o`xshaydi. Yorim – predmet; oy – ongdagi referent; go`zallikda – asos. Obrazlilik
til birligining real xossasi bo`lib, ongimiz «manzara» hosil qilish qobiliyatiga ega.
Shuningdek,
g`oyaviy
obrazlar
ham
mavjud,
ular
umumlashtirilgan,
mavhumlashtirilgan bo`lib, manzara holatidagina mavjud bo`ladi. Metaforik
obrazlar va frazeologik obrazlar lug`atlardagi izohlash yordamida tavsiflanmaydi.
Chunki bu yerda muammo uning ma`nosida emas, ichki shaklidadir. I.Brodskiy
ichki shaklni narsalarning nazar solish orqali qoldirilgan izi deb tahriflaydi.
Ichki shakl tushunchasi dastlab rus tilshunosligiga 1892 yil A.A.Potebnya
tomonidan kiritilgan. Keyinchalik XX asrning 20-30 yillarida B.A.Larin va
G.O.Vinokurlarning poetik nutqqa bag`ishlangan ishlarida taraqqi topdi.
So`zning ichki shakli – so`zni tashkil qiluvchi morfemalar ma`nosidan yuzaga
keladigan tub ma`nodir. Masalan, his va tuyg`u, mahbub va sevimli so`zlari bir xil
ma`noni bildirsa-da, ichki shakli har xil. Ichki shakl so`z ma`nosini
motivlashtiradi. Ammo bu Shartlanganlik to`liq emas, masalan, oqsoqol so`zining
ichki tuzilishi «oq soqolli» va «keksa erkak» ma`nolariga ham ulanishi mumkin.
A.A.Potebnya ichki shaklni «etimologik ma`noga yaqin» deb biladi. Yasama
so`zning «yaqin ma`nosi» uni tashkil etuvchilarning ma`nolaridan kelib chiqadi.
«Uzoq etimologik ma`no» esa so`z o`zagi motivatsiyasining qayta tiklanishi
mumkin bo`lgan eng birinchi ma`nosidir.
Odatda, mutaxassis bo`lmaganlar uchun vaqt nuqtai nazaridan bu ma`no
yopiq bo`ladi. Masalan, olchoq so`zining ilk etimologik ma`nosi «jasur, epli».
Shu tariqa, ichki shakl so`zning so`zlovchi tomonidan anglangan ma`nosi
ifoda uslubidir. U turli tillarda turlicha ifodalanadi. Masalan, qorag`at o`zbek tilida
«rang belgisi»ga ko`ra nomlangan, rus tilida smorodina «hid belgisi»ni ifodalaydi,
belorus tilida xuddi shu tushuncha parechi deb yuritilib, «po rechi – daryo bo`yi» -
«o`rin belgisi»ga ko`ra nomlangan.
A.A.Potebnya so`zning ichki shakli deganda uning obrazini tushunadi. Uning
fikricha, so`z maqol, matal, topishmoq kabi insonning tafakkuriy ijodi natijasida
yuzaga kelgan. Shuning uchun ichki shaklni metaforadagi o`z ma`noga
taqqoslaydi. Ichki shakl Madaniyatshunoslar uchun xalqning dunyoqarashini
o`rganishnuqtai nazaridan qiziqarlidir.
So`zning semantik taraqqiyoti ichki shakl xiralashishi, esdan chiqishi
mumkin, enantiosemik xarakterda bo`lib qolishi mumkin. Masalan, siyoh (qora)
barcha rangdagi bo`yoqlarni bildiradi. Biroq Shunda ham ichki shakl yasama
so`zning semantikasida yashayveradi. Bu xuddi tilning tarixiy xotirasi kabidir,
ijodkorgagina tushunarli, predmetning kechagi ko`rinishi, u bugungi tushuncha
soyasida qolib ketgan (N.B.Mechkovskaya). Lug`aviy ma`no bilan bog`langan
holda ichki shakl olamni so`z orqali anglashning alohida stereonusxasini yaratadi.
24
Ichki shakl asosida yuzaga kelgan assotsiatsiyalar va ma`noviy bo`yoqlar,
konnotatsiyalar denotatdan ko`ra milliy-madaniy o`ziga xoslikka ega.
7. Lingvokulturologiyaning tadqiqot predmetlaridan biri turli tillarning
uslubiy tarmoqlaridir, ular turli shakllarda yuzaga keladi. Ayrim tillarda dialektal
farqlar kuchli bo`lsa, ayrim tillarda shevalar o`rtasida farqlar uncha sezilmaydi;
ayrim tillar uslubiy farqlanish endigina boshlangan bo`lsa, ayrimlarida bu masala
ancha chuqur va keng.
Adabiy til va noadabiy til qatlamlari shakllari jamiyatning madaniy tarixi har
bir bosqichini aniqlab beradi: yozuv tarixi, maktab tahlimi, adabiyoti,
dunyoqarashi, uning madaniy-g`oyaviy simpatiyalari singari.
Xalq madaniyatining me`yoriy-uslubiy tarmoqlarga ta`siri uning lug`at
tarkibiga ta`siriga nisbatan bilvosita va chuqur munosabatlarga ega.
8. Nutq madaniyati ham lingvokulturologiyaning muhim predmetlaridan
biridir. A.A.Leontyev yozadi: «Nutqiy muloqotning milliy-madaniy o`ziga xosligi
mazkur jamiyatda muloqotning usullari, funktsiyalari, tashkillanishidagi farqlar,
omillar tizimi haqidagi tasavvurlarimiz bilan bog`liq. Bu omillar jamoaning
Shakllanishining turli bosqichlariga asoslanadi, turlicha tabiatga ega bo`ladi, biroq
jarayonda o`zaro bog`oliq ravishda ishtirok etadilar. Bu omillar asosan lioniy,
psixolingvistik va umumpsixologik omillardir». Shuningdek, A.A.Leontyev
quyidagi omillarni ajratib ko`rsatadi:
1) madaniy an`analar bilan bog`liq omillar (muloqotning ruxsat etilgan va
tahqiqlangan tiplari va shakllari, shuningdek, muloqotning stereotipli shakllari)
2) ijtimoiy holat va muloqotning ijtimoiy vazifalari bilan bog`liq omillar
(maxsus ishlatiladigan «til»chalar, muloqotning etiket shakllari);
3) etnopsixologiya bilan tor ma`noda bog`liq bo`lgan omillar (turlicha faoliyat
turlari va ruhiy jarayonlar vositasida);
4) denotatsiyaning xos xususiyatlari bilan bog`liq omillar;
5) mazkur jamoa tilining xos xususiyatlari bilan bog`liq omillar;
Tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, har bir madaniyatda insonlar o`zlarining
ijtimoiy roliga qarab muloqot jarayonida o`zini qanday tutish tasavvurlari orqali
axloqlarini nazorat qilib boradilar.
9. Muloqot xulqi ham lingvokulturologiyaning muhim predmetlaridan biridir
(Formanovskaya). Bu tushunchani O.Mandelg`shtam «madaniy yoqimlilik ijod
qilish» deb ataydi.
Muloqot xulqi – bu insonlar nutq madaniyatining ijtimoiy buyurtirilgan va
madaniy-spetsifik qoidalari bo`lib, insonlarning ijtimoiy va ruhiy mavqei, rasmiy
va norasmiy muloqot sharoitlaridagi roli va shaxsiy munosabatlari bilan bog`liq
bo`ladi. E.Bernning fikricha, muloqot xulqi – muloqotning milliy-madaniy tarkibiy
qismidir. Axloqiy munosabatlar – universaliya hisoblanib, ularning yuzaga chiqishi
milliy xoslangan bo`ladi. Shu tufayli ham lingvokulturologiyada o`rganiladi.
Muloqot xulqi standart va stereotip shaklda ko`rinib, yopiq sistemaga o`xshasa
ham, muloqot xulqining buzilishi inson va insoniyat uchun ko`zda tutilmagan
oqibatlarni olib kelishi mumkin. N.I.Formanovskiy fikricha, kommunikativ haqiqat
samimiylikdan ko`ra qadrliroqdir.
Shu tariqa lingvokulturologiya jonli muloqot jarayonlarini ham tadqiq etadi.
25
Yuqoridagi berilganlar ro`yxatini tugal va to`liq deb baholamaymiz.
Nazorat uchun savollar:
1. 1Lingvokulturologiya qanday soha?
2. Antropotsentrik paradigma nima?
3. Til va madaniyatning munosabatini tushuntiring.
4. O`zbek lingvokulturologiyasi rivoji haqida so`zlang.
5. Lingvokulturologiyaning tadqiqot obyekti nima?
6. Lingvokulturologiyaning tadqiqot predmetiga nimalar kiradi?
7. Muqobilsiz leksikaning lingvoulg`turologiyadagi a=amiyatini tushuntiring.
|