3. Nutqiy sinonimlar - nutqning " yoki bu turiga xoslanishi bilan o'zaro farglanadigan sinonimlar. Masalan, ozgina, picha, sal, xiyol, jinday. qittay, jichcha gatoridagi ozgina leksemasi nutqning barcha ko rinishlarida (adabiy nutqda ham. so zlashuv nutqida ham) qo'llana olgani holda, picha, viyol, jinday, qitay, jichcha leksemalari faqat so zlashuv nutqiga xoslangandir.

Kontekstual sinonimiya
Kontekstual sinonimiya — til birligi sifatida o zaro sinonim bo'Imagan leksemalarning ma lum kontekst doirasida (demak. nutq ichida) sinonimik munosabatga kiritilishi. Masalan, chinni va kosa so zlarining leksik ma' nolari bir xil emas: chinni «idish-tovoq, izolatsion materiallar yasash uchun ishlatiladigan oq loy»ni. kosa esa «piyoladan kattaroq idish»ni ataydi. Demak, biri «material»ni. ikkinchisi esa shu materialdan yasalgan «idish»ni anglatadi, shunga ko ra ular sinonim hisoblanmaydi. ammo ayrim shevalarda chinni leksemasi «kosa» ma- nosida ham qo llanadi, binobarin. shu shevaga xos kontekst ichida u kosa leksemasining sinonimiga aylanadi. Masalan. Xoljonbika... xitoyi chinnida moy olib keldi (J.Sh.)
Kontekst doirasida sinonimlashish hodisasi ayniqsa muallif leksema- sining nutqdagi qo llanishida ko'p uchraydi. Ma’lumki, muallif leksemasining sememasi tarkibida «yozuvchi», «shoir», «hikoyanavis», «olim», «ixtirochi» kabi gator semalar mujassamlangan. Demak, uning ma no ko lami ancha keng. Kontekst ichida esa muallif sememasining shu semalaridan biri aktuallashadi, qolganlari reallashmaydi. Masalan, roman, hikoya kabi nasriy asarlar hagida gap ketganda muallif leksemasi faqat «yozuvchi» ma nosida qo'llanadi, demak. yozuvchi leksemasining kontekstual sinonimiga aylanadi. kontekstdan tashqarida esa bu ikki so'z sinonim bo'la olmaydi, chunki ularning ma no ko lami o'zaro teng emas.