O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti darvishov ibrohim o`rmonovich



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/35
tarix06.04.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#124888
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Лингвокультурология

baquvvat, qordek beg`ubor, cho`chqaday semiz, pardek yumShoq, onadek 
mehribon, tunday qora. Bu etalonlar nafaqat milliy dunyoqarash va dunyoni milliy 
anglash hamdir. Chunki faqat ulargina olam hodisalarining milliy-tipik o`lchash 
samarasidir. Etalonlar vositasida olam obrazli o`lchanadi. Etalonlar ko`pincha 
barqaror o`xshatishlar tarzida kuzatiladi, biroq insonning dunyoni o`lchash 
borasidagi istalgan tasavvuridir: qulog`igacha botmoq, tomog`iga kelmoq, jondan 
sevmoq kabi.
Bir tanganing ustida o`mbaloq oShadi iborasining semantik strukturasini 
tahlil qilar ekanmiz, V.N.Teliya aytganidek, tanganing tashqi belgisiga emas, balki 
uning eng kichik qiymatli pul birligi – etaloni ekanligiga guvoh bo`lamiz. Shu kabi 
etalon so`zlarni o`z tarkibiga olgan frazeologizmlar tilni madaniyatga 
yaqinlashtiradi. A.A.Potebnya tahbiricha, bu yerda ramz obrazga (etalonga) 
aylanadi va tushunuvchining irodasini o`ziga bo`ysuntiradi.
Shunday qilib, etalon predmetlar, hodisa va obyektlar xususiyatlari hamda 
sifatini baholovchi moddiylikdir. U ijtimoiy-ruhiy bosqichda me`yoriy tasavvurni 
ifodalaydi. U yashirin ta`sirga ega, tanlov va baholashga ta`sir qiladi. 


70 
Stereotip, etalondan farqli ravishda, olamda mavjud bo`ladi va faoliyat
axloqni baholaydi.
Axloq stereotiplari rasm-rusumlarga o`tishi mumkin. Farqi shundaki, 
stereotipni amalga chiqarishda inson nima maqsadda bu ishni bajarayotganini 
anglamasligi mumkin. Rasm-rusumni bajarishda refleksga tayaniladi. U ijtimoiy 
muammolarni hal qilishning bir usulidir. 
10-MA`RUZA: MILLIY REALIYALAR (2 SOAT) 
 
REJA: 
1. Til etalonlari 
2. Miflar, rituallar, arxetip, odat, udum, an`analar.
3. Ularning tilda aks etishi.
Tayanch so`z va iboralar: til etalonlari, miflar, rituallar, arxetip, odat, udum, 
an`analar. 
Til – ko`p o`lchamli hodisa bo`lib, kishilik jamiyatida vujudga kelgan: u 
sistema ham, g`ayrisistema ham; u faoliyat ham, shu faoliyatning hosilasi ham; 
ma`no ham, modda ham; o`z-o`zidan tartibsiz taraqqiy etuvchi obyekt va tartibli, 
o`z-o`zini boshqaruvchi hodisa; u mustaqil va hosila jarayon... 
Qarama-qarshi tomondan kuzatib uning murakkabligini tavsiflar ekanmiz
tilning borlig`ini kashf etib boramiz. Tilning murakkablik xususiyatini hal qilish 
uchun Yu.S. Stepanov uni bir necha obrazlarda tasvirlaydi. Bu obrazlardan 
birortasi tilning to`liq ko`rinishini aks ettirolmaydi: 1) til individning tili sifatida
2) til tillar oilasi a`zosi sifatida; 3) til tizim sifatida; 4) til qurilma sifatida; 5) til 
xarakter va tip sifatida; 6) til kompg`yuter sifatida; 7) til g`oyalar makoni va “ruh 
maskani” (M. Xaydegger) sifatida, yahni insonning murakkab kognitiv faoliyati 
natijasi sifatida
14
. Shu ma`noda yettinchi tahrifga ko`ra, til, birinchidan, xalq 
faoliyati natijasi, ikkinchidan, ijodkor Shaxslar faoliyati natijasi va tilni 
me`yorlashtirib turuvchilar (davlat, institutlar, qoida va me`yor ishlab 
chiquvchilar) faoliyati samarasidir. XX asr oxirida bu obrazga yana bir izoh 
qo`shildi: til madaniyat hosilasi, uning muhim qismi va mavjudlik sharti, madaniy 
belgilarning Shakllanish omili. Antropotsentrik nuqtai nazardan inson borliqni o`z 
ongi vositasida, o`z nazariy va amaliy faoliyati orqali his qiladi, anglaydi. Tilga 
xos bir qancha dalillar olamni inson “ko`zgu”si orqali tasavvur qilishimizni 
isbotlaydi. Yaproqlarnin Shivirlashi, og`ir ish, erinibgina qor yog`adi, ovoz o`chdi, 
fasllar kelinchagi, mardlar beshigi, kun o`tishi, vaqtning yugurishi, o`ylar og`uShi 
kabi metaforalar bunga misol bo`la oladi.
SHehriy obrazlar undan ham ta`sirliroqdir:

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin