5. 3. Yorugʻlikni me’yorlashtirish
Ma’lumki tabiiy yorugʻlik bilan tsehlarni yoritganda ular
katta chegarada oʻzgaradi. Bu oʻzgarishlar, meteorologik sharoit-
lar, yilning fasli va boshqa bir qancha omillarga bogʻliqdir. Shu-
ning uchun sexlarda tabiiy yorugʻlikni yoritilganlikning miqdo-
riy jihatidan me’yorlashtirib boʻlmaydi.
58
ATK sexlaridagi tabiiy yorugʻlikni hisoblashda va me’yor-
lashtirishda tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti (TYoK) qabul
qilingan. Bu kattalik bir paytda oʻlchangan xona ichidagi yoritil-
ganlik (Yei)ning tashqaridagi (Ye
m
) yoritilganlikka nisbati bilan
xarakterlanadi, yoki
Т𝑌𝑜𝐾 =
Е
и
Е
𝑚
100% (5. 1)
Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti derazalarning oʻlcham-
lari, oyna turlari, ularning ifloslanishi hamda yorugʻlik oʻtkazish
qobiliyatiga bogʻliqdir. Har bir sex uchun xonaning nurtexnik
sifatini xarakterlaydigan tabiiy yoritilganlik koeffitsiyentining
yuza boʻylab oʻzgarish grafigi chiziladi. Sex yon tomonidan
yoritilganda TYoK ning minimal miqdori, yuqoridan va kombi-
natsiyalashgan yorugʻlik qoʻllanganda esa uning oʻrta miqdori
me’yorlashtiriladi. Bu esa oʻz navbatida bir xil ish sharoitida
TYoK ning minimal qiymatidan kam boʻlmasligi kerak.
5. 4. Sun’iy yorugʻlik
Hozirgi paytda sun’iy yorugʻlik asosan ikki xil lampalar –
choʻgʻlanma va lyuminessent lampalar orqali amalga oshiriladi.
Choʻgʻlanma lampalarning foydali ish koeffitsiyenti kichik,
(3-7%) ularga keladigan energiyaning juda ozgina qismi yo-
rugʻlikka, asosiy qismi esa issiqlik energiyasiga aylanadi. Bu
lampalar spektri quyosh spektridan keskin farq qiluvchi yo-
rugʻlik beradilar, shuning uchun bu lampalar ishlatilgan yerlarda
kishining ranglarni idrok qilish qobiliyati susayadi. Lekin bu
lampalar tuzilishining oddiyligi, hohlagan quvvatda ishlab
chiqarish mumkinligi, bosimning va namlikning juda katta
diapazonida ishlatilishi mumkinligi sababli ham keng miqyosda
qoʻllanmoqda. Bu lampalarni yordamchi sexlarda, fonarsiz bino-
59
larning texnik etajlarida, ventilyatsiya kameralarida va konden-
sionerlar joylashgan xonalarda qoʻllash maqsadga muvofiqdir.
Lyuminessent lampalar tabiiy yorugʻlik spektriga yaqin spektrda
yorugʻlik tarqatadilar. Bu ishchilarni kamroq toliqtiradi, rang-
larni idrok qilish qobiliyati ortadi. Bu lampalar elektr energiyasi-
ni tejashda ancha avzaldir va choʻgʻlanma lampalarga qaraganda
yorugʻlik chiqaruvchi yuzalari katta boʻlgani uchun koʻzni
qamashtirish qobiliyati kamdir. Lyuminessent lampalar past va
yuqori bosimli qilib tayyorlanadi.
Lyuminessent lampalar kamchiliklardan xoli emasdir.
Yorugʻlik oqimining pulsatsiyali tarqalishi lyuminessent
lampalarning kamchiligidir. Bu, birinchidan ishchilarning fizio-
logiyasiga salbiy ta’sir qilsa, ikkinchidan, stroboskopik samara
paydo qiladi. Bu shunday hodisaki, mashina va dastgohlarning
harakatdagi qismlari toʻxtab turgan, sekin aylanayotgan yoki
notoʻgʻri harakat qilayotgan boʻlib tuyuladi. Bu esa qoʻshimcha
xavf-xatar tugʻdiradi. Bundan tashqari radio toʻsiqlar paydo qila-
di, ya’ni tovushni tiniq eshitilishiga halal beradi va ayrim payt-
larda shovqin chiqarib ishlaydi.
Ma’lumki, sexlarda yorugʻlikni toʻgʻri taqsimlashda qandil-
larning ahamiyati katta. Ularni afzalliklaridan biri shundaki,
ishlovchilarning koʻziga lampalardan chiqayotgan nurlarni toʻgʻ-
ridan-toʻgʻri tushishdan saqlaydi. Koʻzga nur toʻgʻridan-toʻgʻri
tushganda koʻz qamashib, ravshanlik katta boʻlganda ma’lum
vaqtgacha koʻz oldi qorongʻilashib obyektlar yomon koʻrinadi
yoki koʻrinmay qoladi. Yorugʻlik manbalarining koʻzni qamash-
tirish xususiyatini kamaytirishi qandillarning himoya burchagiga
bogʻliqdir. Himoya burchagi (5. 1-rasm) bu qandilning pastki
qirrasining gorizantal chizigʻi bilan lampaning qizdirish
chizigʻidan qarama-qarshi tomonga oʻtkazilgan nur orasidagi
burchakdur.
60
5. 1-rasm. Qandilning himoya burchagi.
a-choʻgʻlanma lampalarda, b-lyuminetsent lampalarda.
Bu burchak odatda quyidagi formula boʻyicha hisoblanib
,
d
h
tg
=
choʻgʻlanma lampa uchun α=30
0
, lyuminetsent lampalari
uchun α=15
0
olinadi.
Konstruksiyasi boʻyicha qandillar ochiq, himoyalangan, yo-
piq, chang oʻtkazmaydigan, namlik oʻtkazmaydigan, portlash
xavfidan himoyalangan turlarga boʻlinadi (5. 2-rasm).
5. 2-rasm. Qandillarning turlari.
1-ochiq qandillar, 2-yopiq qandillar, 3-portlash xavfidan
himoyalangan qandillar.
Qandillarning maxsus turlaridan biri hisoblangan tirqishli
svetovodlar alohida e’tiborga loyiqdirlar. Bular portlash xavfi
bor korxonalarda ishlatiladi. Zero, AT korxonalari sexlarida ham
qoʻllash foydadan holi emas.
61
5. 3-rasm. Tirqishli qandillarning sxemasi.
1-sex; 2-dastgox yoki mashinalar; 3-svetovod qanali; 4-yorugʻlik
manbalari; 5-alohida xona: 6-zar; 7-tirqish.
5. 3-rasmda tirqishli nur bergichning sxemasi berilgan.
Yorugʻlik manbalari 4, optik sistema bilan birgalikda sexdan
tashqari alohida xona 5 da joylashgan boʻlib, undan yorugʻlik
nurlari beriladigan va nurlarni yaxshi oʻtkazadigan elastik plenka
svetovod kanali 3 ga yoʻnaltiriladi. Uning ichki yuzasi alyumin
folgasi (zar) bilan qoplangandir. Qaytgan nurlar tirqish 7 orqali
sex 1 ga yoʻnaltirilib dastgox yoki mashinalar 2 ni va ish joy-
larini yoritadi. Sexdagi yorugʻlikni yaxshilash uchun svetovod
kanalining uzunligini, diametrini va formasini oʻzgartirish imko-
niyati mavjud. Bu svetovodlarni qoʻllash, lampalarni oʻz vaqtida
almashtirib turish, yoritish sistemalarini muntazam nazorat
qilish, elektr toki va yuqorida ishlash singari xavf-xatarlardan
saqlaydi. Bu svetovodlarning yana bir afzal tomoni shundaki,
yorugʻlik oqimining bir tekis taqsimlanishi bilan birga sexda
yoritilganlikning yuqori darajasiga erishish mumkin.
Yoritilganlikni oʻlchash, asosan, obyektiv lyuksmetrlar
yordamida (Yu-16, Yu-116, Yu-117) bajariladi. Bularni ishlash
prinsipi fototokni oʻlchashga asoslangan (5. 4-rasm). Hozirgi
paytja yangi NT307 (Italiya) va HioKi (Yaponiya) raqamli
lyuksmetrlar ishlab chiqarilmoqda.
62
5. 4-rasm. Luksmetr Yu-16 1-o‘lchov asbobi, 2-selenli
fotoelement.
Tok yorugʻlik oqimiga sezgir boʻlgan selenli fotoelementning
qatlami hamda u bilan tutashgan galvanometr orasida paydo boʻ-
ladi. Galvanometr strelkasining ogʻishi fotoelementning yoritil-
ganligiga proporsianaldir. Bu ogʻish lyukslarda darajalangandir.
Dostları ilə paylaş: |