O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti «geografiya»


O’quvchitalabalarning fanni o’rganishlarida nazariy va amaliy darslar bilan bir qatorda maslahat darslari ham muhim o’rin tutadi



Yüklə 8 Mb.
səhifə22/116
tarix11.11.2023
ölçüsü8 Mb.
#132326
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   116
3 bosqich uchun IBAO\'M fanidan UMK 25 08 21 Microsoft Word

O’quvchitalabalarning fanni o’rganishlarida nazariy va amaliy darslar bilan bir qatorda maslahat darslari ham muhim o’rin tutadi. O’quv jarayonini tashkil qilishda, ayniqsa, seminar, amaliyot darslarini ko’ngildagidek o’tishini ta’minlashda maslahat darslarining o’z o’rni bor.
Maslahat darslari guruhiy va individual tarzda o’tkazilishi mumkin. Guruhiy maslahat darslarini semestr yakunida yoki murakkab mavzuni muhokama qilishda o’tkazish yoki guruhning talabi bilan, aytaylik, yangi o’quv adabiyotini o’rganish, munozarali muammolarni hal etish uchun tashkil etish mumkin.
Maslahat darsining asosiy qismi individual tarzda o’tkazilib, u ixtiyoriy ravishda tashkil etiladi. Talabalar qaerda maslahat darsidan zarur yordam olsalar, o’sha erda maslahat darsiga bajonidil qatnashishadi. Aynan maslahat darslarida talabalar adabiyotlarni konspekt qilish, mustaqil o’qishni tashkil etish masalalari bo’yicha hamda o’zlari uchun qiyin bo’lgan boshqa savollarga javob olishadi. O’qituvchi maslahat darsida faqat talabaning savoliga javob berish bilangina qanoatlanib qolmay, balki qoloq talabalar bilan ishlashga e’tibor qaratishi lozim. Maslahat darsi qaerda, qachon, qanday mavzuda o’tishini talabalarga etkazish kerak.
Individual maslahat darsi o’qituvchining o’quvchi, talabani yaqindan bilishiga, uning ichki dunyosi, psixologik xususiyatlarini to’laroq his qilishiga yordam beradi. Unda o’quvchitalaba faqatgina axborotga ega bo’lib qolmay, fan bo’yicha har tomonlama maslahat oladi. Shuning uchun ham fanni chuqur o’zlashtirishga, izlanishga, uning qiziqishini kengaytirishga yordam beradi.
Talabalarni amaliyot bilan yaqindan tanishishida sayyor darslarning roli katta. Bunday dars o’rganilayotgan soha bo’yicha korxona, tashkilot, muassasalarda o’tkaziladi. U erda ishlayotgan mutaxassislar o’quvchi talabalarni ish jarayoni bilan tanishtirib, dars o’tadilar. Natijada, talabalar amaliyot bilan yaqindan tanishadilar.
Elektron darsliklar yaratilishi bilan hayotga masofadan o’qitish kirib keldi. Uning o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklari bor. O’qitishning bunday shakli qanday rivojlanishini kelajak ko’rsatadi.


Takrorlash va munozara uchun savollar:

  1. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fani nimani o’rgnadi? Fanning maqsadi va vazifalarini ko’rsating. Iqtisodiy fanlarni o’qitish metodikasi qanday o’rin tutadi?

  2. Metodika deganda nimani tushunamiz? Metodlarning ob’ektiv va sub’ektiv jihatlarini ta’riflang.

  3. Metodlarga turli jihatdan yondashish nuqtai nazaridan ularni qanday guruhlarga bo’lish mumkin?

  4. Didaktikaning asosiy printsiplari (tamoyillari) nimalar? Didaktik sakkizburchak nimani ifodalaydi? Nega olti yoki ettiburchak emas?

  5. Nazariy jihatdan bilim olishning qadambaqadam modeli nimalarni o’z ichiga oladi? Ikkita savol va unga javoblar asosida ana shu modelni ifodalashni ko’rsatadigan test tuzing va uni izohlang.

  6. O’qitish jarayonining ob’ektiv va sub’ektiv jihatlarini ko’rsating.

  7. Dars jarayonida o’qituvchining roli, o’rta maxsus va oliy maktab o’qituvchilariga qo’yiladigan talablarni gapirib bering. Sizningcha, o’qituvchiga yana qanday talablar qo’yilishi kerak?

  8. O’qitishning asosiy shakllari va ularning farqini ko’rsating.


Yüklə 8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin