O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus та’liм vazirligi


 O‘t o‘chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/179
tarix04.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#113683
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   179
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus та’liм vazirligi

 
5.7.2. O‘t o‘chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari 
 
Eng keng tarqalgan o‘t o‘chirish moddalariga suv, suv 
bug‘i, uglekislota, namlagichlar, kimyoviy va havo-mexanik 
ko‘piklar, galoid tarkibli uglevodorodlar, kukun tarkibli 
aralashmalar, uglerod ikki oksidi, brometil birikmalar, inert 
gazlar va boshqa mexanik vositalar (qum, tuproq, brezent va 
h.k.) kiradi.  
O‘t 
о‘chirish moddalari quyidagicha tasniflanadi: 
yong‘inni 
о‘chirish usuliga ko‘rа  sovutuvchi (suv va qattiq 
uglekislota); suyultiriluvchi, уa’ni yong‘in zonasidagi 
kislorod miqdorini kamaytirish (ma’lum miqdordagi 
uglekislota gazi, yupqa zarrali suv, suv bug‘i yoki inert gaz 


 
175
aralashmasi); izolatsiyalovchi (yonish zonasi, atrof-muhit 
bilan ko‘pik yoki kukun pardasi hosil qilish orqali izolatsi-
yalanadi); ingibir xususiyatli (tarkibi brometil, dibromtet-
raftor etan va brom metildan iborat galoid tarkibli uglevo-
dorodlar, tarkibi 3,5-4 ND freondan iborat moddalar va b.);  
Elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha   elektr o‘tkazuvchi 
(suv, suv bug‘i va ko‘pik); elektr o‘tkazmaydigan (gazlar va 
kukunlar);  
Zaharliligi  bo‘yicha    zaharsiz (suv, ko‘pik va 
kukunlar), kam zaharli (uglekislota va azot) hamda zaharli 
(3,5-brometil, freon tarkibli).  
Suv  o‘t o‘chirishda alohida yoki turli xil kimyoviy 
moddalar bilan aralashma holatida foydalaniladi. Suvning 
o‘t o‘chirish xususiyati yonuvchi moddani yonish 
haroratidan past haroratgacha sovutishga asoslangan. 
Suvning hajmi bug‘lanish davrida 1700 va undan oshiq 
martagacha ortadi hamda bug‘ yonish zonasidan kislorodni 
siqib chiqaradi.  
Uglekislota  (is gazi) va uglerod ikki oksidi rangsiz 
hamda havodan 1,5 marta og‘ir gaz. U yong‘in muhitida 
parda hosil qilib yong‘in zonasiga kislorod kirishini 
to‘xtatadi. Undan sig‘imlardagi yengil yonuvchi va yonuvchi 
suyuqliklar yong‘inini, elektr jihozlari yong‘inlarini va 
muzeylar, arxivlar kabi suvdan hamda ko‘pikdan 
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmagan binolardagi 
yong‘inlarni o‘chirishda foydalaniladi.  

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin