O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə112/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Kalit so’zlar: diplomatik yordam, Lotin Amerikasi, Sharja, Abu-Dabi, BAA,
guvohnoma, viza muammosi, huquqiy tomon, viza rad etilishi, “talabchan” konsullik,
Federal Express.
Nazorat savollari:
1. Kimga diplomatik yordam ko’rsatiladi?
2. Qaysi davlatlar “talabchan” konsullikka kiradi?
3. Huquqiy tomon nima?
15-mavzu. Turistning turfirma bilan shartnoma 
munosabatlari
Reja:
15.1. Shrtnoma tuzish masalalari
15.2. Turoperatorning turagent bilan o’zaro munosabatlari
15.3. Aldovga uchmaslik yo’llari
15.4. Firibgar turfirmalarni qanday aniqlash kerak
15.1. Shrtnoma tuzish masalalari
Turist va sayohat xizmati ko’rsatuvchi korxonalar o’rtasida paydo bo’ladigan
muammolardan biri o’zaro munosabatalrni noto’g’ri baholash hisoblanadi. Gap
shundaki, turistda safarni tashkil etilishga juda ko’p e’tirozlar bo’ladi, lekin bu
e’tirozlar faqat sayohat jarayonida paydo bo’ladi, keyinchalik esa turoperatorga
bildiriladi. Ammo, turistik firma bilan sharnomani ikir-chikirigacha o’rganib
chiqishga vaqt ajratilsa, har xil muammolarga o’rin qolmaydi. Shu munosabat bilan
216



keyinchalik muammo paydo bo’lmasligi uchun xavfsizlik qoidalariga amal qilish


lozim. O’zbekistonda turistik xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanish uchun lisenziyaga
ega 400 dan ortiq turistik korxonalar ishlab turibdi. Ularning hammasi davlat nazorati
ostida. Turistik xizmat ko’rsatishni so’rab, o’zbek turistining xorij turfirmasiga
murojaat qilish boshqa gap. Bu yerda hyech kim uning xavfsizligiga kafolat
beraolmaydi, bu haqda faqat uning o’zi tegishli choralarni ko’rishi kerak.
Ekspertlar turistik xizmatlar ko’rsatish haqida shartnoma tuzilayotganda
quyidagi xavfsizlik qoidalarini taklif etadilar:
Birinchidan, ushbu shartnomani imzolovchi vakolatli shaxsga e’tiborni
qaratish kerak. Unga qanday hujjatga asoslanib imzo chekish huquqi berilgan
(nizomgami, ishonch qog’ozigami, buyruqqa asoslanibmi).
Ikkinchidan, turist hyech qachon o’z imzosini qo’yishga shoshilmasligi kerak.
U hisobga olishi kerak, shartnoma bilan bitim rasmiylashtirilishi o’zgartirishlar
kiritilishi yoki fuqarolik huquqi va majburiyatlarini to’xtatilishiga xizmat qiladi. U
imzolaydigan hujjat sudda taklif qilingan shartlarni ko’rib chiqishda dalil bo’lib
hisoblanadi.
Uchinchidan, tekshirib ko’rish zarur, shartnomada turfirma, registrasiya,
lisenziya va bank rekvizitlari haqida ma’lumotlar bormi? Tepadagi firma nomi va
muhri asliga to’g’ri keladimi?

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin