O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


Manbaning shovqin chiqarishini kamaytirish



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

Manbaning shovqin chiqarishini kamaytirish.
Manbaning shovqin chiqarishini kamaytirish usuli eng 
radikal usullardan hisoblanadi, u shovqinni keskin kamaytirish 
imkonini beradi. Bu shovqinli mashinaning konstruksiyasini 
yoki texnologik jarayonni oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi. 
Masalan, mashina va uskunalardagi zarbali harakatlarni zarbasiz 


70 
harakatlarga almashtirish, agregatlarning kichik tebranishli 
kinematik sxemalarini yaratish va h. k.
Manbadagi shovqinni pasaytirishda eng qulay usullardan 
biri detallarning titrashini kamaytirishdir. Buning uchun, 
metallardan yasalgan detallarni ichki ishqalanish koeffitsiyenti 
katta boʻlgan materiallar (rezina, bitum, bitumlashtirilgan kigiz, 
karton) bilan qoplanadi.
Plastmassadan yasalgan shesternyalarni qoʻllash va shester-
nyalar yuzasini rezina bilan qoplash shovqinni sezilarli darajada 
pasaytiradi.
Shovqinni ixotalash. Shovqinni manbada ixotalash, uni 
pasaytirishning ta’sirchan tadbirlaridan biridir. Hozirgi paytda 
ixotalashning texnik darajasi shovqinni 20-40 dB kamaytirish 
imkonini beradi. Shovqinni ixotalovchi vositalarga kabinalar, 
toʻsiqlar va himoya qobiqlari hamda mashina va mexanizmlarni 
yerga oʻrnatish joylariga rezina qistirmalar, poʻkak va poʻlat 
prujinalar orqali oʻrnatish misol boʻlishi mumkin.
Masalan, qalinligi 40 mm li namat va rezina – namat 
qistirmalar ishlatilganda shovqin 1-2 dB , yuqori chastotalarda 
esa 5-7 dB ga kamayadi.
Mashina va uning ayrim qismlarini qobiqlar bilan berkitish 
shovqinni kamaytiradi. Bularning samaradorligini oshirish maq-
sadida qobiqlar ichi tovush yutuvchi materiallar bilan qoplanadi. 
Bunda mashina va mexanizmlarning harakatidan qobiqlarning 
oʻzi titrab, shovqin chiqarmasligiga erishish kerak.
Qobiqning shovqinni kamaytirish samaradorligini quyidagi 
formula bilan aniqlanadi:
А = 𝐺 + 𝛿 (6. 4)
bu yerda:G – yutilish hisobiga shovqinning kamayishi, dB; 

- ixotalash hisobiga shoqinning kamaytishi, dB;
Yutilish hisobiga shovqinning kamayishi tovush yutuvchi 
materialning zichligiga bogʻliq boʻlib, uni quyidagi formulalar 
orqali hisoblanadi:


71 
𝐺 = 13,51 ⋅ 𝑙𝑔 Р + 13
, dB;
Р < 200
kg/m
3
boʻlganda. (6. 5) 
bu yerda:R – tovush yutuvchi materialning zichligi, kg/m
3
.
Tovushni ixotalash hisobiga shovqinning kamayishi esa 
quyidagi formula orqali hisoblanadi:
𝛿 = 10 𝑙𝑔
𝑆
2
⋅𝛼
2
𝑆
1
⋅𝛼
1
, 𝑔Б, dB; (6. 6), 
(texnik namat uchun 
 1 
= 0,01);

2
- tovushni yutilish koeffitsiyenti (bu qoplamaning mate-
rialiga bogʻliqdir, texnik namat uchun 


= 0,3).

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin