Muhokama natijalari– har bir guruhning bajarilgan topshiriq bo‘yicha prezentatsiyasi.
Hojatxonalarning joylashuvi va ularning yo‘laklari kunduzi va kechasi ko‘rinib turadigan maxsus ko‘rsatkichlar bilan belgilangan bo‘lishi kerak (har qanday joyda ehtiyoj qondirilishi profilaktikasi)
Ko‘cha hojatxonalari ustki qism va o‘radan iborat bo‘lishi kerak. Ustki qismlari bir biriga mustahkam biriktirilgan materiallardan quriladi (doskalar, g‘ishtlar, bloklar va x.k.). O‘ra suv o‘tkazmaydigan, hajmi hojatxonadan foydalanadigan aholining soniga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Qazilma hojatxonalarning o‘ralari suvni yerga to‘liq o‘tib ketmasligini ta’minlashi kerak. Buning uchun beton, sement temirdan foydalanish mumkin. O‘ralarni tozalash lyuklari mustahkam, 2 qavatli qopqoqlarga ega bo‘lishi lozim. O‘ralarning chuqurligi yer osti suvlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi, lekin 3 metrdan oshmaydi. O‘ralarni yer sathidani 0,35 m dan oshmay to‘ldirib bo‘lmaydi. O‘ralarni ularni to‘lishiga ko‘ra tozalab turiladi, lekin yarim yilda bir marotabadan kam bo‘lmasligi kerak.
Hojatxona devorlari va pollari oson tozalanadigan, silliq va suv o‘tkazmaydigan materiallar bilan qoplanishi kerak (plitka, sement, mramor qumlari va x.k.). Devorlar moyli bo‘yoq bilan bo‘yalishi mumkin.
Ochkolar soni quyidagi hisob bo‘yicha aniqlaniladi: 1 ochko 20 nafar qiz bolaga; 1 ochko, 1 pissuar 30 nafar o‘g‘il bolaga (pissuar sifatida qayiqchasimon tualetlarni qiyaroq qilib joylashtirish mumkin. Ularda suyuqlik turib qolmaydi va dezinfeksiya qilishga imkon yaratadi).
Tualet atrofidagi hudud ham qiyaroq qilib asfalt qilingan bo‘lishi kerak, bu ustidagi suvlarni oqib ketishiga imkon beradi
Ko‘cha hojatxonalari odam yashovchi binolar, bolalar muassasalari, maktablar, bolalar o‘yingohlaridan eng kamida 20 metr va ko‘pi bilan 100 metrdan oshmagan masofada joylashgan bo‘lishi kerak.
Ko‘chada joylashgan hojatxonalar ozodalikda saqlanishi kerak. Ularni har kuni tozalash lozim. Eng kamida xaftada bir marotaba issiq suv va dezinfeksiya vositalari bilan to‘liq tozalanadi.
Kanalizatsiya o‘tmagan hojatxonalar va o‘ralar quyidagi dezinfeksiya vositalari bilan tozalaniladi: xlor moddasi (10%), natriy gipoxloridi (3-5%), lizol (5%), naftalizol (10%), kreolin (5%), natriy metasilikati (10%).
Hojatxonalarni yuvishda foydalaniladigan vositalar va vetosh alohida xonada saqlanishi lozim. Chelak, shvabra, supurgi va boshqa anjomlar belgilangan bo‘lishi kerak.
Hojatxonadan chiqishda qo‘l yuvish uchun qo‘lyuvgich(umivalnik)lar qo‘yib qo‘yiladi: 1 ta qo‘lyuvgich(umivalnik) na 30 nafar qizga, 1 ta qo‘lyuvgich(umivalnik) 30 nafar o‘g‘il bolaga. Qo‘lyuvgichlar har bir kategoriyaga alohida joylashtirilishi lozim.