reyslarda 97 % “chekmaydiganlar” ekanini e’lon qildi. Ayni paytda ayrim
mutaxassislar yoppasiga samolyotda chekishni ta’qiqlash “havo bezorilari” holatini
keskin oshishiga sabab bo’ladi deb xavotir bildirishmoqda. Shuning uchun bir qator
aviakompaniyalar, misol uchun, Swissais va Virgen Atlantis endi o’z yo’lovchilariga
muqobil ko’rinishdagi saqichlarni yoki nikotinli plastirlarni taklif qilishayapti.
4.7. O’zbekiston Respublikasida xavfsizlikning
ayrim masalalari
Xorijiy turistlarni qabul qilishga ishlovchi turistik firmalar junatilayotgan
tomonni, tashrif buyurayotganlarning o’zlarini ham O’zbekistondagi
jinoyatchilik
vaziyatidan boxabar qilishlari zarur. Buning uchun esa shubhasiz, huquq-tartibot
organlari bilan mustahkam aloqada bo’lish talab etiladi. Respublikadagi vaziyat
hisobga olingan holda tur tashkilotchilarga qanday talablar qo’yiladi?
Eng avvalo, turistlarning xavfsizligini ta’minlash
maqsadida ularni yashash
(joylashish) joyida uch kun ichida ro’yxatdan o’tkazish kerak. Xuddi shunday,
O’zbekistonga uyushmagan holda tashrif buyuruvchilar bilan bu amalga oshirilishi
lozim (misol uchun, xususiy taklif bilan kelganlar). Aks holda turistni jarima kutadi.
Jarimani milisiya xodimi ham, turist mamlakatdan jo’nab ketayotganda chegara
xizmati ham solishi mumkin.
Ikkinchidan, turistlar bank muassasalaridan tashqarida
valyutani norasmiy
almashtirmasliklari haqida ogolantirilishi kerak. Aks holda, ko’ngilsizliklar bo’lishi,
aldanishlari va yana qonunni buzanligi uchun O’zbekiston Respublikasi Jinoyat
Kodeksining “Valyuta qiymatlarini noqonuniy sotib olganlik yoki sotganlik
to’g’risida”gi qonunining 117-moddasiga muvofiq javobgar bo’lishlari mumkin.
Mazkur moddada ta’kidlanadi: “Valyuta qiymatlarini noqonuniy sotish yoki sotib
olish minimal ish haqining 50 barovari miqdorida jarimaga tortiladi yoki 3 yil axloq
tuzatish ishlariga mahkum etiladi yoki 6 oygacha mol-mulki musodara qilinib, yoki
musodarasiz qamoq jazosi beriladi. Yirik miqdorda bo’lsa
mol-mulki musodara
qilinib yoki musodarasiz 5 yilgacha jazolanadi. Qonun buzarlik guruh bo’lib, yoki
91
uning manfaati yo’lida sodir etilgan bo’lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum
qilinadi, molk-mulk musodara etiladi”.
Shunga qaramasdan, MDH mamlakatlaridan tashrif buyurayotgan xususiy
shaxslarning 4/5 o’z valyutalarini “qora bozor”da almashtirayaptilar. Uzoq xorijdan
kelganlarning esa 2/5 shu ishga qo’l urishayatpi va bu bilan o’zlarini kriminal
elementlarga aldanishga, sud organlari tomonidan jazolanishga duchor qilishayapti.
Boshqa tomondan, milliy firmalarning o’zlariga valyuta – pul hisob-kitoblari
sohasida
qonunga rioya etish, buxgalteriya hujjatlari hisobotlarini qat’iy tartibda
yuritish operasiyalarini amalga oshirish talab qilinadi.
Ayrim ekspert ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda turfirmalarda
ishlayotganlar valyuta tushumlaridan 10 %gacha soliqdan yashirib qolayotirlar.
Bunday holda mazkur korxona rahbarlari 178-moddaga ko’ra, “O’zbekiston
Respublikasi vakolatli banklariga hisobga o’tkazilishi lozim bo’lgan xorijiy
valyutalarni qasddan yashirib qolganliklari uchun minimal ish haqining 50
barovaridan 100 boravarigacha miqdorda jarimaga tortiladilar. Yoki 3 yildan 5
yilgacha ma’lum huquqlardan mahrum etiladi. Yoki
mol-mulki musodara qilinib,
yoki musodarasiz 3 yilga ozodlikdan mahrum qilinadilar. Agar bu qonunga xilof ish
guruhlar tomonidan, yoki ularning manfaati uchun qilingan bo’lsa, mol-mulki
musodara qilinib, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum bo’ladilar”.
Dostları ilə paylaş: