O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus (texnikum) professional ta’limning



Yüklə 298,69 Kb.
səhifə102/105
tarix24.12.2022
ölçüsü298,69 Kb.
#121755
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Ilk qadam toplam

Test savollari
1.Davlat talablarining maqsadi bu –
a. maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash.
b. mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
c.bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.
d.ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash.

2.Rivojlanish sohasi —


a. bolani o‘zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatini bir qismi;
b.bolalarda kutilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar ko‘rsatkichi;
c. bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqlik;
d. tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar;

3.Davlat talablarining vazifalaridan biri –


a. Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini ko‘zda tutadi va bola rivojlanishiga ko‘maklashad;
b.bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish;
c. milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
d.bolada o‘z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.

4. «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasidagi ta’lim-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola quyidagilarga erishishi lozim:


a. ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qilish.
b.nutqni eshitish va tushunish.
c. o‘z ona tilida erkin so’zlashadi so’z turkumlarini yoshiga monand mustaqil, grammatik to’g’ri qo’llaydi.
d.umumlashtiruvchi so’zlarni to’g’ri qo’llaydi.
5.«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi qanday kichik sohalarga bo‘linadi:
a.«Men» konsepsiyasi, hissiyotlar va ularni boshqarish, ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.
b.dunyoni badiiy tasavvur etish, badiiy-ijodiy qobiliyatlar.
c.intellektual-anglash malakalari, elementar matematik malakalar, tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat
d.Nutq va til, o‘qish ko‘nikmalari, qo‘l barmoqlari mayda motorikasi.

6.Ijtimoiylashtirish – bu…


a.inson tomonidan jamiyatda muayyan vaqt oralig‘ida qadriyatlar, ahloqiy meyor, namuna va ko‘rsatmalarning o‘zlashtirilishi.
b.Hissiyotlar va ularni boshqarish
c.«Men» konsepsiyasi
d.Hissiyotlar va ularni egallash

7.Muloqot – bu...


a.odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi.
b.hissiyotlar va ularni boshqarish
c.bu murakkab va ko‘p tomonlama jarayon.
d.Hamma javob to`g`ri

8. Insonlarning o‘z faoliyatlari davomida o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayonini ifodalovchi, insonlarga xos xususiyat- bu...


a. Ijtimoiylashuv
b.«Men» konsepsiyasi
c.Hissiyotlar va ularni egallash
d. Muloqot

9. «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:


a. dunyoni badiiy tasavvur etish, badiiy-ijodiy qobiliyatlar.
b. Nutq va til, o‘qish ko‘nikmalari, qo‘l barmoqlari mayda motorikasi.
c.intellektual-anglash malakalari, elementar matematik malakalar, tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat
d.«Men» konsepsiyasi, hissiyotlar va ularni boshqarish, ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.

10. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida nechtta markaz bo’ladi?


a.5 ta;
b.4 ta;
c.6 ta;
d.8 ta.

11.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazning ikkinchisini ko`rsating.


a. San’at markazi
b.Til va nutq markazi.
c. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi
d.Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz.

12. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Til va nutq markazi” qaysi mashg’ulotlar bilan bog’liqligini ko`rsating.


a.Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar
b.Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari
c.Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami
d.Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari

13. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi


asosida 5 ta markazning to`rtinchisini ko`rsating.
a. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi.
b.Til va nutq markazi.
c. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz.
d.San’at markazi

14. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda qanday xislatlar rivojlanadi?


a.Sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi.
b.Qobiliyatlilik
c.Ijodkorlikning o`zi
d.Hamma javob to`g`ri

15. Qaysi markazda tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi.


a. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi.
b.Til va nutq markazi.
c. Ilm-fan va tabiat markazi.
d.Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz.

16. Bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularga qanday yordam beradi?


a. maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.
b.o‘zgalar yutug‘iga quvonganligini namoyon etadi;
c.o‘yinlar o‘ylab topadi, syujetli rolli o‘yinlar, turli ertaklarni sahnalashtirishda ishtirok etadi.
d.Hamma javob to`g`ri

17. “Bola oz tanasi va uning a’zolarini boshqaradi, maqsadli harakatlanadi” bu qaysi rivojlanish sohasini kichik sohasiga kiradi ?


a. Mayda motorika
b.Sog’lom turmush tarsi va xavfsizligi
c. Yirik motorika
d.Sensomotorika

18.O'yinlar – bu…


a. Jismoniy mashqlarni kuchaytirish muhim, ammo kuniga bir necha daqiqa vaqt talab etiladi.
b. bolaning motorli faoliyatining asosiy usuli.
c.Vaqtni sarflaydigan usul.
d.Bo`sh vaqt asosi.

19. Intellektual-anglash malakalari; elementar matematik malakalar; tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat qaysi kichik sohaga taaluqli?


a.bilish jarayonining rivojlanishi
b.sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
c.ijodiy rivojlanish
d.ijtimoiy-hissiy rivojlanish

20. Tabiat bilan tanishtirish dasturini tuzilishi?


a.jonli-jonsiz tabiat, o‘simlik dunyosi, hayvonot olami, kishilarning tabiatdagi mehnati
b. o‘simliklar va hayvonot dunyosi,fasllar bilan tanishtirish
c.qushlar olami, hayvonot dunyosi, o‘simliklar dunyosi
d.jonsiz tabiat bilan tanishtirish,ensiklopedik bilim berish

21. Ilk qadam Davlat o‘quv dasturi necha bobdan iborat?


a. 6
b.4
c.5
d. 7

22. Bolaning rivojlanish kompetensiyaviy sohalari?


a.jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllanitirish, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari, bilish jarayonining rivojlanishi, ijodiy rivojlanish.
b.ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari, bilish jarayonining rivojlanishi, ijodiy yondashuv
c.jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllanitirish, ijtimoiy-hissiy rivojlanish
d.jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllanitirish, ijtimoiy-xissiy rivojlanish, bilish jarayonining rivojlanish

23. “Ilm-fan va tabiat’’ markazida –


a. mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyatini yaratadi.
b.bolalar iqtidorini namoyon bo’lishi, o’z mahoratini ko’rsatishi uchun juda qo’lay muhit yaratadi
c.bolalarda sensor tarbiya, ilodkorlik rivojlanadi.
d. tajriba sinov maydonchasida o’tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish o’yg’otadi va yangi ixtirolar qilishga undaydi

24. Ijtimoiy-hissiy rivojlanishni kichik sohasini belgilang.


a.Hissiyotlar va ularni boshqarish
b.Intellektual-anglash malakalari
c.O‘qish ko‘nikmalari
d.Dunyoni badiiy tasavvur etish

25. Maktabgacha yoshdagi bolalarni 1 sutkada uxlash davomiyligi necha soatni tashkil qiladi?


a. 9-10 soat
b.16-17 soat
c. 10,5-11soat
d.8-9 soat

26. Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni qaysi o‘quv yillari bo‘yicha tashkil qiladi?


a.o‘quv yil 2-sentyabrdan boshlanadi va 31-maygacha davom etadi.1-iyundan 31-avgustgacha MTTda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi
b.o‘quv yil 5-sentyabrdan boshlanadi va 25-maygacha davom etadi.1-iyundan 31-avgustgacha MTTda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi
c.o‘quv yil 25-avgustdan boshlanadi va 25-maygacha davom etadi.1-iyundan 31-avgustgacha MTTda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi
d.o‘quv yil 10-avgustdan boshlanadi va 25-maygacha davom etadi.1-iyundan 31-avgustgacha MTTda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi

27. Kuzatilayotgan voqea va hodisalarni tushuntiradi qaysi kompetensiyaviy sohaga kiradi?


a.bilish jarayonining rivojlanish
b.nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari
c.jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllanitirish
d.ijtimoiy-hissiy rivojlanish

28. Ilk qadam Maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi necha tamoyildan iborat?


a. 6
b.5
c.9
d.10

29. Ilk qadam Maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi qachon va kim tomonidan tasdiqlandi?


a.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan.
b.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 15-iyuldagi 5-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan.
c.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 18-iyundagi 1-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan
d.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 1-iyuldagi 5-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan.

30. Ilk qadam Maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi qaysi ta’lim muassasalarida qo‘llaniladi?


a. davlat MTT, Nodavlat MTT
b.maktabgacha va boshlangich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari
c.davlat MTT, Nodavlat MTT, Maktabgacha ta’lim guruhlari mavjud bo‘lgan mehribonlik uylari, boshlang`ich ta`lim
d. davlat MTT, Nodavlat MTT, Maktabgacha ta’lim guruhlari mavjud bo‘lgan mehribonlik uylari

31. Dastur bo‘yicha ikkinchi tilga o‘rgatish necha yoshdan boshlab o‘rgatiladi?


a.5-6 yosh
b.4-5 yosh
c.3-4 yosh
d.6-7 yosh

32. Rivojlanish sohasi – bu


a.bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar
b.sohaning kichik guruhlari
c.inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar
d.ma’lum bir yosh davriga xos bo‘lgan vazifalarni maqsadli bajarish

33. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari qachon kim tomonidan qabul qilingan?


a. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2018-yil 16-iyul 1-MX- son
b.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2018-yil 15-iyun 1-MX- son
c. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2018-yil 18-iyun 1-MX- son
d.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2018-yil 7-iyul 4-MX- son
34. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari nechta bobdan iborat?
a.4
b.5
c.6
d.7

35. Rivojlanishi nima?


a. fiziologik va psixologik o‘zgarish
b.inson tanasi tuzilishi
c.inson tanasida biologik o‘zgarishlar
d. inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar

36. Men konsepsiyasi?


a.bolani o‘zi haqidagi anglagan tasavvurlari tizimi, uning refleksif faoliyatini bir qismi
b.san’at va madaniyatga qiziqishini namoyon qilish
c.inson tanasida biologik o‘zgarishlar
d.bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar

37. Maktabgacha ta’lim —


a. bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta’minlovchi jarayon.
b.bilimlar dunyosiga birinchi qadam, birinchi muvaffaqqiyat, yaxshilik, samimiylik, umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashning ilk asoslari.
c.maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
d. maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me’yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon.

38. Tarbiyachining ish hujjatlari nechanchi sonli buyruq asosida yuritiladi?


a.MTVning 155-sonli buyruq
b.MTVning 183-sonli buyruq
c.MTVning 139-sonli buyruq
d.MTVning 391-sonli buyruq

39. Dastur nechta va qanday asosiy bo‘limni qamrab oladi?


a.3 ta, maqsadli, mazmunli, tashkiliy
b.2 ta maqsadli, mazmunli
c.3 ta ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi
d.2 ta ta’limiy, tarbiyaviy

40. Sensomotorika nima?


a. katta soha
b. kichik soha
c.talab
d.indikator

41. Bolalar yo‘qlama tabeli qaysi daftarga yuritiladi ?


a. Tarbiyachining 05-03 daftariga
b. Tarbiyachining 05-02 daftariga
c.Tarbiyachining 05-04 daftariga
d.Tarbiyachining 05-01 daftariga

42. Intellektual-anglash malakalari; elementar matematik malakalar; tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat qaysi kichik sohaga taaluqli?


a. ijodiy rivojlanish
b.sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
c. bilish jarayonining rivojlanishi
d.ijtimoiy-hissiy rivojlanish

43. Maktabgacha ta’lim vazirining 2019-yil 30-avgustdagi 155-sonli buyrug‘iga asosan maktabgacha ta’lim tashkiloti metodisti ish hujjatlari


a. 02-01dan 02-04 gacha
b.03 -01dan 03-03gacha
c.01-01dan 01-19 gacha
d. 04-01dan 04-04 gacha

44. “Ilk qadam” dasturining I-bobida nimalar yoritilgan?


a. Davlat talablari asosida ta’lim tarbiya berish, aqliy va jismonan sog’lomlashtirish
b.Ta’lim, tarbiya bola shaxsini jismonan rivojlanishi,nutq va tafakkurni o’stirish va ularni maktabga tayyorlash.
c. Umumiy qoidalar
d.Ularni maktabga tayyorlash,aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish,nutq madaniyatini oshirish.

45. MTTda bolalarning rivojlanish xaritasi necha yoshlar oralig’ini qamrab oladi?


a. 0-7
b. 3-7
c.3-6
d.3-5

46. Inklyuziv ta’lim – bu


a.bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta’minlovchi jarayon;
b.bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqlik
c.bolalarda kutilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar ko‘rsatkichi;
d.bolada o‘z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni

47. Bilish kompetensiyasi – bu


a. muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi;
b.bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi;
c.hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati
d. atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.

48. Bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarida qaysi dastur qo’llaniladi?


a.“Ilm yo’li” variativ dasturi
b.“Ilk qadam” dasturi
c.Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim
d.To’gri javob yo’q

49. Bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlariga bolalar necha yoshdan qabul qilinadi ?


a. 5-6 yosh
b. 6-7 yosh
c.3-7 yosh
d.4-6 yosh

50. Yozgi sog'lomlashtirish mavsumi har yili qaysi davrlarni o’z ichiga oladi?


a. 1-iyundan 25-avgustgacha
b.25-maydan 31-avgustgacha
c. 1-iyundan 31-avgustgacha
d.25-maydan 25-avgustgacha


Yüklə 298,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin