O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


(1,2,3-semestrlar, “Ortogonal proyeksiya” bo‘limi bo‘yicha)



Yüklə 5,11 Mb.
səhifə17/42
tarix24.11.2023
ölçüsü5,11 Mb.
#133658
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
ADILOV BI

(1,2,3-semestrlar, “Ortogonal proyeksiya” bo‘limi bo‘yicha)





Nazorat turidagi topshiriqlarning nomlanishi

Maksimal yig‘ish mumkin bo‘lgan baho

JN va ON ballar taqsimoti

I. Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti

5 ball







Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda

Maksimal ball







1

To‘g‘ri chiziq kesmasiga oid masala

5







2

Umumiy usulda pozitsion va metrik masalalar yechish

5







3

Epyurni qayta tuzish usullarida pozitsion va metrik masalalar yechish

5







4

Qirrali sirtlarga oid masalalar yechish

5







5

Chiziqli va aylanish sirtlariga oid masalalar yechish

5







6

Obyektning shaxsiy va tushgan soyasini aniqlash

5







7

Mustaqil ta’lim topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi

5







II. Oraliq nazorat

5







1.

a) uchlari turli oktantlarda joylashgan (PK)to‘g‘ri chiziq kesmasining berilgan ikki proyeksiyasi bo‘yicha yetishmovchi proyeksiyasini aniqlash va uni tahlil qilish;
b) umumiy va xususiy usullarda pozitsion va metrik masalalar yechish.

5

Semestrning
10-haftasi

2

a) sirtlarni tekislik bilan kesishgan chizig‘i va kesim yuzasining haqiqiy kattaligini aniqlash;
b) sirtlarning o‘zaro kesishgan chizig‘ini aniqlash.

5

Semestrning
18-haftasi

II. Yakuniy nazorat

5

Semestrning oxirgi ikki haftasida

1 Umumiy (an'anaviy-klassik) yoki epyurni qayta tuzish usullaridan birida pozitsion va metrik masala yechish.

5

2. Sirtlarni tekislik bilan yoki o‘zaro kesishishiga oid masala yechish..

5

3. Og‘zaki savol-javob

5

Jami:__5'>Jami:

5




(4-semester, “Perspektiva” bo‘limi bo‘yicha)

t/r

Nazorat turidagi topshiriqlarning nomlanishi

Maksimal yig‘ish mumkin bo‘lgan baho

JN va ON ballar taqsimoti

I. Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti

5 baho







Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda

Maksimal baho







1

Pozitsion va metrik masalalar yechish:
a) ikki tekislikning kesishish chizig‘ini aniqlash;

5







b) to‘g‘ri chiziqning tekislik bilan kesishgan nuqtasini aniqlash.










2

Qopqog‘i ma’lum burchakka ochilgan prizmatik va silindrik qutichalarning perspektivasini qurish.

5







3

Arxitektorlar usulida obyekt perspektivasini qurish.

5







4

To‘rlar usulida obyekt perspektivasini qurish.

5







5

Radial (nurlar izi) usulida ob’ekt perspektivasini qurish.

5







6

Frontal yoki burchakli intererning perspektivasini qurish.

5







7

Perspektivasi berilgan binoning shaxsiy va tushgan soyalarini aniqlash.

5







8

Suv bo‘yidagi obyektlarning yoki ko‘zgularda buyumning aks tasviri perspektivasini qurish.

5







II. Oraliq nazorat

5







1

Perspektiv tasvir qurish usullarining birida obyekt perspektivasini qurish.

5

Semestrning
16-haftasi

II. Yakuniy nazorat

5

Semestrning oxirgi ikki haftasida

Arxitektorlar usulida obyekt perspektivasini qurish.

5

Og‘zaki savol-javob

5

Jami:

5




Izoh: Chizma geometriya va chizmachilik fanlarining spetsifik xususiyatidan kelib chiqqan holda joriy nazorat ballari talabaning bajargan grafik ishini baholashorqali aniqlanadi.



Asosiy adabiyotlar:

1. Murodov Sh.K. va boshqalar. Chizma geometriya. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2006, 2008.
2. Ismatullayev R.I. Chizma geometriya. –T.: “TDPU rizografi”, 2003.
3. Qulnazarov B.B. Chizma geometriya. –T.: “O‘zbekiston”, 2006.
4. Valiyev A.N. Perspektiva. -T.: “Voris-nashriyot”, 2009.



Qo‘shimcha adabiyotlar:



1. Xorunov R.X. Chizma geometriya kursi. -T.: “O‘qtuvchi”, 4-nashri, 1997.
2. Ismatullaev R.Q. va Hoshimova X. Chizma geometriya. -T.:, “TDPU rizografi”, 2005.
3. Akbarov A. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi. -T.: “Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti” 2005.
4. Valiyev A.N. Perspektiva. -T.: “Voris-nashriyot”, 2012.
5. Valiyev A.N., va boshqalar. Chizma geometriya. -T.: “TDPU rizografi”, 2012.
6. Valiyev A.N. Perspektiva. -T.: “TDPU rizografi”, 2006.
7. Valiyev A.N. Markaziy proyeksiyalashda pozitsion va metrik masalalar yecxhish. -T.: “TDPU rizografi”, 2006.
8.www.nbgf.intal.uz





2.2. “To‘g‘ri chiziq” modulini o‘qitishda interaktiv metodlardan foydalanish


Geometrik obrazlarning chizmada o‘zaro joylashishiga qarab ularga oid geometrik masalalarni uchta guruhga bo‘lish mumkin.



  1. Pozitsion masalalar. Pozitsion masalalarda berilgan ikki geometrik obrazning o‘zaro joylashish vaziyatiga nisbatan ularning kesishuvi natijasida hosil bo‘lgan uchinchi geometrik obrazning vaziyati aniqlanadi. Pozitsion masalalar guruhiga to‘g‘ri chiziq va tekislik bilan tekislikning, tekislik bilan sirtning, sirtlarning o‘zaro kesishish chizig‘ini yasash kabi masalalar kiradi. Pozitsion masalalarga geometrik figurularning o‘zaro tegishliligi va uning natijasini yasash usullarini kiritish ham mumkin.

  2. Metrik masalalar. Metrik masalalarga berilgan geometrik obrazlarning o‘zaro vaziyatiga qarab ularning metrikasini aniqlash yoki oldindan berilgan biror metrikasiga asosan ularning o‘zaro vaziyatlarini aniqlash kiradi. Metrik masalalar guruhiga to‘g‘ri chiziq bilan to‘g‘ri chiziq va to‘g‘ri chiziq bilan tekislik orasidagi burchaklarni yasash, tekislikning perpendikulyarligi, o‘zaro perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar va tekisliklar yasash, berilgan sirtga normallar o‘tkazish, haqiqiy kattaliklarni aniqlash, yoylmalar yasash, tekislikning ma’lum bir bo‘lagini egib sirt yasash, berilgan kesimga asosan sirtni kesuvchi tekislikning vaziyatini aniqlash kabi masalalar kiradi.

Geometrik obrazlarning o‘zaro joylashishi yoki metrikasining berilishiga qarab metrik masalalar ikkiga bo‘linadi.

  1. To‘g‘ri metrik masalalar. Bunda berilgan ikki geometrik obrazlarning o‘zaro joylashishlariga qarab ularning kesishuvidan hosil bo‘lgan obrazning metrikasi (haqiqiy uzunligi yoki kattaligi) aniqlanadi.

  2. Teskari metrik masalalar. Bunda oldindan berilgan biror metrikaga va biror geometrik obrazga asosan ikkinchi geometrik obrazning birinchiga nisbatan vaziyati aniqlanadi.

  3. Konstruktiv masalalar. Konstruktiv masalalarga oldindan berilgan biror shartni qanoatlantiruvchi geometrik figuralarni yasash kiradi. Konstruktiv masalalar guruhiga berilgan to‘g‘ri chiziq, tekislik va oldindan berilgan biror burchak bo‘yicha to‘g‘ri chiziq yoki tekisliklar yasash, ma’lum bir texnik talablarni qanoatlantiruvchi egri chiziq va sirtlar hosil qilish kabi masalalar kiradi.

Zamonaviy sharoitda Oliy ta’lim tizimida interaktiv ta’lim texnologiyalaridan keng va samarali foydalanilmoqda. Bu o‘rinda dastlab interaktiv ta’lim va interaktiv ta’lim texnologiyalari tushunchalarining mohiyatini anglab olish talab etiladi.
Mantiqiy nuqtai nazardan interaktivlik, eng avvalo, ijtimoiy sub’ektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatning olib borishlarini ifodalaydi.
Bu turdagi ta’lim talabalarning o‘zaro suhbatiga asoslanadi. Ta’lim jarayonida suhbat quyidagi shaxslar o‘rtasida tashkil etiladi:

O‘qituvchi ta’lim jarayonida interaktiv ta’lim yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning echimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi. Eng muhimi, interaktiv metodlarni qo‘llash orqali o‘qituvchi talabalarning aniq ta’limiy maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo‘naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.


Interaktiv ta’limni tashkil etishda interaktiv ta’lim texnologiyalari qo‘llaniladi. Interaktiv metodlar ana shunday texnologiyalarning eng ommalashgan turi sanaladi.

Quyida interaktiv metodlarning ayrimlari xususida to‘xtalib o‘tiladi.





Yüklə 5,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin