O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti «geografiya»


Savolni barcha talabalarga berish



Yüklə 8 Mb.
səhifə47/116
tarix11.11.2023
ölçüsü8 Mb.
#132326
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116
3 bosqich uchun IBAO\'M fanidan UMK 25 08 21 Microsoft Word

Savolni barcha talabalarga berish, butun auditoriya oldiga qo’yish kerak. Hamma talabalar o’ylab ko’rsin. Ma’lum pauzadan so’ng aniq bir talaba javob berishga chiqishi mumkin.

  • Auditoriyaga xos savollar talabalarning bilim darajasi, darsga tayyorgarligi kabilarni hisobga olgan holda berilishi kerak. Bunda guruhdagi talabalarning individual xususiyatlarini ham hisobga olish kerak. Nisbatan bo’sh talabalarga uncha murakkab bo’lmagan savollar berish, so’ngra bilimi kuchli talabalarga murakkab savollar berib borish kerak. Natijada oddiydan murakkab tomon borilaveradi.

    Dastlab, ixtiyoriy javob bermoqchi bo’lganlarga diqqat qaratish kerak, so’ngra bosiq, o’z ishtiyoqi bilan javob bermaydigan talabalarni javob berishga jalb qilish, haddan tashqari faol talabalarni birmuncha tiyib turish kerak. Darrov javob berishlariga urinmaslik, balki bir necha javob berishni xohlovchilarni aniqlab, bir necha talaba javob berishi mumkinligini his qilgach so’ray boshlash lozim. Muhim va murakkab savollar tashlanganda ko’proq pauza saqlab, talabalarni tayyorgarlik darajasini ko’zdan kechirish zarur.

    • Aniq maqsadga qaratilgan savol berish kerak. Ma’lum narsalar haqida savol berish zerikarlidir. Talabalar fikr yuritishini zarur yo’nalishga solib, unchalik kerak bo’lmagan masalalarga e’tibor berish, atrofda aylanish, chetga chikishdan qochish kerak. Haddan tashqari uzun savollar darsni maqsadidan chetga chiqib ketishga olib kelsa, haddan tashqari qisqa savol esa, «fikr yuritish» uchun kam «joy» qoldiradi. Tushundingizmi, degan savol ko’pincha javobsiz qoladi. Shuning uchun yaxshisi aniq nazorat shaklida savol bergan ma’qul. Bitta so’roq gapdagi bir necha savollar talabalarni chalkashtiradi. Shuning uchun savolni oddiy, tushunarli qilib tuzish kerak.

    • Savollarni xotirjam tarzda berish kerak. Chunki bunday savol tushunishni osonlashtiradi. Savoldan keyin fikr yuritish, javobni shakllantirish uchun ma’lum muddat qoldirish kerak. Har doim savol bilan javob berish o’rtasidagi muddat savol beruvchiga ham, javob beruvchiga ham nisbatan uzoq davom etganga o’xshab ko’rinadi. Shuning uchun shoshilmaslik kerak. Auditoriyadagi samimiy muhit unga talabalarni darsga faol qatnashishlariga yordam beradi va darsni muvaffaqqiyatli o’tishini ta’minlaydi. Vaqtivaqti bilan o’qituvchi o’zining savol qo’yish texnikasi, mazmunini tekshirib turishi kerak.

    Guruhni juftlik yoki kichik guruhlarga bo’lib dars o’tganda avval savolga javob o’ylanishi va muhokama qilinishi kerak. So’ngra auditoriyada muhokama qilish boshlanadi. O’qituvchi bildirilgan fikrni asoslash yoki mustahkamlash uchun qo’shimcha savollar beradi: «Nima sababdan?», «Siz shu fikrga qo’shilasizmi?», «Misol keltiringchi?», «O’rtog’ingiz bildirgan fikr to’g’rimi?», «O’zingizning xulosangizni aytingchi?» tarzdagi savollar bilan kichik guruhlarni bir birlariga murojaat qilishga yo’naltiriladi.
    O’z fikrini bayon qilayotgan talabaga: «aytingchi, siz yoki guruhingiz berilgan savolga ana shunday javob berishiga nima sababdan qaror qildingiz?» deb murojaat qilib, javobni eshitgach, auditoriyaga «boshqalar ham shu fikrdami, uni noto’g’ri deb hisoblovchilar, marhamat o’z fikringizni bildiring» deb, talabalar fikrini aniqlash mumkin.
    Agar to’g’ri javob yagona bo’lmasa, o’qituvchi «qani, o’ylab ko’ringlarchi, yana qanday muqobil javoblar bo’lishi mumkin?» degan savolni tashlashi mumkin.
    3. Savollarga asoslangan dars o’tish metodi va uning usullari.

    Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, savollarsiz dars o’tib bo’lmaydi. Shu bilan birga ustuvor darajada savol va javoblarga asoslangan dars o’tish usullari ham talaygina. Ulardan biri savoljavob metodidir. Uni turli usullar asosida o’tkazish mumkin.


    Qisqacha savoljavob (blits so’rovjavob) usuli.
    Bu usulda o’qituvchi qanday maqsad qo’yishiga qarab, qisqa savollar tayyorlaydi.
    Talabalardan ham qisqa, lo’nda javob berishni talab qiladi. Uni turlicha o’tkazish mumkin

    1. Berilgan savolga, xohlovchilar javob berishi yoki barcha o’quvchi, talabalardan navbati bilan so’rab chiqish mumkin.

    2. Konkursmusobaqa tarzida javob berish.

    Bunda guruh ikki komanda(jamoa)ga bo’linadi. Mavzu bo’yicha har bir komanda navbati bilan savol va ikkinchi komanda unga javob berishi lozim. Jamoalar berilgan savol va uning javobiga qarab baholanadi. Baholashni osonlashtirish uchun to’g’ri savol ham, to’g’ri javob ham 1 ball bilan baholanadi. Eng ko’p ball yiqqan komanda 1o’rin oladi va komanda a’zolarining qatnashishiga ko’ra guruh jurnalida tegishlicha ball aks ettiriladi.
    1komanda ishtirokchilari 2komanda a’zolariga savol beradi. Qo’yilgan savol talabga javob bersa, 1 ballni qo’lga kiritadi. Savolga javob bergan 2 komanda a’zolari esa javobning to’g’rinoto’g’riligiga qarab, tegishli ball bilan baholanadi .
    Javobning qoniqarli, to’g’ri yoki noto’g’riligini birinchi komanda tasdiqlaydi. Agar raqib komandaning javobi qoniqarsiz deb topilsa, savol bergan komandaning o’zi to’g’ri javobni aytishi yoki uni to’ldirishi lozim. Savollar tegishli fanning o’rganilgan bo’limlariga doir qoida yoki formulalar ko’rinishida ham bo’lishi mumkin. Bu musobaqa o’yin shartlarining bajarilishini o’qituvchi nazorat qiladi va baholaydi.
    O’quvchilar berish uchun savol topolmay qolgan yoki komandalar teng ball to’plagan hollarda o’qituvchi o’zi oldindan tayyorlab qo’ygan qiziqarli (mantiqiy) savollardan ularning e’tiboriga havola qiladi. Yuqori ball to’plagan komanda g’olib hisoblanada va rag’batlantiriladi.
    Darsni shakllantirishning bu usuli o’yinbahs tarzida bo’lgani uchun o’quvchilar unga qiziqish bilan yondashadi. Dars davomida komandalar 2030 tadan savol berish imkoniga ega. Demak, o’quvchilar 4060 ga yaqin tushuncha, formula va boshqalarni takrorlashga urinadi. Bundan tashqari, o’quvchi keyingi mashg’ulotlarga yanada qiziqarliroq va jiddiyroq savol topib kelishga harakat qiladi. Bu esa o’quvchi, talabalarning o’z ustida jiddiy ishlashiga olib keladi.

    Yüklə 8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin