Faol tashqi siyosat: O‘zbekistonnning jahon hamjamiyatiga tobora integratsiyalashuvi va rivojlanish startegiyasi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng jahon hamjamiyati orasida munosib o‘rin egallashga qarakat qilmoqda. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun imkon bermoqda.
SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Prezidentligiga saylanishi mamlakatning faol tashqi siyosat borasidagi imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Xususan, avvalombor yaqin qo‘shni davlatdlar bilan barcha sohalarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yilishi muhim voqea bo‘ldi. Jumladan, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston kabi davlatlar bilan uzoq yillar mobaynida yopilgan chegaralar ochildi. Mazkur davlatlar aholisining chegaradan bemalol o‘tib qaytishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
O‘zbekiston tashqi siyosatinining asosiy yo‘nalishlaridan biri Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik, barqarorlikni ta’minlashdir. Ayniqsa qo‘shni Afg‘oniston Respublikasida siyosiy barqarorlikka erishish uchun sa’y harakat olib borish, asosiy o‘rinda turadi.
Biz xalqaro hamjamiyatni Afg‘oniston hukumati rahbarligida tinchlik muzokaralarini boshlash zaruratini qo‘llab-quvvatlashga da’vat etdik, dedi Prezidentimiz. SHu munosabat bilan 2018 yilning mart oyida Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkazilgan yuqori darajadagi Toshkent konferensiyasi zamonaviy Afg‘oniston tarixida xalqaro miqyosdagi eng qamrovli anjuman bo‘lganini ta’kidlash lozim. Konferensiya yakuni bo‘yicha qabul qilingan, uning barcha qatnashchilarining yakdil pozitsiyasi ifoda etilgan «Toshkent deklaratsiyasi» Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha o‘ziga xos dastur bo‘ldi. Aynan ushbu konferensiyadan so‘ng Afg‘onistondagi barcha siyosiy kuchlar, jumladan, «Tolibon» harakati ishtirokida muzokaralar jarayonini boshlashga qaratilgan xalqaro harakatlar yanada faollashdi.
O‘zbekiston Afg‘oniston rahbariyati va mamlakatning etakchi siyosiy kuchlari, jumladan «Tolibon» harakati vakillari bilan bir qator muhim muzokaralar o‘tkazdi. Ushbu siyosiy kuchlar afg‘on muammosini hal qilishda O‘zbekiston samarali vositachi bo‘la olishi mumkinligini e’tirof etdi. Biz uchun eng muhim pirovard natija – Afg‘onistonda tinchlik muzokaralarini boshlash va milliy yarashuvga erishishdan iborat.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yalpi majlisi tomonidan muhim bir hujjat – «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» rezolyusiyasi qabul qilindi. Ushbu rezolyusiyani qabul qilish tashabbusi 2017 yil sentyabr oyida Bosh Assambleyaning 72-sessiyasida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan edi. Bizning taklifimizni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan 193 ta davlat keng qo‘llab-quvvatlagani jahon hamjamiyati tomonidan O‘zbekistonning sa’yharakatlariga berilgan yuksak baho va e’tirof sifatida barchamizga katta mamnuniyat va g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi. 2018 yilda jahonning etakchi davlatlari bilan ham o‘zaro manfaatlari aloqalar sezilarli darajada jadallashdi.
Qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning tashriflari va xorijiy davlatlar rahbarlari bilan muzokaralari natijasida Rossiya, Belarus, AQSH, Xitoy, Fransiya va boshqa Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Turkiya, Misr, hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va YAqin SHarq davlatlari bilan strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarildi.
Dostları ilə paylaş: |