O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik rivojlanish, intellektual qobiliyatlar ta’lim moduli sifatida



Yüklə 243,18 Kb.
səhifə5/56
tarix14.04.2023
ölçüsü243,18 Kb.
#125291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
majmua 2022-steam

Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik rivojlanish, intellektual qobiliyatlar ta’lim moduli sifatida.
Mavzu rejasi:
1. Bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik rivojlanish muammolarini kompleks hal qilish. Kattalik, shakli, maydoni, vaqti, soni va hisob haqidagi tushunchalarni shakllantirish.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda STEAM ijodkorligi va muhandislik kо’nikmalarini rivojlantirish.Maktabgacha yoshdagi bolalarda STEAM ijodkorlikni shakllantirish Son-sanoq» bо’limi- «Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish» bо’limining asosiy о’zagidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning mazkur bо’lim dasturiy masalalarini о’zlashtirishlari maktabning boshlang’ich sinflarida ularning matematiqani ongli о’zlashtirishlarining garovidir. Son-sanoq. Maktabgacha yoshidagi bolalarni о’qitish о’ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha yoshida yechilishi kerak bо’lgan vazifalar hal qilinmasa, maktabda о’qitish muvaffaqiyatli bо’lmaydi. Bu vazifalardan biri aniq bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga о’tishdan iborat. Bu xil о’tish saviyasi, ayniqsa, matematika о’qitish uchun zarurdir. Bunday saviyaning bо’lmasligi yoki yetarli bо’lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan, maktabgacha yoshidagi bolalar kо’pincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar, bularni bartaraf qilish juda qiyin bо’ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstrakt bilimlarki egallar ekanlar, kо’pincha ularni formal, asl mazmunini tushunib yetmagan holda о’zlashtiradilar. Shuning uchun ham aniq shart-sharoitlarda matematik bilimlarni qо’llanish imkoniyati juda cheklangan bоladi. Shu sababli maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarni о’qitishning muhim vazifasi matematik abstraktlashlar bilan aniq borliq orasidagi bog’lliqlikni ta‘minlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bо’lishi kerak. Tekshirishlar shuni kо’rsatmoqdaki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika о’qitishda о’tish saviyasi mazmuni quyidagilardan iborat: Birinchidan, shunday faoliyat va masalalarni о’zlashtirish kerakki, ularda matematik operatsiyalarni qо’llashning zarurligi bolalarga yaqqol kо’rinib turadi. Bu, bir tomondan, bolaning amaliy faoliyati bilan bevosita bog’liq (tenglashtirish, taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay turib (masalan, fazoda ajratib qо’yilgan ikki tо’plamni amalda tenglashtirish) amalga oshirish mumkin bо’lmaydi. Ikkinchidan, muhitning shunday munosabatlarini ajratish kiradiki, bu munosabatlarni qо’llanish bolaga konkret buyumlardan matematik obyektlarga о’tish (masalan, buyumlarni ma‘lum belgilari bо’yicha guruhga kiritish va shu asosda tо’plam munosabatlarini, tenglik-tengsizlik munosabatlarini, qism-butun munosabatlarini hosil qilish) imkonini beradi. Tekshirish natijalari shuni kо’rsatadiki, matematik operatsiyalar maktabgacha yoshda о’zlashtirilgan shunday masalalar va munosabatlar asosida kiritilsa va qayta ishlansa, matematiqani egallash samaraliroq. Bо’ladi. Yoki haddan tashqari aniqlik, yo matematik bilimlarning formalligi tufayli paydo bо’ladigan qiyinchiliklar mazkur holda paydo bо’lmaydi. Maktabgacha yoshidagi bolalarni о’qitishda matematik bilimlar tarkibini tekshirish tenglik-tengsizlik, qism-butun munosabatlari, bilvosita tenglashtirish sanoq va arifmetik amallarni tо’liq va ongli о’zlashtirish uchun asos bо’ladigan sodda masalalar va munosabatlarning о’zidan iborat eqanini kо’rsatdi. Bu munosabat va masalalarni (ularning eng sodda shakl-larini) bolalar 3 yoshdan boshlab tushuna boshlaydilar. Ular bunday mashg’ulotlarga katta qiziqish bilan yondashadilar, xuddi shu yerning о’zida о’zlashtirganlari (tenglik, qism-butun va h. k. munosabatlari)ni о’yinlarga kо’chiradilar, turmushda amaliy ishlar qilishda foydalanadilar, bir-birlariga (katta va tayyorlov guruhi bolalari) shunga о’xshash masalalarni taklif qiladilar. «Ilk qadam» о’quv dasturi besh bо’limdan iborat: «Miqdor va sanoq»‘ «Kattalik»‘ «Geometrik shakllar»‘ «Fazoda mо’ljal olish»‘ «Vaqtga nisbatan mо’ljal olish». Maktabgacha yoshdagi bolalarda STEAM texnologiyasi asosida mantiqiy tafakkurini shakllantirish Qurish-yasash va matematika markazida mantiqiy tafakkurni o‟stirish (tayyorlov guruhi uchun) Dastur mazmuni: 1. О’quv yili davomida olingan bilimlarni mustahkamlash. - masala yechish malakasi, - narsalarni 3 belgisiga ko’ra turkumga ajratish malakasi - son qatori bilan ishlash malakasi - ikki xonali sonlarni bilish - masala tuzish malakasi - grafik diktant yozish malakasi - xafta kunlarini bilish malakasi. 2. Bolalarni diqqati, xotirasi, mantiqiy tafakkuri, ijodiy tasavvurlarini rivojlantirish. Mashg’ulotning borishi: 1-mashq. Xazil topshiriqlar. A) bir qirg’oqda jo‘ja, ikkinchi qirqoqda ỹrdakcha, o’rtada bor orolcha. Kim orolchaga birinchi bo‘lib yetib boradi? B) stolda ikkita olma, yettita nok bor. Stolda xammasi bỹlib nechta sabzavot bor? V) xovlida xo‘roz va tovuq aylanib yuribdi. Xo’roz oyog’i ikkita, tovuqniki to’rtta. Xammasi bo‘lib nechta oyoq bor? G) stolda ikkita yarimtali, tỹrtta choraktali olmalar bor. Ularni kesgunimizcha nechta olma bo‘lgan. 2-mashq. Xonaga Bilmasvoy kiradi. U juda xafa, portfelida xat bor. Tarbiyachi xatni o‘qidi: «Qadrli Bilmasvoy, senga biz Boltavoy va Teshavoy xat yozyapmiz. Bizni boshimizga tashvish tushib qoldi. Yovо’z yalmog’iz bizni qorong’u zindonga tashladi. Kim sexrgarning topshiriqlarini bajara olsa, kalitini topishi va bizni qutqarishi mumkin. Agar bajara olishmasa, bog’chadagi bolalardan so’rashsin». Bolalar topshiriqlarni bajaradilar. 1. Hafta kunlari nomini bilish. A) tablitsa bilan ishlash B) kartochkalar bilan masala yechish. 1 2 3 4 5 6 7 Vazifa: ona dushanba kuni safarga ketdilar. Seshanba kuni telefon qilib, ertaga va indinga kelmasliklarini, keyingi ikki kun esa avtobus bỹlmasligini aytdilar. Ona qaysi kuni keladilar? 2. Doskaga son qatoriga raqamlar qỹyilgan. A) tarbiyachi bolalarga sonni aytadi, bolalar ulardan oldin va keyin keladigan sonlarni aytishini taklif qiladi. Aytilgan sondan kattasi va kichigini aytish sỹraladi. B) tablitsa bilan ishlash 5 sonini shakllar ichidagi sonlar bilan taqqoslash. V) kartochka bilan ishlash. belgilarini to’g’ri joylashtir. 8 7 G) sonlar ichidan kichkinasini top va qizil qalam bilan belgilang. 3. grafik diktant. Barmoq mashqi. 4. Sonlar haqida aytib ber. (ikki xonali sonlar) 5. Keyin keladigan ikki xonali soni ayt. 3 6 4 5 6. Keyin tarbiyachi bolalarga masala tо‗zish bỹyicha topshiriq beradi. 5 7 2 4 9 1 6 8 3 Rasm asosida masala tо‗zish; 4+ - = 7. Endi bolalar shakllarni joylashuvini chamalab, taxlil qilamiz va qaysi belgilari ỹzgarganini aytamiz. A) shakllarni shunday joylashtirginki - bitta belgisi - ikkita belgisi - uchta belgisi ỹzgarsin. 8. Shakllarni shunday joylashtirginki, xar qaysi qator va ustunda ikkita bir xil shakl bỹlmasin. 9. Kalit yashiringan joy masalalarda belgilangan 10 – 7 = 3 S 5 + 0 = 5 T 7 – 3 = 4 O 6 – 0 = 6 L 10. Chizilgan rejada qizil rangli nuqta bilan kalit yashiringan stol belgilangan. Bolalar kalitni topdilar. Mashg’ulotni yakuni. Bilmasvoy bolalarga minnatdorchilik bildirib, shu kartochkalarga unga berib yuborishlarini sо’raydi. Uyda bajarib kо’rmoqchiligini aytadi. Hamma kartochkalarni Bilmasvoyni portfeliga solishadi.
Nazorat savollari:
1. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida matematika mashg’ulotlarini tashkil etishda nimalarga e‘tibor berish kerak?
2. Tarbiyachi qanday bilimga ega bо’lishi kerak?
3. Markazda faoliyatni tashkil etishdan asosiy maqsad nima?

10- ma’ruza


Mavzu: Lego-qurilish, konstruksiyalash-STEAM ta’lim moduli sifatida
Mavzu rejasi:
1. MTT da lego-qurilish, konstruksiyalash - STEAM ta‘lim moduli sifatida o‘rgatish. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga lego-qurilish, konstruksiyalashga o‘rgatish metodikasi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda lego-qurilish, konstruksiyalash-STEAM ta‘lim moduli sifatida o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida qurish-yasash va konstruksiyalashga o‘rgatishda har bir yosh guruhlaridagi rivojlanish markazlari muhim ahamiyat kasb etadi. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida turli xil va shakllardagi qurilish elementlari mavjud bo‘lib, bolalar ulardan o‘z fantaziyasiga tayangan holda inshootlar bunyod etadilar, masalan, kuzatgan va ko‘rgan tarixiy obidalari, uylar, binolar, do‘konlar va hokazolar. Qurilish bilan mashg‘ul bo‘lgan bolalar bu yerda juda ko‘p narsalarni o‘zlashtirib oladilar. Bu esa bolalaarda ilk matematik qobiliyatlar va ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashga yordam beradi, Shu orqali ularda ijodiy yondoshishni namoyon etish va bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o‘rganadi. Ushbu markazda tarbiyachilar va bolalar hohish-istagiga ko‘ra ko‘plab turli narsalarni – o‘yinchoq mashinalarni, yuk mashinalari, baland binolar, samolyotlar, turli qurilish materiallari tavsiya etiladi. Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o’rgatishda qurilish materiali, konstruktor, qog’ozdan, tabiat, tashlandik materiallaridan va boshqalardan foydalaniladi. Materialni turi qurish yasash turini aniqlab beradi. Qurilish materiali – mayda va yirik-geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo…) iborat. Мashg’ulotlarda qurilish materiallaridan turli xil mayda to’plamlardan foydalaniladi. Mashg’ulot paytida materiallar ko’p bo’lishi kerak. Tarbiyachi qurilish materiallaridan qurish-yasash faoliyatini tashkil etayotgan odam, hayvon, o’simlik va transportni ifodalovchi mayda o’yinchoqlarni tanlashi maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tevarak atrofdagi konkret narsalarni, ya‘ni quyon uchun uy, mashinalar va yulovchilar uchun ko’prik yasaydilar. O’yinchoqlarni qurish-yasashda ishlatish katta ahamiyatga ega, o’yin faoliyatini rivojlanishiga katta ta‘sir ko’rsatadi. Qurilish materiallarni ma‘lum bir shkaflarda, tartib bilan saqlanadi. Кonstruktorlar. Кatta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg’ulotdan tashqari konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metall va keramika) foydalanadilar. Bu to’plamlar orqali turli konstruksiyalar yasash mumkin. Тarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashtirish usulidan suratlar bo’yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarni ma‘lum qismlarini birlashtirish malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalarni qo’llarini muskullari ishtirok etadi, bu yoshda qo’l muskullari xali yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Tarbiyachi avval konstruktor yig’ishni metodik ko’rsatmalarini o’rganadi. Тarbiyachi rahbarligida qurilish materiali va konstruktorlar bolalarga ketmaket beriladi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg’ulotdan tashqari vaqtda turli xil konstruktorlardan: yog’ochli, platmassali va metalldan tayyorlangan konstruktorlardan foydalanadilar. Bu to’plamlar yordamida qismlarning joylashtirilishi ancha murakkab bo’lgan qurilmalar yasaydilar. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida lego-qurilish, konstruksiyalash-STEAM ta‘lim moduli sifatida o‘rgatishda ularga turli qurilish materiallaridan iborat o‘yonchoqlardan foydalanish hamda leg bo‘lakchalaridan samari qo‘llash shuda yaxshi samara beradi. Shuningdek, STEAM ta‘lim asosida ―Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida robototexnika dasturlarini ishlab chiqish texnologiyalari‖ ni o‘rganish jarayonida Maktabgacha ta`lim tizimida yuqori sifatli ta`lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun Maktabgacha ta`lim va tarbiyaning davlat standartiga ilova Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va ―Ilk qadam‖ Davlat o‘quv dasturiga muvofiq zamonaviy innovatsion pedagogik yondoshuvlar va tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Mavzu yuzasidan savollar:



  1. MTT da lego-qurilish, konstruksiyalash - STEAM ta‘lim moduli sifatida

o‘rgatish qanday yo‘llar bilan amalga oshiriladi?

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga lego-qurilish, konstruksiyalashga

o‘rgatish metodikasini o‘rganing.

  1. STEAM ta‘lim asosida―Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida robototexnika dasturlarini ishlab chiqish.




Yüklə 243,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin