O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


Munosabatlarni boshqarish uslublari



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/98
tarix24.11.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#133661
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98
Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti

Munosabatlarni boshqarish uslublari: 
1. Avtoritar uslub 
2. Demokratik uslub 
3. Liberal uslub
1.Avtoritar uslub: 
-
o’zi yakka holda guruh faoliyatini yo'nalishini belgilaydi; 
- o’zi ko'rsatma-buyruq beradi; 
- javobgarlikni o'z bo'yniga oladi; 
- so'zsiz bo'ysuninshni talab etadi; 
- qattiq intizomni talab etadi; 
- aytilgan narsani to'liq bajarilishini talab etadi; 
- gap qaytarganni, gap o'rgatganni yoqtirmaydi. Aytgan tashakkuri ham buyruqdek 
chiqadi. So'zlari qattiq va qo'pol. Biron bir masalani tushuntirmaydi, lekin talab etadi;
- muloqotga kirishishning asosiy shakllari: buyruq, ko'rsatma berish, qo'llanma bilan 
ishlash, xayfsan e'lon qilish; 
- muomalada qo'pol, dag’al, do'q-po'pisali majbur etish, qo'rqitish, cho'chitish orqali 
kirishadi; 
- avtoritar uslubning ijobiy tomoni favqulodda vaziyatlar ishlatilishi (yong’inda, suv 
toshqinda). 
Munosabatning bu uslubda boshqarilishi atrofdagilar uchun qiyin yoki og’ir ahvol. 


2. Demokratik uslub: 
- jamoa fikriga tayanib ish olib boradi; 
- jamoa fikrini, tashabbusini ma'qullaydi, rivojlantiradi, boshqalar fikriga hurmat bilan 
qaraydi; 
- boshqalar fikrini o'ziniki qilib oladi; 
- muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos maslahat berish, samimiy muomala. 
3.Liberal uslub: 
- tashabbussiz, jamoa ishiga aralashmaydi, hamma masalalarni yuzaki qarab chiqadi. 
O'zining fikri yo'q, javobgarlikdan o'zini chetlatadi. Ish natijasi bilan qiziqmaydi; 
- bolalarga e'tiborsiz, beg’am qaraydi; 
- o’z ishiga sovuqqon. 
Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda quyidagi munosabat turlari ko'rsatilgan: 
- hamkorlikdagi munosabat; 
- bavosita munosabat; 
- do'stona munosabat; \ 
- nosamimiy munosabat; 
- oraliqdagi munosabat; 
- bekorchi munosabat; 
- qo'rquv orqali munosabat; 
- dialog va monolog. 
Pedagog o'quvchilar oldida nihoyatda odobli xatti-harakatlarni qilishi, noto'g’ri 
harakatlardan saqlanishi lozim, aks holda o'qituvchi hurmati keta boshlaydi. 
Pedagogik nazokat me'yori tuyg’usi o'z o'quvchilari bilan to'g’ri munosabat qoidalariga 
amal qilishdir.
Pedagogik nazokatning asoslari deb, bir qolipdagi fikrlar (barqaror tasavvurlar) ijtimoiy 
yo'l-yo'riqlar va shaxsiy xislatlar jamini aytish mumkin, ular o'qituvchinnng o'quvchilar bilan 
muomalasi sohasidagi xulq-atvorini belgilab beradi. O’qituvchining pedagogik nazokati 
mazmuni va uni namoyon bo'lishi shakllarini belgilab beradigan ayrim ijtimoiy yo'l-yo'riqlarni 
ko'rib chiqamiz. 
O'qituvchi o'z o'quvchilari bilan munosabatlarini (dialog) muloqot tarzida bo'lishini 
tushunishi lozim, ya'ni muhimdir. 
Agarda o'qituvchilarning o'quvchilar bilan munosabatlari ishonch asosida qurilgan bo'lsa, 
bunday muloqot ijobiy bo’ladi. 
Agar bolalar bilan o'qituvchi o'rtasida ishonch munosabatlari o'rnatilgan bo'lsa, ular 
hayotning og’ir damlarida uning huzuriga yordam so'rab keladilar, o'z quvonchlarini baham 
ko'radilar. Pedagogik nazokat me'yorda bo'lgani ijobiy namoyon bo'ladi. Agarda haddan tashqari 
chegaradan chiqib ketsa, zerikishlar paydo bo'ladi, ishonchsizlik yuzaga kela boshlaydi. 
Pedagogda adolat bo'lishi, bolani o'qituvchiga bo'lgan ishonch-muhabbatiga olib keladi. 
Albatta pedagogda vijdon bo'lishi kerak. Pedagog hech qachon o'z fikrini o'quvchilarga 
majburan o'rgatishga va majburan javob olishga harakat qilmasligi kerak, aks holda o'quvchi 
o'qituvchi o'rtasidagi munosabatlar keskinlasha boshlaydi, adolat buziladi. Izzat-nafsni boy 
bermaslik kerak. Pedagogning o'quvchilar bilan bo'ladigan barcha munosabatlari adolatli, 
vijdonan hal qilinishi lozim, tushunmovchiliklar sodir etilgan paytda ularni ijobiy xal etishga 
harakat qilinmog’i zarurdir. 
Bir qolipdagi fikrlar umuman pedagogik faoliyatda va xususan o'quvchilar bilan 
munosabatlar sohasida ijobiy rol o'ynashi mumkin. Ular pedagogning g’ayratini tejaydi, ancha 
tez pedagogik ta'sir etishga yordamlashadi. 
Lekin bir qolipdagi fikrlar ham salbiy holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Masalan: dars 
jarayonida kulgili holat sodir bo'lsa, bu holatga mos kulgili vaziyat qilmasdan, balki unga
jiddiy tus berish, qatiy javob berilsa, vaziyat murakkablashadi, xolos. 
Bunday misollarni ko'plab keltirishimiz mumkin, Bular haqida o'tmish mutafakkirlarimiz 
fikrlarini keltiramiz: 


«O'zga odamning dahlsizligi, nozikligi, hamiyatini ehtiyot qil, odamlarga yomonlik qilma, 
ranjitma, dilini og’ritma, tashvish va notinchlikka yo'l qo'yma»,-degan edi V. A. Suxomlinskiy. 
«Kimki insoniylikni o'zida sinab ko'rmagan ekan, u hech qachon odamlarni chuqur 
bilmaydi». N. G. Chernishevskiy. 
«Birovni erga ursang, u bilan o'zing ham erga urilasan». B.Vashington.
«Sening har bir xulq-atvoring boshqa kishilarga ta'sir etadi, yoningda inson borligini 
unutma». B. A. Suxomlinskny. 
«Kishini erkalash hech qachon ziyon keltirmaydi».
«O'zgalar aybiga tetik nazar sol,
«O’z aybing ko'rgandek, undan ibrat ol». Nizomiy Ganjaviy.
«Yaxshi kishi ko'rmagay yomoshlik hargiz,
Har kimki yomon bo'lsa, jazo topqusidir». Bobur. 
O'qituvchida pedagogik nufuz bo'lishi o'kuvchilarning estetik didini o'stirishga yordam 
beradi. O'qituvchida nazokat bo'lishi, o'quvchilarni bir-biriga sadoqatli, odobli bo'lishga, 
shirinsuxanlikka boshlaydi. Mutafakkirlarning aytishicha, pedagog bolalar va ayniqsa katta 
yoshdagi o'smirlar o'rtasidagi ziddiyatlarga juda ehtiyotkorlik bilan aralashishi lozim. 
Shuningdek ziddiyatlarning shunday sohasi borki, unda pedagoglarning aralashuvi nihoyatda 
cheklanadi. 
Ba'zi bir ziddiyatlarni ham butun bir jamoada muhokama qilish o’z natijasini bermasligi 
mumkin, bunday vaziyatlarda yirik pedagoglar fikri va mulohazalari bilan maslahatlashgan 
holatda amalga oshirilsa foydadan holi bo'lmaydi. O'qituvchilarning muhim ijobiy 
xususiyatlaridan biri dilkashlikdir. An'anaviy dilkashlik yoki odamlarga aralashmaslik shaxsning 
o'ziga xos xususiyatlari deb qaraladi, bu butunlay qonuniy holdir. Leqin bunday yondashuv bir 
tomonlamadir. Dilkashlik odamlarga aralashmaslik shaxsni o'ziga xos xususiyatlari bo'libgina 
qolmay, shu bilan birga odamning u yoki bu vaziyatdagi muayyan xulq-atvori hamdir. Shaxsning 
xususiyati bo'lgan dilkashlikni atrofdagilar bilan barqaror, kuchli rivojlangan aloqalarga intilish 
sifatida ta'riflash mumkin. Bu intilish odamlar bilan tez aloqa o'rnatishni birga qo'shib olib 
boradi. 
Dilkashlik va aralashmaslikni shaxs xususiyatlari sifatida qarab chiqish ekstravert va 
intravert tushunchalari bilan bog’liq ravishda samarali bo'ladi. 
Ekstravert shaxslarga umumiy faolik, osoyishtalik, ta'sirlarga moyillik xosdir. 
Iitrovert shaxslar ichki olamga berilgan, odamlarga aralashmaydigan, o'z-o'zini nazorat 
qilishga, refleksga ichki xavotirlikka moyil bo'ladi. 
Dilkashlik - ko'proq ekstravert tiplariga oiddir. 
Introvert tipiga odamlarga aralashmaydiganlar kiradi. 
Pedagogik vaziyatlar tez-tez o'zgarib turadigan sharoitda o'qituvchining vazifasi ro'y 
bergan vaziyatda tez mo'ljal olib, unga to'g’ri baho bera bilish, zarur tarbiyaviy ahamiyatga ega 
bo'lgan to'g’ri qarorga kelishdan iboratdir. Agar o'qituvchi bolalarining xatti-harakatlarini to'g’ri 
idrok etib, baho bera bilsa, ularni vujudga keltirgan sabablarini chukur ko'ra olsagina, shu bilan 
birga o'zida sabot, o'zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik kabi fe'l-atvor xususiyatlarini 
rivojlantira olsagina, yuqoridagi vazifaga erishishi mumkin. 
Bu pedagogik nazokatga rioya qilishning zarur shartidir. Nazokat me'yor tuyg’usi yoki 
odob qoidalariga rioya qilishni, o'z o'quvchilari bilan tug’ri munosabatga amal qilishni bildiradi. 
Agar o'qituvchi o'quvchilar bilan munosabatlarning ishonch asosiga qurilishiga erishishga yo'l-
yo'riq bo'lsagina bunday muloqot ro'y beradi. Tarbiya tajribasida bunday yo'l-yo'riqni amalga 
oshirish qiyin ishdir, lekin unga butunlay erishish mumkin. Pedagogda bolalar bilan o'zaro 
ishonch va do'stlik munosabatlari vujudga kelgandagina bunga erishish mumkin. Bunga shuning 
uchun ham erishish mumkinki, bolalardagi katta yoshdagi do'stga ega bo'lish va u bilan muomala 
qilishga qat'iy ehtiyoj mavjud bo'ladi.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin