Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


VI BOB. SIRT-FAOL MODDALAR. MIKROGETEROGEN SISTEMALAR



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

VI BOB. SIRT-FAOL MODDALAR. MIKROGETEROGEN SISTEMALAR. 
17-§. SIRT-FAOL MODDALAR. 
17.1-§. Sirt-faol moddalar va ularning turlari. 
Sirt-faol moddalarning umumiy xarakteristikasi. 
Suyuqlik sirtida 
boʻladigan adsorbsiyalar musbat va manfiy adsorbsiyalarga boʻlinadi. Masalan, 
suvga organik kislota yoki spirt (aldegid, keton, murakkab efir, oqsil va hokazolar) 
aralashtirilsa, bu moddalar suvning sirt qavatida koʻp yigʻilib qolib, suvning sirt 
tarangligini ancha kamaytiradi. Bu hodisa 
musbat adsorbsiya
deyiladi.
Lekin, shunday moddalar borki, ular suv sirtiga tushib qolsa, suvning sirt 
tarangligini oshirib yuboradi, bular qatoriga osh tuzi va boshqa elektrolitlar kiradi. 
Bu yerda boʻladigan hodisa 
manfiy adsorbsiya
deyiladi. Suyuqlikning sirt 
tarangligini kamaytiruvchi moddalar 
sirt-faol moddalar
, suyuqlikning sirt 
tarangligini koʻpaytiruvchi moddalar esa 
sirt-nofaol moddalar
deb ataladi. Sirt-faol 
moddalarning sirt tarangligi qiymati suyuqlikning sirt tarangligi qiymatidan kichik 
boʻladi.
Sirt-faol va sirt-nofaol moddalardan tashqari shunday moddalar ham borki
ular suyuqlikka qoʻshilsa suyuqlikning sirt tarangligi oʻzgarmaydi. Bunday 
moddalar 
sirt befarq moddalar
deyiladi. Bular qatoriga disaxarid va polisaxaridlar 
kiradi.
Keng ma‘noda qaraganda barcha organik moddalarni ham sirt-faol moddalar 
jumlasiga kiritishga toʻgʻri keladi, chunki har qanday organik moddani olmaylik
uning sirt tarangligi suvning sirt tarangligidan kichik, u suvga nisbatan sirt-faollik 
koʻrsatadi. Lekin qattiq jismlarning sirt tarangligi suyuqliknikidan ancha katta, 
demak suv qattiq moddaga nisbatan sirt-faollik namoyon qilishi kerak. Bundan 


180 
koʻramizki, fazalar chegarasining xarakteriga qarab, suv ba‘zan sirt-nofaol, ba‘zan 
sirt-faol modda boʻlishi mumkin.
Umuman olganda, eritmalarning sirt tarangligini kamaytiruvchi mоddalar sirt-
faol mоddalar (SFM) deb nоm оldi. Avval ta‘kidlaganimizdek Gibbs taklif qilgan 
tenglamada:
dC
d
RT
С
G



dagi «
dC
d

» ni Rebinder 
―sirt-faollik‖
deb atagan edi. Bu tenglamadagi G-
moddaning sirtdagi konsentratsiyasi uning hajmiy konsentratsiyasidan qancha ortiq 
ekanligini koʻrsatadi va u 
―ortiqcha miqdor‖
yoki 
―Gibbs adsorbsiyasi‖
deyiladi, 
C - moddaning hajmiy konsentratsiyasi.
Sirt-faollik 
dC
d

ni biz grafik usuli bilan aniqlashimiz mumkin. Buning uchun 
grafik chizib absissalar oʻqiga konsentratsiya ―C‖ ni, ordinatalar oʻqiga sirt 
taranglik ―

―ning qiymatlarini qoʻyib, (

- C) bogʻliqlik diagrammasi tuziladi. 


C chizigʻiga izotermaning boshlanishidan urinma oʻtkazilib uni ordinata chizigʻi 
bilan kesishguncha davom ettiriladi. Kesishgan joydagi urinma bilan ordinatalar 
chizigʻining orasidagi burchakning tangensi olinadi. 


tg
dC
d
G









Bu yerda, G - sirt faollik. Manfiy 

boʻlgan moddalar uchun G-musbat 
qiymatga ega boʻladi. Agar 

musbat boʻlsa, modda sirt-nofaol hisoblanadi 
(90-rasm).


181 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin