102
*
Zaifaning tuShi chap. Bu maqolda o`zbek xalqining diniy qarashlari aks
ettirilgan. Chunki o`zbekona qarashga ko`ra ayol kishining tuShi doimo chapdan
keladi. Bu maqolda etalon yo`q bo`lsa-da, xalqimizga xos qarash sezilib turadi.
*
O`zbek iskab bo`lsa ham elini topar. Bu maqolda o`zbekning xalqchilligi,
millatparvar va xalqparvarligi ko`rsatilgan. Chunki o`zbeklar qayerda bo`lmasin,
elim deb, yurtim yonib yashagan xalq hisoblanadi.
*
O`ziga ugra kesa olmagan birovga lag`mon cho`za olarmidi. Bu maqolda
o`zi uchun biror
foydali ish qila olmagan inson, o`zgalarga ham foydali ish qilib
bera olmasligi yoki kengroq olib qaraydigan bo`lsak, o`zining tarbiyasi, bilimi
bo`lmagan inson boshqalarga ham ta`lim-tarbiya bera olmaydi kabi ma`nolarda
keladi. Ugra so`zi etalon sifatida kelgan bo`lib lingvomadaniy birlik vazifasini
bajargan. Lingvokulturologiyaning obyekti sanalgan
barqaror birikmalardan biri
frazeolgizm, ya`ni iboralardir. Iboralar tilni, uning mazmunini yanada boyituvchi
ma`naviy xazina bo`lib, ular ham lingvokulturologik obyekt sifatida millatning
madaniyatini o`zida jamlovchi til birligi hisoblanadi. Quyida bunday iboralardan
ayrimlariga to`xtalib o`tamiz:
*
Bozor ko`rgan echki. Bozor o`zbek xalqi hayotida katta ahamiyatga egaligi
sir emas. Xalqimizda ko`pni ko`rgan, uddaburon, tajribali
shaxslarga nisbatan
Shunday ibora qo`llanadi. Echki bozor ko`rsa, xo`jayin, dallol, xaridor taniydi.
Echki-qo`y, mol-holning ahvolidan ogoh bo`ladi. “Musofir” bo`ladi. Bu yerda
bozor ko`rish turmuSh sabog`ini olish degan ma`noda qo`llanilgan. Nima uchun
aynan bozor? Chunki, otang bozor, onang bozor deydi dono xalqimiz,
bozor
ko`rgan, narx-navoni, yaxShi yomonni, oq-u qorani ajrata bilishda bozorning o`rni
katta. Bu ham xalqimizning bozorga yaqinligi yaqqol sezilib turadi.
Dostları ilə paylaş: