5.2. Qurilish ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish
mehnatni ijtimoiy jihatdan ajratish va
uni oqilona tashkil etishning shakllaridan biri hisoblanib, alohida mustaqil
tarmoqlarni kengaytirishning ob’ektiv jarayonida o’zining yorqin ifodasini topadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir jinsliligi ixtisoslashtirishning eng
asosiy ajralib turadigan belgisi sifatida xizmat qiladi. Har bir tarmoq doirasida
amalga oshiriladigan ixtisoslashtirish mahsulotlar nomenklaturasini tartiblash,
ishlab chiqarishning texnologik bir jinsliligini oshirish, uni stantartlashtirish orqali
olib boriladi.
Ixtisoslashtirish texning taraqqiyotning sharoitlari va bir vaqtning o’zida
uning oqibatlari ta’sirida amalga oshirilishi mumkin, chunki aynan texnik
taraqqiyot ixtisoslashgan korxonalar, uchastkalar, ishlab chiqarishni ajratish va
rivojlantirish yo’li bilan mehnatni ijtimoiy ajratishni chuqurlashtirishga olib keladi.
Bunday me’zonlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning alohida
omili sifatida ixtisoslashtirish darajasini tavsiflab beradi. Ixtisoslashgan korxonalar
va tashkilotlar, qoidaga ko’ra, mehnat unumdorligi, ishning sifati, ishlab
chiqarishning rentabelik darajasi bo’yicha ancha ilgarilab ketadi.
Ixtisoslashtirish ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakli sifatida:
tarmoqli, detalli va texnologik kabi uchta asosiy turga ega bo’ladi.
Iqtisodning har bir tarmog’iga ularning ishlab chiqarishdagi spetsifikasiga
bog’liq ravishda iqtisoslashtirishning ko’rsatilgan turlaridan hammasi yoki faqat
bir qanchasi tegishli bo’lishi mumkin.
Qurilishda ixtisoslashtirishning ikkita shakli mavjud: birinchi shakl tarmoqli,
yoki ob’ektli
-
bo’ shakl xo’jalik jihatdan mustaqil ixtisoslashgan tashkilotlarning
yaratilishida o’z ifodasini topadi, bu tashkilotlar xalq xo’jaligining alohida
tarmoqlari – sanoat, transport, qishloq xo’jaligi – yoki sanoatning alohida
tarmoqlari – metallurgiya, kimyo, ne’ft va shu kabilar uchun korxonalar va
ob’ektlar qurilishini bajaradi; ikkinchi shakl texnologik yoki bosqichli – bu shakl
qurilish va montaj ishlarining bir jinsli turlari yoki komplekslarini bajarishga
64
ixtisoslashgan xo’jalik jihatdan mustaqil bo’lgan qurilish tashkilotlarini yaratishda
o’z ifodasini topadi. Bu tashkilotlar masalan, sanitar – texnik, elektromontaj,
jihozlarni montaj qilish va shu kabi ishlarni bajaradi.
Tarmoqli ixtisoslashtirishni kengaytirish xalq farovonligini ta’minlashga
yo’naltirilgan yashash va madaniy – maishiy soha bo’yicha qurilishning o’sib
borayotgan masshtablari bilan shart – sharoitlanadi. Bu esa qurilish tashkilotlari
o’z faoliyati sohasini detallashtira borib, ma’lum bir tarmoqqa tegishli bo’lgan
korxonalarda, masalan domenli sexlar, elevatorlar, yashash binolari, ijtimoiy va
madaniy vazifalarni bajarishga mo’ljallangan ob’ektlarga jamlanadi. SHuningdek,
qurilish tashkilotlarini tarmoqli ixtisoslashtirish, tarmoqlarning spetsifikasiga,
ishlab chiqarish texnologiyasining jihatlariga, bino va inshootlarning konstruktiv
yechimlariga, ularni qurish texnologiyasiga bog’liq bo’ladi.
Dastlab qurilishda tarmoqli ixtisoslashtirish vujudga keldi. Texnologik
belgilar bo’yicha ixtisoslashtirish esa sanoat qurilishida texnologik montaj qilish va
jihozlarga tegishli bo’lgan boshqa ishlarni amalga oshiradigan tashkilotlarning
tashkil etilishi bilan boshlandi.
Hozirgi
vaqtda
ixtisoslashgan
qurilish
-
montaj
tashkilotlari
turli
yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatmoqda. Ular yuqori saviyali kadrlar va bu
yo’nalishlar
bo’yicha
ixtisoslashgan
moddiy
-
texnik
bazani
o’zida
mujassamlashtiradi.
Qurilishda ixtisoslashtirishning rivojlanish darajasini belgilovchi ko’rsatkich
ixtisoslashgan tashkilotlar ish hajmining pudratli qurilish
-
montaj ishlari umumiy
hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Bosh pudrat bo’yicha ixtisoslashtirishning
umumiy darajasi (tashqi subpudratchi tashkilotlar va xususiy ixtisoslashgan
tashkilotlar tomonidan bajarilgan ish hajmining bosh pudrat bo’yicha bajarilgan ish
hajmining nisbati) va xususiy kuchlar orqali bajarilgan ishlarlarning
ixtisoslashganlik darajasi (xususiy ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan
ish hajmining xususiy kuchlar orqali bajarilgan ishlar hajmiga nisbati)
ko’rsatkichlari qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirish samaradorligiga quyidagi ko’rsatilganlar evaziga erishiladi:
|