O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/72
tarix02.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#137011
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
AA-5-Jamoat binolari. Qodirova

 
 
 


126 
ME‟MORIY ATAMALARNING IZOHLI LUG„ATI 
 
Ampir –
G„arbiy Yevropa arxitekturasidagi so„nggi klassistizm uslubi 
(X1X asrning birinchi choragi). Fransiyada Napoleon 1 imperiyasi davrida paydo 
bo„lgan; bu uslubga klassik monumental shakllar xos; Qadimgi Rimdagi 
dekorativ elementlarga murojaat etiladi. Ba‟zida X1X asrning 20-30 yillaridagi 
rus klassistizimining o„ziga xos bo„lgan variantini ham “ampir” deb atashadi.
Ravoq 
(arka) – devordagi o„yiq yoki ikki ustun oralig„ining egri chiziqli 
yopilmasi; 
Atrium –
Antik Rim turar joy binosidagi yuqoridan yoritiluvchi asosiy xona; 
Baza –
ustunning quyi qismidagi tayanchi; 
Blok 
– seksiyali metod – uylarni industrial qurishning zamonaviy metodi. 
Bunda detallarning komplekti butun uy uchun emas balki uning bir qismi bir 
qancha kvartiralarni zinali –liftli tugun bilan birlashtiruvchi ya‟ni blok – seksiya 
uchun tayyorlanadi. Turli blok – seksiyalarni kombinastiyalar asosida 
birlashtirish orqali murakkab konfiguratsiyali, har xil qavatga ega bo„lgan uylarni 
qurish mumkin. Ularni berilgan uchastka sharoitlariga osongina moslashtirish, 
ensiz to„rtburchak shaklidagi an‟anaviy uylardan ko„ra ko„proq arxitekturaviy 
badiiy sifatlarga ega. 
Vitraj 
– shishadan yasalgan dekorativ kompozitsiya. Gotika soborlardan 
inter‟er derazalarda rangli vitrajlar yorug„likni turli ranglarda tovlantirgan. 
Zamonaviy arxitekturada “vitraj” so„zi bino tarzining shisha bilan to„liq 
qoplanishini anglatadi. (Ko„p hollarda konstruksiyalarda metall panjaralar). 
Interyer 
– binoning ko„rinishi. 
Karkas
– binoning yuk ko„taruvchi asosi, alohida sterjenlar – tayanchlar 
va to„sinlarni bir – birlariga bog„lash natijasida hosil bo„ladi. 
Karniz
– antablimentning eng yuqori qismi, devorning bo„rtgan gorizontal 
qismi bo„lib, uni yomg„ir suvidan saqlaydi va bino tomini ko„tarib turadi. 
Modul
– Inshoot va uning qismlari o„lchamlarining karrali nisbatlarini 
ifodalash uchun qabul qilingan boshlang„ich o„lchov birligi. Quyma beton 
(temirbeton)–bevosta qurilish maydonida bajarilib, echiladigan formaga 
(opalubkaga )quyilishi orqali bir butun holatda hosil qilinadigan konstruksiya. 
Opalubka
– betonli va temir betonli konstruksiyani hosil qilishda 
ishlatiladi forma bo„lib, uning ichiga armatura va beton qorishmasi 
joylashtiriladi. 

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin