O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

Shinalarni ta’mirlash boʻlimi. Ish olib boriladigan xonada 
rezina elim ishlab chiqarish, rezinani elim bilan qoplash, materi-
allarni quritish, shikastlangan shinalar va kameralarni ta’mirlash 
hamda yamash joylarida mexanik shamollatish ventilyatsiyasini 
ta’minlash kerak. Ventilyatorlar xonadan tashqarida ochiq havo-
da joylashgan boʻlishi kerak. Xonalardan havoni cniqarish ma-
halliy shamollatish bilan ta’minlanishi kerak. Mahalliy sha-
mollatishda havo mahsulotlarni yopishtirish dastgohlaridan va 
elim bilan qoplangan materiallarni quritish shkaflaridan soʻrilishi 
kerak. Ventilyatorlar portlashdan himoyalangan boʻlishi kerak. 
Beruvchi shamollatish xonaning yuqori qismiga soʻrilishni qop-
laydigan hajmda havo yetkazib berishni ta’minlashi kerak.
Temirchilik-ressor boʻlinmasi umumiy almashinuv va 
mahalliy ventilyatsiyaga ega boʻlishi kerak. Mahalliy shamol-
latish temirchilik oʻchogʻi va vannalardan, toblash pechlaridan, 


53 
poʻlatni yumshatish joylaridan havoni soʻrish orqali amalga 
oshiriladi. Xonaning yuqori zonasidan chiqadigan havo soatiga 
xonaning hajmidan kamida uch barobar koʻp boʻlishi kerak.
Payvandlash (svarkalash) boʻlimi bir xil havo soʻriladigan 
mahalliy shamollatish panellari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. 
Havo ta’minoti shamollatishni taminlaydigan hajmda past chi-
qish tezligi bilan ta’minlanishi kerak.
Mislash boʻlimi. Radiatorlarni qurumdan tozalash havoni 
soʻrish shkafda amalga oshirilishi kerak. Radiatorlarni ta’mirlash 
uchun dastgohlardan mahalliy shamollatish havo tezligi 2 m/s 
boʻlgan yagona shamollatisha paneli shaklida ta’minlanishi 
kerak. Xonadan soʻrilayotgan havo berilayotgan havo hajmiga 
mos kelishi kerak.
Boyash boʻlimi. Boʻyovchi purkagich yordamida boʻyash 
ishlarida portlashdan himoyalangan ventilyator bilan alohida 
shamollatish tizimlarini ta’minlash kerak. Avtomobil agregatlari 
havoni tozalash ventilyatsiyasi bilan jihozlangan purkagich 
kameralarida boʻyalishi kerak.
Ishlab chiqarish hududida joylashgan maxsus quritish 
kameralarida avtomobillarning yangi boʻyalgan kuzovlari va 
kabinalari quritilganda, bu kameralar ventilyatsiya tizimi bilan 
ta’minlanishi kerak.
Boʻyoqlarni tayyorlash stolidan havo tezligi 2 m/s boʻlgan 
bir xil soʻruvchi mahalliy shamollatish tizimi boʻlishi kerak. 
Boʻyash xonasiga havo oqimi yuqori zonadan ta’minlanadi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin