O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta мaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maktabgacha ta'lim maxsus sirtqi bo'limi



Yüklə 29,17 Kb.
səhifə17/21
tarix31.12.2021
ölçüsü29,17 Kb.
#113640
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Muqimova Shalola

2. Valdorf pedagogikasi.
u ta’lim usuli olim va pedagog R.Shtayner falsafasiga asoslangan bo‘lib, uning mohiyatida shaxsiyatning ruhiy va estetik rivojlanishiga qaratilgan, bolaning aql-zakovati esa unchalik ahamiyat kasb etmaydi. Shu sababli, usul – tabiat, ijod va kasb hunarlarni kuzatishni o‘z ichiga olgan. Valdorf ta’limi markazlarida o‘quvchilar ganchkorlik, turli musiqa asboblarini chalish, xalq hunarmandchiligi, turli sahna ko‘rinishlarida ishtirok etish (aktyorlik mahorati) kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadilar. O‘qish uchun mashg‘ulotlarni esa bola 12 yoshga kirgandan so‘ngra boshlash tavsiya qilinadi. Ta’lim vaqtida bolaning asosiy bilim manbai va yo‘naltiruvchisi o‘qituvchidir. Dars o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi suhbat tarzida o‘tkaziladi. O‘qituvchi darsni hikoya qilib bergach, o‘quvchi o‘z tushunganlarini hissiyotini so‘zlash va ko‘rsatish bilan namoyish qilishi lozim.

Albatta, Valdorf usulining ham o‘ziga yarasha kamchiliklari bor. Ba’zilarning fikriga ko‘ra, bu usul real hayotdan uzoq bo‘lgan vaziyat yaratishi ehtimoli katta. Undan tashqari, bolaning normal rivojlanishida asossiz to‘sqinlik yuzaga keladi, 12 yoshda o‘qishni o‘rgana boshlash bola uchun juda kech. Bu usulda asos qilib olingan estetik tarbiya esa mantiq va tafakkur rivojlanishini cheklanishiga olib keladi. Valdorf usuli giperaktiv, asabiy, agressiv, o‘ziga ishonchi yo‘q va e’tibori past bo‘lgan bolalar uchun foydali.

Ammo ishingiz sababli vaqtingiz kam bo‘lsa, bu usul sizga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Chunki farzandingiz bilan birgalikda chevarlik, ganchkorlik kabi hunarlarni birga qilishingiz lozim. Dars davomida butun e’tibor bolaga qaratiladi, ota-onalar esa vaziyatga moslashadi va faqat yordamchi vazifasini bajaradi. Valdorf pedagogikasi bolaning sog‘lom o‘sishiga negativ ta’sirining oldini olish uchun ta’lim tizimida hech qanday shoshilishga yo‘l qo‘ymaydi.

М




Yüklə 29,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin