O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


 4. Maxsus korjoma va poyafzallarga qoʻyiladigan talablar



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

 
6. 4. Maxsus korjoma va poyafzallarga qoʻyiladigan talablar 
 
Maxsus korjoma ishlovchilarni tashqi muhitning salbiy 
ta’siridan saqlashga moʻljallanadi. Bunda kishi tanasining havo 
almashish funksiyasi buzilmasligi kerak.


80 
U shunday bichiladiki, unda odam oʻzini qulay his qilishi va 
ish sharoitida xavfsiz boʻlishi kerak; u kishini erkin harakatiga 
toʻsqinlik qilmasligi va aylanib turuvchi qismlarga oʻralab 
ketishi mumkin boʻlgan osilib yoki chiqib turuvchi qismlari 
boʻlmasligi kerak. Maxsus korjomalar pishiq, yengil tozalana-
digan va badanni qichitmaydigan matolardan tikiladi.
AT korxonalarida ish sharoitlariga mos holda tanlangan 
maxsus korjomalar beriladi.
Changli sharoitda ishlovchi ishchilarga paxta ipidan toʻqil-
gan satin xalatlar, oʻta changli xonalarda ishlovchilar chang oʻt-
kazmaydigan matodan toʻqilgan kombinzonlar bilan ta’minlana-
di. Harakatlanib turuvchi mexanizmlar yaqinida turib ishlovchi-
larga (operatorlar, moylovchilar, ta’mirchi chilangarlar va sh. oʻ. 
) paxta ipidan toʻqilgan belbogʻsiz ichki choʻntakli kombinzonlar 
beriladi. Qoʻllarni jarohatlashdan saqlash maqsadida ishchilar 
qoʻlqop bilan ta’minlanadi. Sochni harakatdagi mexanizlar oʻrab 
ketmasligi uchun ayollar uchburchak roʻmol oʻrashlari, erkaklar 
beretka kiyishlari kerak.
Pardozlash fabrikalarining kislota bilan ishlaydigan 
ishchilari dagʻal jundan yoki paxta ipidan toʻqilgan kislota 
ta’siriga qarshi modda shimdirilgan matolardan toʻqilgan shim 
va kurtkalar bilan ta’minlanadilar. Shu maqsadda dagʻal jun va 
xlorin tolasi aralashmasidan toʻqilgan kislota ta’siriga chidamli 
movutdan maxsus korjomalar tikiladi.
Hozirgi paytda kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli 
sintetik tolalar (lavsan, kapron) va jun tolalari bilan aralashtirilib 
yoki faqat sintetik tolalardan toʻqilgan matolar keng qoʻllaniladi.
Kislota bilan bevosita ishlovchilarga rezina shimdirilgan 
koʻkrak fartuklari, qoʻllariga kiyish uchun dagʻal jun qoʻlqop 
beriladi. Ishqor bilan ishlovchilarga paxta ipidan yoki brezentdan 
tikilgan kostyum va koʻkrak fartuklari beriladi. Shuni aytish 
kerakki, ishqorlar jundan toʻqilgan matolarni yengil parchalaydi, 
shuning uchun ularni ishqor bilan ishlashda qoʻllab boʻlmaydi.


81 
Oʻta nam xonalarda ishlovchi ishchilarga paxta tolasidan 
toʻqilgan va namiqmaydigan (suvni oʻziga tortmaydigan) 
kostyum va koʻkrak fartuklari beriladi, qoʻlga kiyish uchun 
rezina qoʻlqoplar beriladi.
Maxsus poyafzal ishchining oyoqlarini har xil zararli 
modda va xavflardan saqlashga moʻljallangan. Ishlab chiqarish-
dagi zararliklarning harakteriga moslab shaxsiy himoya vositalar 
tikiladi va materiali tanlanadi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin