Leksik sinonimiya, graduonimiya haqidagi nazariy qarashlar



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə1/13
tarix13.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#140139
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Leksik sinonimiya, graduonimiya haqidagi nazariy qarashlar

Leksik sinonimiya, graduonimiya haqidagi nazariy qarashlar

Quryozova Amina

Reja :

A

  • Leksik - semantik munosabat.
  • Leksik sinonimiya haqidagi nazariy qarashlar.
  • Leksik graduonimiya haqidagi nazariy qarashlar.

Leksik ma’nolarning guruhlanishi

So'zning semantik tarkibidagi leksik ma'nolar dastlab ikkita katta guruhga — hozirgi leksik ma'nolarga va avvalgi leksik ma'nolarga ajratiladi. Hozirgi leksik ma'no til taraqqiyotining hozirgi bosqichiga, avvalgi leksik ma'nolar esa til taraqqiyotining o'tmishdagi bosqichlariga xosdir. Shuning uchun hozirgi leksik ma'no tavsifiy semasiologiyada, avvalgi leksik ma'nolar esa tarixiy (diaxron) semasiologiyada o'rganiladi.

Leksik semantik munosabat

Leksik birliklar lisonda turli semantik munosabat asosida har xil paradigma hosil qilgan holda mavjud bo'ladi. Sinonimik, antonimik, graduonimik, partonimik, giponimik munosabat ana shunday lisoniy munosabat.

Leksema - til birligining, leksik birlikning nomi. Adabiyotlarda leksemaning mazmun jihati semema deyiladi. Biz semema terminiga boshqacha mundarija birkitish tarafdorimiz.

Leksemanig mazmun jihatida asosiy hodisa - leksik ma'no, shu bilan birga baho semasi ham hisobga olinadi. Demak, leksik ma'no tushunchasi bi-lan semema tushunchasi teng emas.

Leksemanig mazmun jihatida asosiy hodisa - leksik ma'no, shu bilan birga baho semasi ham hisobga olinadi. Demak, leksik ma'no tushunchasi bi-lan semema tushunchasi teng emas.

Bundan tashqari, ko'pma'noli leksemada har bir leksik ma'no o ziga xos leksik kontekstga ega bo'ladi, har bir leksik ma'no grammatik tabiatiga ko’ra ham farqli bo'lishi mumkin. Har bir leksik ma'noning oziga xos xususiyatlari sifatida baho semasida farq qila olishini, sinonimik munosabatga, antonimik munosabatga har bir lek-sik ma'no mustaqil ravishda kirishuvini, yangi leksema har bir leksik ma’no- dan yasalishini ham ta'kidlash lozim (Shu hodisalar bayon qilingan bahslarga qarang).


Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin