O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti o„zbek tilshunosligi kafedrasi



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/30
tarix31.12.2021
ölçüsü0,84 Mb.
#112074
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
verbal va noverbal muloqot

Assertivlik 

 

O‗z huquqlarini himoya qila oladigan qobiliyatga ega bo‗lganlarga nisbatan assertiv 



degan  nom  qo‗llanadi.  ―Uchlik  prinsipi‖  mavjud  bo‗lib,  u  quyidagicha  talqin  qilinadi: 

mojaroli  vaziyatda  qat‘iy  bo‗ling,  rostgo‗y  va  samimiy  bo‗ling.  Qat‘iyligingiz  raqibingizga 

sizning  ustingizdan  hukmronlik  qilishga  va  qo‗rqitishga  imkon  bermaydi.  Rostgo‗yligingiz 



25 

 

axloq qoidalarini buzishga tortilishingizga yo‗l qo‗ymaydi. Samimiyligingiz opponentlar bilan 



hamkorlik qilishga tayyor ekanligingizdan dalolat beradi

4

.      



 

Ruhshunoslar  mojaroli  vaziyatda  o‗z  qalbingiz  buyurganini  qilishni  maslahat 

berishadi.  Agar  biror  shaxs  nohaqlikdan  xafa  bo‗gan  bo‗lsa,  kayfiyati  buzilgan,  o‗zini 

kamsitilgan xis qilsa, unda zudlik bilan bu haqda aytish kerak. O‗z xissiyotlari haqida rostini 

aytish  ichida  saqlab  yurish  va  to‗g‗ri  kelgan  odamga  zaxrini  sochishdan  ancha  yaxshi.  Bu 

holda  stolni  mushtlab  urish  yoki  xafa  qilganni  yoqasidan  olish  shart  emas,  faqatgina  unga 

qarab: ―Menga bu yoqmadi‖ deyish kifoya va bu nafratni ancha pasaytiradi

5



 

Agressiv,  ayblovchi  taktika  muammolarni  hal  qilib  bera  olmaydi,  aksincha,  bu  

insonlarning himoyalanishi va o‗z fikrida qat‘iy turib olishiga majbur qiladi. Bunday hollarda 

raqibning (yoki opponent) shaxsiy xususiyatlari haqida emas, o‗z hissiyotlari haqida gapirish 

tavsiya qilinadi. 

 

Masalan  ona  o‗z  o‗g‗liga:  ―Qizg‗anchiq,  nima  uchun  sen  hech  ukangga 



o‗yinchoqlaringni  bermaysan?‖–degandan  ko‗ra:  ―Men  ukang  bilan  o‗yinchoqlaringni  birga 

o‗ynamaganingdan  xafaman‖,–desa,  yaxshiroq  bo‗ladi  va  bola  o‗z  onasini  ranjitmaslikka 

harakat  qiladi.  Sodir  etilgan  ko‗ngilsizlikda  o‗z  ichki  kechinmalar  bilan  o‗rtoqlashgandan 

so‗ng,  uni  hal  qilish  mumkin  bo‗lgan  o‗ylni  tavsiya  qilish  mumkin.  Demak,  ona:  ―O‗g‗lim, 

agar sen ukangga o‗zingni moshinangni berib tursang, u senga o‗zining filchasini o‗ynashga 

beradi‖ deb tushuntirsa, to‗g‗ri bo‗ladi. 




Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin