56
Ma’lumki, tabiiy yorugʻlik manbai quyoshdir. Sun’iy yo-
rugʻlik manbai esa elektr energiyasi boʻlib, u choʻgʻlanma va
lyuminessent lampalar orqali amalga oshiriladi. Tabiiy yorugʻlik
binoning yon tomonidan (derazalar), yuqoridan (bunda yorugʻlik
shedlar yoki zenit fonarlari orqali) va kombinatsiyalashtirilgan,
ya’ni ham yon tarafdagi derazalar
orqali hamda yuqoridan
tushgan yorugʻlik orqali yoritiladi. Sexlar kunduz kuni odamga
yoqimli va foydali boʻlgan tabiiy yorugʻlik bilan yoritilishiga
alohida ahamiyat berish kerak.
Korxonalarda
ish ikki, uch smenali yoki sexlarning
oʻlchamlari katta boʻlganda AT korxonalariga xos sun’iy yoritish
qoʻllanadi, chunki bunday katta sexlarda tabiiy yorugʻlik bilan
butun sex boʻyicha yetarli va bir tekis yoritilishni ta’minlash
mumkin emas.
Sun’iy yorugʻlik umumiy (butun sex boʻyicha),
mahalliy
yorugʻlik esa faqat ish joylarida, aralash yoki umumiy yorugʻlik
bilan mahalliy yorugʻlik birgalikda qoʻllaniladi. Shuni ta’kidlash
kerakki, mahalliy yorugʻlik alohida, yakka oʻzi hech mahal
qoʻllanilmaydi.
Agarda bir xil yorugʻlik oqimi beruvchi lampalar sex bazasi
boʻyicha bir tekis oʻrnatilgan boʻlsa, buni teng taqsimlangan
umumiy yorugʻlik deyiladi. Agarda lampalarning oʻrnatilishida
yorugʻlik oqimi koʻproq ish
joylariga yoki boshqa zarur
uchastkalarga yoʻnaltirib oʻrnatilsa, buni umumiy lokallashti-
rilgan yorugʻlik deb ataladi.
Sun’iy yorugʻlik oʻzining vazifasi boʻyicha ish yorugʻligi
ya’ni korxonada texnologik jarayonni normal borishi uchun
zarur boʻlgan yorugʻlik, avariya hodisalari vaqtida ishlatiladigan
yorugʻlik va mahsus yorugʻlikka boʻlinadi.
Avariya hodisalari uchun ishlatiladigan yorugʻlik
ishchi-
larni evakuatsiya qilish va ayrim hollarda muhim uchastkalarda
57
ishni davom ettirish uchun ishlatiladi. Bular shunday hollarki,
ish yoritkichi oʻchsa,
portlash, yongʻin, jarohatlar sodir boʻlishi
va texnologik jarayon uzoq muddatga ishdan chiqishi mumkun.
Bunday hollardagi (ya’ni avariya rejimidagi) yoritilganlik ish
yorugʻligining me’yoridan 5%, shu bilan birga sexlarda va
xonalarda 2 lk dan va tashqarida 1 lk dan kam boʻlmasligi kerak.
Ishchilarni evakuatsiya qilishga moʻljallangan
yoritilganlik
xonalarda kamida 0,5 lk, tashqarida 0,2 lk dan kam boʻlmasligi
(ayniqsa zinalarda va yoʻlaklarda) shart. Buning uchun choʻgʻ-
lanma lampalari va lyumenssent lampalar ishlatilishi mumkun.
Avariya hodisalari uchun ishlatiladigan yorugʻlik sistemasi alo-
hida manbadan ta’minlanishi kerak.
Maxsus yorugʻlik turiga nurlantirish maqsadida ishlatiladi-
gan yorugʻlik kiradi. Bu yorugʻlik
eritem nurlanishi, ya’ni ish-
chilarni maxsus xona - fotariylarda yoki labirint koridorlardan
oʻtkazib ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish. Bu ayniqsa
hozirgi paytda keng qoʻllanilayotgan, faqat sun’iy yorugʻlik
bilan yoritiladigan sex ishchilari uchun zarurdir. Ma’lumki,
butun ish kuni davomida ular quyosh nurini koʻrmaydilar va
organizmlarida ultrabinafsha nurlarga muhtojlik ortadi. Yana bir
nurlanish turi boʻlgan
bakteritsid nurlanishi esa, suv va havoni
sterillash maqsadida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: