Graduonimiya hodisasini o'z vaqtida Alisher Navoiy ham payqagan va uni turkiy (o'zbek) tilining boylik ko'rsatkichlaridan biri sifatida izohlagan edi. U ozining «Muhokamatul-lug'atayn» asarida «yig'lamoq» ma'noli so'zlar guruhini ayni shu darajalanish aspektida talqin giladi: yig 'lamsinmoq- ingramog-singramog-o 'kurmog-hoy-hoy yig'lamoq kabi!. Demak, Alisher Navoiyni shu hodisaning ilk tadqiqotchisi desak bo’ladi.
Keyingi 20-30 yil ichida o'zbek tilshunosligida bu masalaga alohida e'tibor berilmoqda.
Leksemalarning ma'no munosabatlarida darajalanish hodisasining o'rganilishi ko'p jihatdan ahamiyatlidir: lug'at boyligining tizim sifatidagi tavsifini berishda, sinonimlar va antonimlar lug'atini tuzishda, lug'aviy birliklarning uslubiy vosita (stilistik figura) sifatidagi qiymatini belgilashda graduonimik tadqiqotlar natijasidan foydalanish mumkin.

Graduonimiya. Lug'aviy birliklar o'zaro ma'noviy munosabatiga ko'ra ma'lum bir darajalanish gatorini hosil etishi fanga qadimdan ma'lum va uning eng yorgin namunasi - lo'rtal so'zini o'z ichiga olgan so'zlar qatori. Masalan:

[Katta]-[o’rta]-[kichik]
[Yosh]-[o'rta]-[qari]
[ Uzoq]-[o'rta]-[yaqin]
[Baland]-[o’rta]-[past]
[Uzun]-[o’rta]-[qisqa].
Ma'lumki [o’rta] so'zi bilan ifodalangan belgi-xususiyat tom ma'noda o'rtalik, oraliq, ya'ni ikki bir-biriga zid belgi oralig idagi holatni ko'rsatadi. [O’rta] leksemasi antonimlar oraligidan o’rin olsa, (katta o'rta-kichik) darajalanishi kam seziladi. Lekin [o’rta] leksemali biriklarni zid belgi asosida emas, ma'lum bir belgining kamayishi yoki o'sishi asosida idrok etilsa, ma'noviy darajalanish yaqqol anglashiladi.