O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 Turizm xavfsizligi sohasida o’zbek qonunchiligi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə11/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

1.4. Turizm xavfsizligi sohasida o’zbek qonunchiligi
O’zbekiston Respublikasining “Turizm to’g’risida”gi qonuni 19-moddasida
“Turistlar xavfsizligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar”da turistik subyektlar
turistik faoliyati xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularning majburiyatlari shunday
belgilab qo’yilgan:
- turistlarni kelishi, xavfsizligini ta’minlash uchun sharoit yaratish, trassalarni
obodonlashtirish, poxodlarga sayr, ekskursiya, musobaqalar o’tkazishga joy
tayyorlash;
- turistlarni baxtsiz hodisa va jarohatlanishdan himoya qilish va profilaktika
metodlariga o’rgatish, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha instruktaj o’tkazish,
shuningdek, marshrutda ro’y berishi ehtimol xabarlardan xabardor qilish, xavfsizlik
turistlarning o’zlarining xulq-atvoriga bog’liqligini tushuntirish;
- turistlarni sayohat, poxod, musobaqalar va boshqa tadbirlarga tayyorgarligini
nazoratdan o’tkazish;
- kulfatga uchragan turistlarga tezkor yordam ko’rsatish;
- avtomobil, tog’ chang’isi, velosiped, suv motosikli, piyoda, g’orshunoslik va
turizmning boshqa shakllarini tashkil qilishda xavfsizlik talablarini ishlab chiqish va
amalga oshirish.
Shu moddada turistlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, ularga yordam
ko’rsatish va ekstremal vaziyatda turistlar sayohatini tashkil etishda faol shaklda
turistlar harakatidan foydalanuvchi ixtisoslashgan turistik faoliyat subyektlarini
himoya qilish, qidiruv-qutqaruv xizmatlari bilan xizmat ko’rsatish yuzasidan
shartnomalar tuzish belgilab qo’yilgan. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda 400 ga yaqin
turistik korxonalar “O’zbekturizm” milliy kompaniyasidan lisenziyaga ega. Ularning
sezilarli qismi tegishli davlat, qutqaruv va boshqa tashkilotlar bilan shartnomaga
egadirlar.
27



Boshqa tomondan turistlar xavfsizligining boshqa shakli – moddiy zararni


to’lash, shuningdek, ma’naviy zararni qoplash tartibi mavjud. Turistik firmalar
tomonidan shartnomani tegishli tarzda bajarilmasligi ana shunday holatlarga sabab
bo’ladi (14-modda). Rossiya tadqiqotchilarining ma’lumotlariga qaraganda, xorijiy
turistlarni qabul qiluvchi barcha turfirmalarning 35 %ga yaqini u yoki bu tarzda
shartnoma shartlarini buzadi. 42 %ga yaqinroq firmalar rossiyaliklarni xorijga
jo’natish chog’ida ham hamisha o’z majburiyatlariga amal qilishavermaydi. Shu
munosabat bilan shartnomani bajarish muammosi xavfsizlik tomonidan ko’rib
chiqishga mansub masala hisoblanadi.
Hozirgi paytda O’zbekiston bo’yicha turistik marshrutlar endigina
sertifikatlanmoqda va shuning uchun turistlar xavfsizlik nuqtai nazaridan taklif
qilinayotgan yo’l qanday holatda ekanligini bilib qo’yishi kerak.
O’zbekiston hududida xorijiy turfirmalar taklif qilayotgan va amalga
oshirilayotgan turmahsulotlarni tekshirib ko’rish ham juda muhim. So’zsiz, o’zbek
firmalari marshrutlarning xavfsizligini nafaqat qonuniyligi nuqtai nazaridan, balki o’z
me’yorlariga mos kelishi jihatidan ham tekshirib ko’rishlari talab etiladi. Masalan,
shunday bo’lishi mumkin: Gobi sahrosi bo’yicha sayohat chog’ida taklif etilgan
ichimlik suv Mo’g’uliston sanitariya talabalirga javob beradi, ammo o’zbek
standartlariga muvofiq kelmaydi, oqibatda o’zbek turistlarining salomatligi xavf
ostida qolishi mumkin.
Kalit so’zlar: “Turizm to’g’risida”gi qonun, sayohat xavfsizligi, xavfsizlikda
asosiy talablar, favqulodda vaziyatlar, turistik xizmatlar, standartlash, turistlarni
himoya qilish.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin