,man ,sum ,on
ozg’in erkaklar erkak yig’indi ustida
,this ,then ,that ,shut ,hot
bu so’ng o’sha yopmoq issiq
Talabalarning mustaqil ishlashlari uchun
2-mashqga ko’rsatma
Ingliz tilidagi qisqa unlilarni bo’lib-bo’lib ayting. Ular qisqa eshitilishi lozim. Inglizcha [i] tovushi biroz [e] tovushiga o’xshaydi va eshitilishicha o’zbekcha [i] tovushiga o’xshash, inglizcha [e] o’zbekcha [e] ga to’g’ri keladi, [ї] tovushi o’zbekcha [a] ga qaraganda og’izni kattaroq ochib, lablarni xuddi tabassum qilgandek qilib talaffuz qilinadi: mana latta. Og’zingizni qanday ochganingizni oyna bilan tekshiring. Bu tovushni talaffuz etayotganda til uchi pastki tishlar asosiga taqaladi, jag’ esa pastga tushadi. Inglizcha [-] tovushi o’zbekcha [a] ga o’xshaydi. Uni qisqa, og’izni unchalik ochmasdan talaffuz etiladi. O’z xislatiga ko’ra [-] tovushi o’zbekcha chuqur til orqa tovushlari [q, g’, h] bilan ishlatiladigan [a] tovushiga o’xshash: qani, qanday, hamma, G’ani.
Inglizcha [e] sadosiga ko’ra o’zbekcha [o] tovushiga yaqin. Bu tovushni talaffuz etish paytida tilning orqa qismi yumshoq tanglay tomonga sal ko’tariladi, lablar qimirlamaydi, til uchi pastki tishlar asosidan orqaga tortiladi, pastki jag’ orqa tomonga tortiladi va pastga tushiriladi. Oynaga qarang va past ovoz bilan tovushni talaffuz eting.
Inglizcha [h] "nafas chiqarish" tovushi bo’lib, tomoqda tovush paychalarining yaqinlashishidan hosil bo’ladi. Havo oqimi oralikdan shovqinsiz o’tadi: hot.
Agar bo’gin unli harf bilan boshlansa, uni alohida ajratib kuchli aytish lozim. Ushbu kursda bo’g’in yasashni o’quvchilar hamma ogzaki mashqlarda ishlab chiqishlari lozim.
Inglizcha [u] eshitilishiga ko’ra o’zbekcha [u] va [o] tovushlarining o’rtasidadir.
Dostları ilə paylaş: |