O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

 
 
 


54 
V. SEXLARNI YORITISH 
ATKda ishchilarning mehnat unumdorligini oshirishning 
asosiy omillaridan biri ish joylarining yoritilishidir. Toʻgʻri tash-
kil qilingan yoritilganlik mehnat sharoitining me’yorda boʻli-
shini ta’minlaydi.
Faqatgina yoritilganlikni yaxshilash hisobiga ish unumdor-
ligi 5% dan ziyodroq oshganligi aniqlangan.
Ma’lumki, kishi 90% axborotni faqat koʻz orqali oladi. 
Demak, korxonada yoritilganlikni ratsional tashkil qilish kishi 
salomatligi hamda markaziy asab sistemasining faoliyati normal 
boʻlishiga sabab boʻlar ekan. Yoritilganlik yetarli boʻlmasa yoki 
u ratsional joylashtirilmasa, mashinaning xavfli qismlarini sez-
may qolishi natijasida bahsiz hodisalar sodir boʻlishi mumkin. 
Normal yoritilganlik mehnat unumdorligini oshishiga va 
mahsulot sifatini yaxshi boʻlishiga olib keladi.
 
5. 1. Mehnat muhofazasining ishlab chiqarishdagi 
yoritilganlikka boʻlgan talablari 
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik ishchilar salomatli-
giga zarar yetkazmasligi uchun u koʻzni zoʻriqtirmaydigan, ish 
vaqtida xonaning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan boʻ-
lishi talab qilinadi. Yorugʻlik koʻzni qamashtirmaydigan boʻli-
shi, boshqacha qilib aytganda, yorugʻlik nurlari koʻzga toʻgʻri-
dan-toʻgʻri tushmasligi kerak. Yorugʻlikning spektral tarkibi 
shunday tanlanishi kerakki, natijada kishi atrofdagi narsalarning 
ranglarini toʻgʻri qabul qilsin. Ish joylarida keskin ajralib turuv-
chi soyalar boʻlishi va ish joylari bilan atrofdagi muhitning 
yoritilganligi juda katta farq qilmasligi kerak. Chunki aks holda 
kishi koʻzini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez oʻzgartirib 
turishi natijasida koʻzining akkomodatsiya xususiyati buzilib, 
koʻrish organlarining toliqish holati roʻy beradi.


55 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin