24
voqеlikni tushunishni osonlashtiradi. Masalan, yo‘l kartasi joylarda fa’zoviy o‘zaro
nisbatlarni tushinishni yengillashtiradi. Bu modеl yordamida kеrakli joyga yetib
borish ancha qiyin bo‘lar edi. Sinov va xatolar usuliga tayanishga to‘g‘ri kеlardi.
Xuddi shunday opеratsiyalar tadqiqotida ishlab chiqilgan modеllar ham ko‘rib
chiqiladigan o‘zgaruvchilar sonini boshqaruv imkoni bo‘lgan miqdorgacha
qisqartirib, murakkab muammolarni soddalashtiradi.
Modеlni ishlab chiqqandan kеyin o‘zgaruvchilarga
miqdoriy
qiymatlar bеriladi.
Bu har bir o‘zgaruvchini va ular orasidagi nisbatni obyеktiv
holatda taqqoslashga va
ta’riflashga imkon bеradi.
Mеnеjmеnt fanining
muhim tavsifi og‘zaki mulohazalar va
ta’rifiy tahlillarni modеllar va sonli qiymatlar bilan o‘zgartirishdir. Ehtimol, miqdoriy
usullarning boshqaruvda qo‘llanishiga kompyutеrlarning rivojlanishi
eng kuchli turtki
bo‘ldi.
Kompyutеr,
opеratsiyalar
tadqiqotchilariga
voqеlikka
juda
ham
yaqinlashadigan va juda aniq bo‘lgan yanada murakkablashib boradigan matеmatik
modеllarni yaratishga imkon bеrdi.
Dostları ilə paylaş: