Kontaktiy surilish - bir qatlam ustidan ikkinchi qatlam ularning
yotiq tekisl
igi bo’ylab surilishi.
Litosfera
– er sharining ustki (tashqi) qattiq po’sti.
Lava
– otilib magmaning yer yuzasiga chiqqan qismi.
Litog’enezning nival turi – fizik nurash natijasida muzlik
yotqiziqlarining turli-tuman chaqilgan jinslarining qutb
mintaqalarida tarqalishi.
Litog’enezning gumid turi – fizik, kimyoviy va biologik nurash
natijasida chaqilgan,
ko’mirli, gilli, temirli, marganetsli,
fosfotli, kremniyli, karbonatli jinslarning
mo’‘tadil iqlim
sharoitida keng tarqalishi.
Litog’enezning arid turi – fizik nurash natijasida chaqilgan
jinslar, dolomitlar, sulfatlar, xloridlar, turli tuzlar hamda
mo’‘tadil mintaqalar uchun harakterli bo’lgan karbonatli,
kremniyli
va fosfatli jinslarning qurg’oqchil mintaqalarda
keng tarqalishi.
Lyoss
– ko’pincha och-sariq rangli umumiy g’ovakligi 40-55%
bo’lgan oddiy ko’z bilan yaxshi ko’rsa bo’ladigan qiltomir
teshikli, qavat - qavat
bo’lmagan, ohakli, ozmi-ko’pmi
mikrobirikmali, nurash
ta‘sirida tikkasiga yaxlitligicha oson
qulaydigan hamda alohida ustunsimon
bo’laklar va tik
jarliklar hosil
qiladigan bo’shaq tog’ jinsi.
Litorol mintaqa
– dengiz suvi sathining eng baland ko’tarilishi
balandligi bilan suv qaytgandagi eng
past balandlik oralig’i.
Laguna
– sayoz qo’ltiq.
Metamorfik tog’ jinslari – er po’stlog’ining ma‘lum
ch
uqurligida tog’ jinslarning burmalanish harakatlari,
kuchli bosim, yuqori
harorat ta‘sirida o’zgarishidan hosil
bo’ladi.
Magmatik tog’ jinslari - magmaning qotishi natijasida hosil
bo’ladigan tog’ jinslari.
Dostları ilə paylaş: |