O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/95
tarix10.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#128009
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95
Педагогик маҳорат мажмуа 2022 (1)

M.Behbudiy o’qituvchilarga qarata ta'lim-tarbiya ishlarini ijtimoiy hayot, jahon 
miqyosida sodir bo’layotgan voqealar bilan bog’liq holda olib borishni talab etadi. 
Shunday qilib, O'rta Osiyo mutafakkirlari va o'zbek ma'rifatparvarlari o'qituvchi kuchli 
xotiraga, iroda va tafakkurga, aql-zakokatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi, ko'zlangan maqsadni 
amalga oshirish yo'lida jonbozlik, qat'iyatlilik ko'rsatishi, o'quvchilariing ruhiy dunyosiga to'g’ri 
yo'l topa olishi, ularga ta'sir o'tkazishi, vijdonli, samimiy, odobli, nazokatli, ishchan, mas'ul shaxs 
sifatida faoliyat ko'rsatishi zarur ekanligini o'z asarlarida ta'kidlab o'tadilar. 
Sharq mutafakkirlari o'qituvchi o'zi o'qib tursagina - o'qituvchi bo'la oladi, agar o'qishni 
to’xtatib qo'yar ekan, unda o'qituvchilik ham o'ladi, deb haqqoniy aytgandir. 
Bu haqiqatni yoshi qancha bo'lishidan, pedagogik mahoratidan, qanday dars berishidan 
qat'iy nazar barcha o'qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim. 
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha bo’lgan pedagogik fikrlarda o’qituvchi-ustoz, 
shogird va ularning jamiyatdagi o’rni mahorati haqida ko’p fikrlar bayon etilgan. Rim tarixchisi 
va yozuvchisi Svetoning munosabatni ishontirish, muomalada bo’lish uslublari, rim olimi Mark 
Fobiy Kvintilian notiqni tarbiyalashda o’z-o’zini boshqara olish notiqlik va so’zamollik 
mahoratini egallash haqidagi fikrlarini yozib qoldirgan. 
Pedagoglarning professional mahorati va ularning notiqlik san'ati Gresiya va Rim 
filosoflari asarlarida bayon etilgan. Suqrotning ta'lim berish Platon va Deosfenning nutq 
madaniyati va uni egallash texnikasi, Aristotelning notiqlik san'atiga erishish yo’llari va 
ritorikasi, Seseron va Kvintilianning nutq madaniyati haqidagi fikrlari. Sharq mutafikkirlari 
Husayn Vois Kashshofiy, Abu Ali ibn Sino, Burxoniddin Zarnudjiy, Ahmad Yugnakiy, 
Jaloliddin Devoniy, Kaykovus, Yusuf xos Xojib, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, turk olimlari 
Mustafo Xomiy poshsha munosabat, muomala madaniyati va uni egallash mahorati haqida, 
notiqlik san'ati, munosabatga kirishish mahorati haqida va uni egallash haqida o’z 
qo’lyozmalarida fikr bildirganlar. 
Kundalik kuzatib borish shuni ko’rsatadiki, o’qitishning muvaffaqiyati asosan ta'lim 
berayotgan fanga o’quvchilarni qiziqtirishdir. 


O’qituvchi o’z shogirdlaridan doimo, hech bo’lmaganda, bir necha bosh yuqori turishi 
kerak, aks holda bolalar oldida uning obro’si bo’lmaydi, chunki kutilmagan savollarga o’qituvchi 
javob berolmasdan qolishi mumkin. Holbuki, bola sezgir bo’ladi va juda tez fursatda 
o’qituvchining «Mulla»ligi oshkor bo’lib qoladi. 
O’quvchilar oldida yo’qotilgan obro’ni tiklash juda qiyin, hatto ba'zi vaqtlarda mumkin 
ham emas. 
«Yosh avlodning tarbiyasi faxriy va olijanob vazifa bo’lishi bilan birga, ayni paytda u 
g’oyat darajada murakkab va ma'suliyatlidir. Bu vazifani muvaffaqiyat bilan bajarish uchun 
o’qituvchi eng avval o’z ishining shaydosi, tashabbuskori bo’lishi kerak. Shuning uchun 
o’qituvchilikning «sababi ovqat» uchun formal «kasb» qilib olish – juda xavfli bo’lib, hatto yosh 
avlodning tarbiyasi zararlidir. 
Ikkinchi tomondan, ayniqsa, o’qituvchi qanday ma'lumotga, qanday erudisiyaga ega 
bo’lmasin, u o’zining saviyasini pedagogik san'atini rivojlantirish uchun tinmay ishlashi kerak» 
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma'naviy yuksalishini ta'minlovchi ta'lim-tarbiya, 
ma'naviyat va ma'rifat kabi tushunchalar mavjud bo’lib, ular tarbiyashunoslik fanlaridagi 
o’zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda atroflicha o’rganishni taqozo etadi. Bu 
fanlarni o’zlashtirish – ma'naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuch 
bo’lmish inson kamoloti haqidagi g’oyalarni nihoyatda puxta bilishni talab qiladi.
Konfutsiy (er.avv.551-479 y.y.) – xitoylik buyuk mutafakkir. U o’z yurtida ijtimoiy-
siyosiy hayotda faol ishtirok etib axloqiy-siyosiy ta'limotga asos soldi. U ta'limda o’qish va 
fikrlash, o’ylash muhimligini qayta-qayta takrorlagan. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin