79
- koʻzni himoya qilish vositalari (himoya koʻzoynaklari);
- eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari (naushniklar,
quloq tiqinlari, antifon, berushi va h. k);
- ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik gilam-
chalar, qoʻl changaklari, manipulyatorlar, tizzani, tirsakni va yel-
kani ehtiyot qilish moslamalari);
- himoyalovchi dermotologik vositalar (yuviladigan pasta-
lar, kremlar, moylar).
Shaxsiy himoya vositlari bilan ta’minlash ularni oʻz vaqtida
almashtirish, ta’mirlash va ularni oʻz vazifalari boʻyicha ishlatish
yuzasidan korxona ma’muriyatiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
1. Ishchi va xizmatchilarga ShHVlarni berish boʻyicha
nazorat va hisobot ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytida
toʻgʻri foydalanishni, buzilgan, ifloslangan hollarda esa ularni
qoʻllashni ta’qiqlashni qat’iy nazorat qilish.
2. ShHVlarni belgilangan muddatlarda muntazam ravishda
sinovdan oʻtkazishi, ularning sozligini tekshirib turish hamda
ularning himoya xossalari pasaygan filtrlari, oynalari va boshqa
qismlarini oʻz vaqtida almashtirish va tekshirilgan vositalarga
kelgusi sinov muddati haqida tamgʻa qoʻyish.
3. Tozalash, yuvish, ta’mirlash, degazatsiyalash, dezaktivat-
siyalash, zararsizlantirish va changsizlantirish ishlarini oʻz
vaqtida amalga oshirish, ishchi va xizmatchilarni shaxsiy himoya
vositalari bilan oʻz vaqtida ta’minlash korxona ma’muriyatiga,
nazorat qilish esa kasaba uyushmasi qoʻmitasiga yuklatiladi.
Dostları ilə paylaş: