loyiqligi asosida yuzaga keladi. Mantiqiylikdan mahrum bo'lgan matn nutqiy muloqot uchun
yarashiqsiz va yaroqsizdir.
Nutqning sofligi
. Har qanday narsaga baho berilganda, avvalo,
uning asligi, boshqa
keraksiz unsurlardan xoliligi, o'z mohiyatiga muvofiq toza tarkibga egaligi kabi me'yorlardan
kelib chiqadi. Soflik sifati nutqni shunday baholash me'yorlaridan hisoblanadi. Aytish lozimki,
nutqning bu kommunikativ sifati adabiy til va nutq Bilan jamiyat munosabatida namoyon
bo'ladi. Shunga ko'ra nutqning sofligi nutqning adabiy til me'yorlariga va jamiyatdagi ma'naviy –
axloq qoidalariga yot bo'lgan unsurlardan xolililigi bilan belgilanuvchi
kommunikativ sifat
tarzida baholash mumkin. Aytish joizki, kishi nutqining sofligi uning ma'naviy-ma'rifiy, lisoniy-
madaniy saviyasini namoyon etadigan ko'rsatkichlardan biridir.
Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiysi sifatida quyidagilarni
alohida ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq:
1) shevaga xos so'z, ibora, grammatik shakllar, urg'u va talaffuz;
2) o'rinsiz qo'llangan chet so'z va so'z birikmalari (varvarizmlar);
3) jargon va argolar;
4) dag'al, haqorat so'z va iboralar (vulgarizmlar);
5) «ishlamaydigan» yoki parazit so'zlar;
6) idoraviy so'z va iboralar (kanselyarizmlar) va sh .k.
Nutq tuzuvchi o'z nutqining sofligi haqida qayg'urar ekan, albatta,
mazkur unsurlarni
qo'llashdan tiyilishi lozim.
Ma'lumki, shevaga xos so'zlar adabiy tilninng leksik me'yorlaridan tashqarida, shuning
uchun ham uning nutqda ishlatilishi soflik sifatining buzilishiga olib keladi. Hatto nutqning
to'g'ri tushunilishiga ham halaqit beradi.
Ayni paytda ta'kidlamoq joizki, badiiy adabiyot tili mutlaqo o'ziga xos nutq uslubi sifatida
shevaga xos so'z va boshqa birliklarning muayyan maqsad bilan qo'llanishiga imkon yaratadi.
Sheva so'zlari va grammatik shakllari, ya'ni dialektizmlar badiiy nutqda
aniq estetik vazifani
ko'zda tutgan holda qo'llaniladi. Ta'kidlash kerakki, dialektizmlarning estetik qimmat kasb etishi
ularning badiiy nutqdagi me'yori, qanday ishlatilishi va aynan qanday turlarining tanlanishi bilan
ham bog'liqdir.
Tabiiyki, turg'unlashgan nutqiy qoliplardan qutulish uchun, avvalo, tafakkurdagi
qoliplardan voz kechish, mustaqil va ijodiy tafakkur malakalarini oshirib borish zarur. Bunga,
ayniqsa, maktabda alohida ahamiyat berilishi kerak. Rasmiy uslubdan boshqa usulublarda
qo'llangan tayyor nutqiy qoliplar o'quvchining ijodiy tafakkur ko'nikmalarining
tarkib topishi,
barqarorlashishiga halaqit beradi. Sof nutqning go'zal namunalari bo'lmish har jihatdan pishiq –
puxta badiiy asarlarni muntazam mutolaa qilib borish o'z samarasini beradi.
Dostları ilə paylaş: