maqsadga muvofiq tashkil etiladigan real, yaxlit pedagogik jarayon.
Pedagogik jarayon -
ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus
tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o‘zaro munosabatlari.
Pedagogik malaka -
muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan
mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.
Pedagogik masala -
pedagogik jarayonning asosiy birligi, o‘ziga xos tizimidir. У воқеликни
билиш ва қайта яратиш зарурияти билан боғлик тафаккур қилинадиган педагогик
вазиятдир. Таълим қатнашчиларининг маълум бир мақсадини кўзлаган таълим ва
тарбиядаги моддийлаштирилган вазиятдир.
Pedagogik texnika – 1)
har bir ta’lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta’sir o‘tkazishning
samarali qo‘llash uchun zarur bo‘lgan malaka va ko’nikmalar majmuasi;
2)
har bir ta’lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jixatdan ta’minlash uchun zarur
bo‘lgan malaka va ko’nikmalar.
Pedagogik tizim -
shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayonni birlashtirgan ta’limning
o‘zaro bog‘langan tashkiliy tuzilmasi
.
Pedagogik faoliyat -
ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning
alohida turi.
Dostları ilə paylaş: