77
qaramaslik kabi choralar ko`riladi. Yomon ko`z dunyoning arxetipik modeli
tarkibiga kiradi. U boshqa parallel olamga olib boruvchi eshik kabi baholanadi.
Kulgi ham ikki xil baholanadi: ertaklarda, miflarda qah-qah otib kulish devlar,
yalmog`izlar, yomon fehlli parilar («Guliqahqah»)ga xos sifat tarzida, sukut,
ovozsiz tabassum esa payg`ambarlar, farishtalar, avliyolarning belgisi tarzida
namoyon bo`ladi. Rus ertaklaridagi Yalmog`iz kulbasida kulish tabusi, yunon mif
va afsonalaridagi xursandchilik orollari, suv parilari, Hans Kristian Andersenning
«Qor malikasi» ertagidagi sehrgar ayol bog`i kabilar kulgi salbiy harakat sifatida
baholanishini bildiradi. Bundan quyidagi xulosani yasash mumkin: qaerda kulib
bo`lmaydi? – javob: o`liklar olamida. G`arb xalqlari mifologiyasida jonsiz yovuz
ruhlar o`zlarini jonli ko`rsatish, insonlarni halok qilish uchun o`zlarini jonli
ko`rsatib kulishlari va adashtirishlari haqidagi inonchlar keng tarqalgan. Sardiniya
orollaridagi qadimgi xalqlarda keksalarni o`ldirish marosimi bo`lib, bu marosim
vaqtida kulish rasmi bo`lgan. Mazkur odat sardon kulgisi (ajal qahqahasi) degan
qanotli so`zning kelib chiqishiga sabab bo`lgan. Gomer kulgisi iborasi ham salbiy
bo`yoqqa ega bo`lib, Olimp tog`laridagi ilohlarning bazm vaqtidagi kulgisi –
momaqaldiroq ma`nosini bildirgan. Islom dini manbalaridan bo`lgan hadisi
shariflarda ham qattiq kulgi qalbni halok qilishi, ovoz chiqarib esnaganda esa
shayton qah-qah otib kulishi haqida fikrlar keltiriladi. Doimiy tabassum orqali
kishilarga yaxShi kayfiyat ulashish, yolg`on aralashtirmay chiroyli hazil qilish
maqtaladi. Turli mahrakalarda, ibodat vaqtida, duo o`qilayotganida kulish, besabab
kulish qattiq qoralanishi ham Shu jumlaga kiritiladi. O`zbek xalq Shoiri
G`.G`ulomning «Sen yetim emassan» Shehrida ham «Bu yerda muzlagan ajdar
halqumli… to`plarning qahqahasi yo`q» deganda qattiq kulgi salbiy bo`yoq bilan
beriladi.
A.A.Potebnya kulgining ijobiy jihatlarini ham topadi. Ukrain alqi e`tiqodicha,
qora qarg`a bolalarni narigi dunyoga o`g`irlab ketishga harakat qiladi va ona agar
bolasini kuldira olsa, bola onasi bilan qoladi. Bunda ona va bola kulgisi masalsi
yuzaga chiqadi. Ertakchi J.Rodarining «Qutbdagi gunafSha» ertagida bolalarning
Sho`x-Shodon kulgisi hayotning davomiyligi, g`am-kulfatning aksi sifatida
gavdalanadi. Farg`ona vodiysida ham kulgisiz uy mozorga o`xshatiladi. Jumladan,
hajvchi Said Anvar askiyachi Oxunjon qiziq bilan bog`liq quyidagi voqeani
keltiradi:
Bir kuni Oxunjon qiziqning choyxonadagi ulfatlari qiziqchining birorta
Dostları ilə paylaş: