Joriy yo’llanma: o’quvchilar ishini to’xtatish – xatoga yo’l qo’ygan o’quvchining ishiga e’tibor berish, undan noto’g’ri ishlanganligining sababini tushuntirib berishini talab qilish, shu asnoda hamma o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish, o’qituvchining xulosasi: o’qituvchining to’g’ri usullarni ko’rsatishi, xatoga yo’l qo’ygan o’quvchining usullarini xotirada tiklashi, guruhga ishni davom ettirishga ruxsat berishdan iboratdir.
Yakuniy yo’llanma sifatli bajarilgan va noto’g’ri qilingan buyumlarni namoyish qilishni, o’quvchilar ishining umumiy tavsifini, o’quvchilar yo’l qo’ygan xatolar tahlilini, o’quvchilar ishini baholashni o’z ichiga oladi. Kirish yo’riqnomalari ishlab chiqarish ta’limi dasturining mavzusi, mavzuchasi yoki bo’limini o’rganishdan oldin beriladi. Bularning vazifasi o’quvchilarni o’quv-ishlab chiqarish ishlarini ongli ravishda eng samarali usullar bilan bajarishga tayyorlash, nuqson va xatolarning oldini olish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishiga erishishdir.
3 modul. Texnologiya o’quv predmetining mazmuni
14 mavzu. Texnologiya o’quv predmeti maqsad va vazifalari
Reja:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv predmetining asosiy maqsadi va vazifalari.
Texnologiya o‘quv predmetining estetik madaniyat va ijodiy faoliyatni rivojlantirish kompetensiyasi.
Texnologiya o'quv predmetini faoliyatning amaliy asoslarini rivojlantirish kompetensiyasi.
Texnologiya o‘quv predmetining jismoniy rivojlanish va o‘z-o'zini asrash kompetensiyasi.
Tayanch iboralar: Texnologiya o’quv predmeti, Maqsad, vazifa, estetik madaniyat, ijodiy faoliyat, faoliyat, kompetensiya
Texnologiya fanining maqsadi o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko’nikmalari va malakalarini, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ularning ahamiyatini tushunishga o’rgatish, ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga o’tishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |