O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti «geografiya»


-Mavzu. Texnik vositalardan foydalanish



Yüklə 8 Mb.
səhifə78/116
tarix11.11.2023
ölçüsü8 Mb.
#132326
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   116
3 bosqich uchun IBAO\'M fanidan UMK 25 08 21 Microsoft Word

15-Mavzu. Texnik vositalardan foydalanish.
REJA:

  1. Iqtisodiy fanlarni o’qitishda texnik vositalar. Ularning turlari, tutgan o’rni.
  2. Dars o’tishda doskaning va boshqa texnik vositalarning tutgan o’rni.
  3. Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish.



Tayanch iboralar: Ta’lim vositalari, real vositalar, texnik vositalar, chop etilgan o’quv materiallari, doska, doska-stend, doska-bloknot, proektor, multimedia




  1. Iqtisodiy fanlarni o’qitishda texnik vositalar. Ularning turlari, tutgan o’rni.

Iqtisodiy fanlarni o’qitishda texnik vositalardan foydalanish alohida o’rin tutadi. Texnik vositalardan foydalanish usuliga ko’ra universal va maxsus texnik vositalarga bo’linadi.


Universal vositalarga doska, diaskop, kodoskop, magnitofon, videomagnitofon, kompyuter, televizor kirishi mumkin.
Maxsus vositalar, ma’lum bir masalani, mavzuni yoritishga qaratilgan maket, videofilm, kasseta, disk, disket kabilarni o’z ichiga oladi.
Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtai nazaridan texnik vositalarni tasvirlovchi (kodoskop, proektor, diaprotsessor), tovushli (magnitofon, radio, audio kabilar), audiovideo kompleksi, videomagnitofon, kompyuter kabilarga bo’lish mumkin.
Ta’lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalar ta’lim vositalari deb ataladi.
Ta’lim vositalari real va texnik vositalar, hamda chop etilgan o’quv materiallarini o’z ichiga oladi. Uning tarkibi quyidagicha bo’ladi.


Ta’lim vositalari

Real vositalar
Mashina-traktor jihozlari, asbob- uskuna, dastgoh , tayyor mahsulot va hokazo
Texnik vositalar

Proektor, kodoskop, kinoapparat, videomagnitafon, kompyuter, o’quv televizori, video-film, disk, disketlar multimedia va boshqalar.


Chop etilgan o’quv materiallari

O’quv va ilmiy adabiyotlar, chop etilgan o’quv-meto- dik materiallar, ko’rgazmali materi- allar, tarqatma materiallar, ma’ruza matnlari va boshqalar.



Real ta’lim vositalari, odatda, iqtisodiy yo’nalish bo’yicha ta’lim olish jarayonida kam ishlatiladi. Lekin texnik va chop etilgan o’quv materiallari juda keng qo’llaniladi.
Ta’lim vositalari birbirini to’ldiradi va dars jarayonida uyg’unlashadi. Ta’lim vositalari talabalarning darsni tushunishi, mustaqil ishlashi, o’quv jarayoniga faol qatnashishiga ko’maklashadi.
Kodoskop, proektor shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar)ni ekranga tushirish, aks ettirish uchun qo’llaniladigan jihoz hisoblanadi. U foydalanish uchun qulay, moslashuvchan vosita bo’lib, bir marta tayyorlangan plyonkadan ko’p marta foydalanish mumkin. Doska bo’lmaganda zarur bo’lgan narsalarni flomaster yordamida to’ppato’g’ri yozib ko’rsatiladi.
O’qituvchi qaysi vositadan qachon foydalanishi, qanday vositani qo’llashini darsning maqsadi, mazmunidan kelib chiqqan holda oldindan belgilab olishi kerak.


2. Dars o’tishda doskaning va boshqa texnik vositalarning tutgan o’rni.

O’quv jarayonida eng ko’p qo’llaniladigan va eng kam chiqim talab qiladigan vosita oddiy doska hisoblanadi.


Doskadan turli maqsadlarda foydalanish mumkin:

  • notanish so’z, iboralarni yozish;

  • turli chizmalar, diagramma, sxemalar chizish;

  • rasmlar yordamida illyustratsiya qilish;

  • misollar echish;

  • formulalar yozish va boshqalar.

Doska har bir auditoriyada bo’lishi kerak. Dars paytida doskadan foydalanish uchun uni darsga tayyorlash lozim. Agarda o’qituvchi ilgari dars o’tmagan auditoriyada dars o’tadigan bo’lsa, doskaning o’lchamlari,uning qandayligi bilan tanishishi kerak. Darsda doskadan optimal darajada foydalanishga harakat qilish lozim:

  • zarur jumlalarni yozish, grafiklar chizish, birbiridan ajratish, chiziqlarni rangli bo’r bilan chizish;

  • agar murakkab chizmalar chizilishi kerak bo’lsa, avval xomaki nusxasini chizib ko’rish;

  • doskadagi tasvir iloji boricha tushunarli, taassurot qoldiradigan bo’lishi kerak;

Doskaga aniq, talabalar o’qiy oladigan qilib yozish kerak. Yozayotganda tushuntirishni to’xtatib, yozib bo’lgach, gapirish kerak. Chunki auditoriyada talabalarga orqa o’girgan holda doskaga qarab yozib turib, gapirilgan fikrni ilg’ash qiyin.
Doskada ishlashning o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Doskaning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
ishlatishning osonligi, tayyorligi; o’zgartirishlar kiritishning osonligi,
darsni o’tishga qarab mos holda ishlatish mumkinligi;
qo’shimcha misollar berilgan savollarga qarab, misollarni moslashtirish; murakkab nisbatlarni ko’rgazmali ifodalash mumkin;
chizmalar, formulalar va boshqalarni yozib ko’rsatish, qabul qilish va tushunishni osonlashtiradi;
yaxshi yodda qoladi;
doskadan konspektga ko’chirilgan misol va rasm, chizma, grafiklar kelgusidarslarga yaxshi tayyorlanishga yordam beradi.
Kamchiliklari:

doskaga yozayotganda talabalarga orqa o’girib turiladi, Auditoriya bilan ko’z qarash kontaktini yo’qotiladi;
bir marta yozilgan narsa o’chiriladi; yozish, chizishga vaqt ketadi.

Yüklə 8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin