Auditning predmetiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga dolzarb masalalarda konsalting
xizmatini ko’rsatish ham kiradi. Auditorlar va auditorlik tashkilotlari korxonalarga o’zaro tuzilgan
shartnomalarga asosan «biznes reja» tuzish, hisob siyosatini belgilash, soliqlarni to’g’ri hisoblash,
mahsulot tannarxini asoslash, moliyaviy hisobotlarni tuzish kabi masalalarda yaqindan yordam
beradi.
Auditning o’ziga xos usullari mavjuddir. Bu usullar auditning xususiyatlaridan kelib
chiqadi. Audit uslubining asosida mantiqiy mulohaza, ilm-fan yutuqlari, xo’jalik jarayonining
o’zgaruvchanligi yotadi.
Audit jarayonida iqtisodiyotimizga xos bo’lgan usullar (milliy andozalar) hamda xalqaro
amaliyotda keng qo’llaniladigan usullar (xalqaro andozalar) qo’llaniladi. Maxsus adabiyotlarda
auditning xalqaro amaliyotiga xos andozalari (standartlari) quyidagicha guruhlangan:
Auditning asosiy ob’ektlari
Mulklarni davlat
tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish
bilan bog’liq bo’lgan
operatsiyalar
Dostları ilə paylaş: