89
VIII. YUQORIGA YUK KOʻTARISH VA TASHISH
ISHLARIDA XAVFSIZLIK SHARTLARI
8. 1. Yuklarni qoʻlda tashish
Yuklarni qoʻlda tashish ishlarini bajarish, uzunligi 50 m va
yuqorigi balandligi 3 m gacha boʻlgan
masofalargagina ruxsat
etiladi. Bunda koʻtarilishi mumkin boʻlgan yukning maksimal
qiymati quyidagilardir: bologʻat yoshiga yetmagan qizlar uchun
(16 dan 18 yoshgacha) – 7 kg; balogʻat yoshiga yetmagan oʻgʻil
bolalar uchun (16 dan 18 yoshgacha) – 13 kg; 18 yoshdan katta
ayollar uchun – 9 kg; 18 yoshdan katta erkaklar uchun – 30 kg.
(San PiN №0049-96).
Ayollarga, ikki kishiga, zambilning ogʻirligi bilan qoʻshib
hisoblaganda, 22 kg dan ogʻir boʻlmagan yuk koʻtarishga ruxsat
beriladi. Boshqa barcha hollarda yuk koʻtarish, tushirish va tashish
ishlari mexanizatsiyalashtirishi kerak. (San PiN №0051-96).
Tashilayotgan yukning xavfli-xavfsizligiga qarab, sharoitga
mos ravishda himoya vositalari ishlatiladi.
8. 2. Yuk koʻtarish va tashishda qoʻllanadigan mexanizmlar
AT korxonalarida yuklarni tashish va yuqoriga koʻtarish
uchun koʻpgina mashina va mexanizmlar ishlatiladi. Tashuvchi
mexanizmlar asosan gorizantal yoʻnalishda harakatlanadilar.
Davriy ravishda ishlaydiganlarga esa avtomobillar, avto va
elektrogruzchiklar, temir yoʻl vagonlari va hokazolar kiradi.
Yuqoriga yuk koʻtaruvchi uskunalarga koʻprik kranlari,
avtomobillarga oʻrnatilgan tal va boshqalar kiradi.
Yuk koʻtarish va tashish uskuna va mashinalari “Davlat kon
texnik nazorat” agentligi
tomonidan rasmiylashtirilgach, texnik
koʻrikdan oʻtgandan soʻng ishlatilishi mumkin. Texnik koʻrik
90
toʻliq-har uch yilda bir marta va qisman-har 12 oyda bir marta
oʻtkazilishi mumkin.
Toʻliq texnik koʻrikda yuk koʻtarish mashinalari yaxshilab
qarab
chiqiladi, statik va dinamik sinovlardan oʻtkaziladi. Qis-
man texnik koʻrikda esa statik va dinamik sinov oʻtkazilmaydi.
Koʻrik paytida barcha mexanizm va elektr asboblari, xavf-
sizlik asboblari, tormozlar,
boshqarish apparatlari, signal beruv-
chi va yorituvchi asboblar ishlab turgan holda tekshirib chiqiladi.
Statik sinov mashinaning yuk koʻtarish qobiliyatidan 25
foiz koʻp yuk ortilgan holatda oʻtkaziladi. Bunda yuk yerdan 20-
30 sm. yuqoriga koʻtarilib, 10 minut davomida ushlab turiladi va
shundan soʻng qoldiq deformatsiyalar bor yoki yoʻqligi tekshirib
chiqiladi. Dinamik sinov mashinaning yuk koʻtarish qobiliyati-
dan 10 foiz koʻp yuk ortilgan holatda bir necha marta koʻtarib va
tushirib bajariladi.
Mashinalarning bevosita yuk koʻtaruvchi moslamalari
(stropalar, trosslar,
zanjirlar, qisqichlar, ilgaklar va boshqalar)
foydalanishga tushirilishidan oldin va har galgi sozlashdan soʻng
sinovdan oʻtkazilishi kerak. Sinov me’yordagi yuk koʻtara olish
qobiliyatidan 25 foiz koʻp yuk ortilgan holda bajariladi.
Poʻlat arqonlar (trosslar) oʻramning har qadamidagi uzilgan
simlar soniga va zanglash sababli diametrining kamayganligiga
qarab, me’yorga solishtirib, ishga yaroqliligi
yoki yaroqsizligi
aniqlanadi.
Poʻlat arqon yoki zanjirlarni oddiy sinalmagan simlar bilan
ulab uzaytirish mumkin emas. Yerdan biroz koʻtarilgan yuklarni
tagiga kirib stropalarni oʻtkazish mumkin emas, ularni yoʻgʻon
sim yoki ilgak bilan bajarish kerak. Sinov muddati tugamagan
stropalardan foydalanish kerak. Yuk notoʻgʻri osilgan vaqtda
stropalarni bolgʻa yoki misrang bilan urib toʻgʻrilash
mumkin
emas. Buning uchun yukni yerga tushirib, qaytadan ilgaklarni
toʻgʻrilab ilish kerak. Yukning usti toza boʻlmasa, tuproq,
shagʻal ostida boʻlsa, yoki ustida boshqa narsalar boʻlsa uni
91
koʻtarish mumkin emas. Tanaffus vaqtida yoki ish tugagandan
soʻng yukni yerdan koʻtarilgan holda qoldirib ketish qat’iyan
man qilinadi.
Dostları ilə paylaş: