Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlari. Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. O‘zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim deb nomlanadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim – talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim
Ushbu ta’lim pedagog va talaba o‘rtasidagi o‘zaro munosabat hamkorlik va tanlash erkinligiga asoslanib, talabani qadriyat sifatida e’tirof etilishini uchun sharoit yaratadi.
Odatda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining quyidagi turlari farqlanadi:
1. Modul TT.
2. Muammoli TT.
3. Interfaol TT.
4. Individual TT.
5. Masofaviy TT.
6. Kompyuter TT.
7. Hamkorlik TT.
8. Loyiha TT.
9. Dasturiy TT.
10. Tabaqalashtirilgan TT.
11. Rivojlantiruvchi TT.
12. O‘yin texnologiyalari.
13. Gender TT.
14. Quvvatni tejovchi TT.
Hamkorlik ta’limi texnologiyalarining didaktik mohiyati. Zamonaviy sharoitda hamkorlik ta’limi, uni tashkil etish o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda.
Hamkorlik ta’limi – o‘quv jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro rivojlanishlari, “pedagog-talaba(lar)” munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ifodalovchi ta’lim bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini jamoada, kichik guruhlarda yoki juftlikda birgalikda, o‘zaro hamkorlikda bajarish sanaladi.
Hamkorlik ta’limi yo‘nalishlari:
- ta’limiy hamkorlikka asoslanuvchi munosabatlarni tashkil etish;
- talabalarga insonparvarlik g‘oyalari asosida individual yondashish;
- ta’lim jarayonida kasbiy va ma’naviy birlikning qaror topishiga erishish.
Dostları ilə paylaş: |