O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus (texnikum) professional ta’limning



Yüklə 298,69 Kb.
səhifə63/105
tarix24.12.2022
ölçüsü298,69 Kb.
#121755
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
Ilk qadam toplam

________________ _____________________________
17-Mavzu: MTT namunaviy ta’lim dasturini yaratish
Reja:

  1. Ta`lim dasturida amalga oshiriladigan maqsadlar, muammolarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan faoliyat.

  2. Dasturni ishlab chiqishning asosiy konseptual yondashuvlari tavsifi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi (keyingi o‘rinlarda — davlat o‘quv dasturi) maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalarini belgilab beradi.


Ta’lim tashkiloti davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari quyidagilardan iborat:
kommunikativ kompetensiya — muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi;
o‘yin kompetensiyasi — bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi;
ijtimoiy kompetensiya — hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati;
bilish kompetensiyasi — atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘quv va tarbiyaviy faoliyatini o‘quv yillari bo‘yicha tashkil qiladi. O‘quv yili 2-sentabrda boshlanadi va 31-maygacha davom etadi. 1-iyundan 31-avgustgacha MTTda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) — Maktabgacha ta’lim tashkiloti davlat o‘quv dasturiga asosan muayyan yosh guruhida tashkil etiladigan ta’lim jarayonini amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim hujjat bo‘lib, u qo‘yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlashi lozim.
Dastur — muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil qilish yo‘llarini belgilaydilar.
Dasturning majburiy qismi barcha beshta ta’lim sohasi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish hamda ijodiy rivojlanishni amalga oshirishga kompleks yondashuvni nazarda tutadi.
Dastur tarbiyachi (mutaxassis) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid davlat talablari asosida bolalar rivojlanishining muayyan sharoitlari, ehtiyojlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limning individual pedagogik modelini qanday yaratayotganini ko‘rsatib berishi lozim.
Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi:

Yüklə 298,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin