xususiyatlari; jug’rofiy o’rni va b.; 3) bozor (kim –
xaridoru kim bozor qismlari
G’segmentlari); bozor imkoniyatlari; bozor jug’rofiyasi; 4) bozorning rivojlanishi
tarixi va o’zgarishga moyilligi; muayyan tovarning firma ixtiyoridagi bozor ulushi
va b.; 5) raqobat; 6) yetkazuvchilar va vositachilar; 7) firma (rivojlanish tarixi;
faoliyati doirasi; rivojlanish tendensiyalari; hajmi; nufuzi; kuchli va zaif tomonlari;
firmaning raqobatchilarga nisbatan tutgan o’rni va b., 7) tovar (innovatsion
faoliyat; sifat; dizayn; qadoqlash; kuchli va zaif tomonlari; reklama bilan
quvvatlash; tovarning (bozordagi) o’rni va b.;. 8) narx-navo siyosati (rivojlanish
tarixi; asosiy yo’nalishlar; raqobatchilar narx-navosini qiyoslash; menedjerlar,
xaridorlar, tarqatish kanallarining munosabati va b.); 9) sotish siyosati (tovarning
qaerda va qanday qilib taqsimlanganligi
tarixi va bahosi; hozirgi tendenstiyalar;
firmaning taqsimlash kanallari ishtirokchilari bilan munosabati; reklama sohasida
sotish joylarida, reklama dasturlari bo’yicha dilerlar ishtirokida olib boriladigan
siyosati;
10)
kommunikatsiya
siyosati
(rivojlanish
tarixi;
marketing
kommunikatsiyasi tizimida
foydalaniladigan elementlar; tovarlarni o’tkazish
byudjeti; 11) reklama strategiyalarini namoyish qilish, avvalgi reklama
faoliyatining samaradorligi va b.
Vaziyat tahlil etilgach, firmani rivojlantirishning muqobil strategiyalari belgilab
olinadi. Bunda firmaning yuqori turuvchi rahbariyati firmani o’stirish, yopish yoki
turli bo’linmalari uchun mo’ljallangan aralash strategiyalaridan qay birini tanlash
haqida qaror qabul qiladi.
Rejalashning navbatdagi bosqichida boshqaruvchilar qanday yo’l bilan firma
o’z marketing maqsadlarini ta’minlashini belgilab olishlari shart. Ularga
erishishning asosiy vositalari o’zlari ishlab chiqadigan marketing strategiyalaridir
Marketing strategiyasi firma ishlarining keng ko’lamli dasturidan iborat bo’lib,
xos bozorlarni,
marketing kompleksini, marketing byudjetini va dasturning vaqt
bilan bog’liq asosiy tomonlarini ishlab chiqishni ham o’z ichiga oladi.
Muayyan xos bozorni tanlab olish marketing strategiyasini ishlab chiqish uchun
mutlaqo zarurdir. Iste’molchilarning xususiyatlarini bilish orqaligina, firma
ularning ehtiyojlarini qondirish vositalarini taklif qilishi mumkin.
Xos bozor tavsifi oxir oqibatda marketing strategiyasining qolgan barcha
elementlarini belgilab beradi.
Shunday qilib, yagona marketing strategiyasi o’zaro aloqada bo’lgan tovar,
narx-navo, sotish va kommunikatsiya strategiyalari tizimiga birlashib ketadi.
Bu strategiyalarning umumiy maqsadi. o’z navbatida, amalga oshishiga ko’ra
dasturning maqsadlari tizimiga qo’shilib ketadi. Bu holatni tushuntirishga harakat
qilamiz. Marketing maqsadi bozor faoliyatining kutilgan ko’rsatkichlarini (sotish
hajmi;
bozor ulushi; sotishning o’sish surati kabilarni) belgilaydi.
Kommunikatsion, shu jumladan reklama maqsadlari oraliq yoki tobe maqsadlar
qatoridan o’rin oladi. Ular iste’molchining kommunikator istagan darajada
xabardor bo’lishini, uning munosabati, didi va boshqalarni belgilab beradi. Lekin
bu maqsadlarga ham pablik rileyshnz, bevosita marketing, seylz promoshn va
reklamalar tizimlari uchun vazifalar ishlab chiqish orqaligina erishish mumkin. Bu
vazifalarning bajarilishi tegishlii strategiyalar, shu jumladan, reklama strategiyasi
yordamida ta’minlanadi.